Benim için, senin için, onun için, bizim için, sizin için, onlar için.
Quyidagi shakllarning qo’llanishda xatoga duch kelinmaydi:
Benim kadar, senin kadar, onun kadar, bizim kadar, sizin kadar, onlar kadar.
Mabodo, ben kadar, sen kadar shakllari nutqda uchrasa, bu noto’g’ridir. Ko’rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan shakllarning barchasida faqat ko’plik 3-shaxs qaratqich kelishigi qo’shimchasi olmasdan bog’lanmoqda.
Turk tilining shevalarida ayrim istisno holatlarga duch kelinishi mumkin. Yuqorida keltirilgan shakllar adabiy til me’yorlariga to’la mos bo’lib, qolgan shakllar xato hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |