1 Мавзу: “Технология фанини ўқитиш методикаси” фани ва унинг вазифаси



Download 2,03 Mb.
bet92/243
Sana29.03.2022
Hajmi2,03 Mb.
#516527
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   243
Bog'liq
ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ МАЖМУА 2020 ТЕХ таъл

Ta`limiy vazifa – o`quvchilarning barkamol shaxs bo`lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasb asoslarini (texnologiyasini) o`rgatish va kasb tanlash bilan uyg`unlashtirish orqali kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan bilimlarini uzviy rivojlantirish asosida mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o`rgatish; texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg`or vakillari faoliyati bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy vazifa – o`quvchilarning umummehnat ko`nikmalarini shakllantirish jarayonida ma`naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.
Rivojlantiruvchi vazifa – o`quvchilarning kasbgacha tayyorgarligini rivojlantirish, mehnat ta`limi mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo`lib yetishishlariga yordam berish.
Ijodiy vazifa – mehnat ta`limi jarayonida kasb-hunar asoslariga oid bilim, ko`nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo`lishini ta`minlash uchun o`quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi.
Amaliy vazifa – buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy buyurtmalarni amalda bajara olish.
Maktabda mehnat ta`limidan o`tkaziladigan mashg`ulotlar qo`yidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
-o`quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishga tayyorlash;
- o`ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o`ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o`z ishini va o`rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o`rgatish;
- o`quvchilarni mehnat ta`limi mashg`ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi ahloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog`lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.
Mehnat ta`limi fanining mazmunida shartli ravishda 5-9 sinflardan boshlab o`quvchilar kamida uchta yo`nalish bo`yicha tayyorgarlik ko`rishlari nazarda tutiladi. Masalan, qiz, o`g`il bolalar hamda ular uchun umumlashgan yo`nalishlar tanlanishi mumkin.
Mehnat ta`limining yo`nalishlaridan tegishlisi maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalarga muvofiq tanlab olinadi. Har bir maktabda mehnat ta`limining quyidagi yo`nalishlaridan tegishlilari asos qilib olinadi:
Davlat ta’lim standartlari. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini, baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalardan (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa meyoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
1999 yil mehnat ta’limi fanining umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, bugungi kunda 2010 yil mehnat ta’limi fanidan umumiy o‘rta ta’limda optimallashtirilgan davlat ta’lim standarti ishlab chiqilib, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinmoqda. Bunda mehnat ta’limi fani uchta yo‘nalish asosida o‘quvchilarga o‘rgatiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv nizomlar va boshqa meyoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘zining tuzilishi va mazmunigsha ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustivorligidan kelib chiqadi.

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish