1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari (XIX asr oxiri va XX asr boshlari)



Download 0,79 Mb.
bet30/66
Sana16.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#494320
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
Bog'liq
kutubxona kataloglari

Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari (XIX asr oxiri va XX asr boshlari)


Kutubxona klassifikatsiyasining xuddi shu davrda tuzilgan va e‘lon qilingan boshqa sxemalari birmuncha kamroq yoyildi. Garchi ulardan ayrimlari o‗nli klassifnkatsiyaga nisbatan ma‘lum ustunlikka ega bo‗lsada (o‗nli klassifikatsiyada bo‗limlar bir qadar mantiqiy joylashtirilgan edi), o‗nli klassifikatsiya ustun turardi; chunki boshqa klassifikatsiyalar indekslarining tuzilishi nisbatan oddiy bo‗lib, beso‗naqay va foydalanishga noqulay edi.
Ko‗pchilik sxemalarda indekslarnikg kombinatsion tuzilish usuli (Ch. Ketter,
D. Braun, G. Bliss sxemalarida va ayniqsa Sh. Ranganatan sxemasida) o‗z ifodasini topdi. Tekshirilayotgan mualliflarining sxemalar tuzilishini fanning zamonaviy darajasiga yaqinlashtirishga intilishlariga qaramay, bu sxemalarning hammasida ayniqsa ijtimoiy-siyosiy adabiyot bo‗limlari strukturasida burjua dunyoqarashining cheklanganligi aks etgan.

Ch.Ketter klassifikatsiyasi


XIX asrning oxirgi o‗n yillarida amerikalik kutubxonashunos Ch. Ketter sxemasi vujudga keldi. Unda asosii bo‗limlar-yaing joylashish izchilligi o‗nli klassifikatsiyadagiga qaraganda ancha mantiqyyroqdir: tarix va ijtimoiy fanlar, tilshunoslik hamda adabiyot bo‗limlari bir-biriga yaqinlashtirilgan, meditsina amaliy fanlardan ajratilib, tabiiyot fanlari bo‗limidan keyin keladi, binokorlik ishi va sanoat ishlab chiqarishi bo‗limlari bir-biridan ajratilgan.
Ch. Ketter o‗z klassifikatsiyasini har xil ko‗lamdagi — juda kichik, 1000 jilddan kam kitobga ega bo‗lgan kutubxonalardan tortib, fondida bir necha yuz ming jild kitob bo‗lgan yirik kutubxonalarning ham foydalanishiga qulay qilishga intilgan edi. Ketter bo‗limlarning katta-kichikligi har xil
bo‗lgan sxemalarning oltita variantini e‘lon qilgan; birinchi variant faqat 11 ta yirik bo‗limni o‗z ichiga oladi. Navbatdagi har bir variant o‗zidan oldin kelgan variantni rivojlantiradi.6
Ch. Ketter sxemaning sekin-asta detallashtira borish imkoniyatini yaratish uchun bosqichli indekslarni qo‗lladi, biroq Ketter sxemasida indekslar latin alfaviti harflarining birikmasidan iboratdir. Bu hol har bir bo‗limda 10 dan ortiq bo‗linma (latin alfavitida 26 harf bor) tuzishga imkon ber-gan, lekin ayni vaqtda talaffuz qilish qiyin bo‗lgan va esda yaxshi qolmaydigan indekslarning hosil bo‗lishiga olib kelgan. Ana shu nuqson, shuningdek sxema e‘lon qilingan vaqtga kelib (1891—1893 yillar) AQShning ko‗pchilik kutubxonalari o‗nli klassifikatsiyani qo‗llay boshlaganligi fakti Ch. Ketter sxemasidan Amerika kutubxonalarining juda oz foydalanishkga sabab bo‗lgan.
Ch. Ketter sxemasi diqqatga sazovordir. Bu sxemada «kengaytirish» usuli qo‗llanilishi ijobiy bahoga loyiqdir. Umumiy klassifikatsiya asosida bo‗linmalarining katta-kichikligi har xil bo‗lgan sxemalarning bir qancha variantlarini, ishlab chiqish, shubhasiz, ratsional g‗oyadir, chunki u fondining hajmi turlicha bo‗lgan kutubxonalarda umumiy (asos qilib olingan) sxemani tso‗llanishga imkon beradi. Ch. Ketterning xizmati yana shundaki, u kutubxona klassifikatsiyasi tarixida birinchi bo‗lib sxemaga aniqlagichlarning yetarli darajada batafsil jadvallarini (geografik aniqlagichlar va forma aniqla- gichlarni) kiritdi7. Birmuncha keyingi davrdagi sxemalarni tuzuvchilarning hammasi bu samarali g‗oyani rivojlantiradilar, bo‗limlarni mazmun va shlklning ayni bir xildagi belgilariga ko‗ra detallashtirishga imkon beruvchi aniqlagichlarni yaxshilab ishlab chiqash usullarini qidiradilar.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish