5. Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi.
Ustaxonadagi har bir mashg’ulotda tinglovchining bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirishga e`tibor beriladi.Shu bilan birga ularni kompleks tekshirish maqsadida nazorat ishlar o’tkaziladi, bu kontrol ishlar maxsus darslarda amalga oshiriladi. Bu darslarda tinglovchi mustaqil ishlayilar. Shunga ko’ra ish ob`ektlari alohida sinchiklab tanlanishi ularni tayyorlash protsessida tinglovchi bilmaydigan ma`lumot va mehnat usullari bo’lmasligi kerak.
Ko’rib chiqilgan dars xillari bilan bir qatorda mehnat ta`limi amaliyotda ko’pincha kombinatsiyalashgan darsdan foydalaniladi, bu darsning tavsifli jihati shuki, unda bir vaqtning o’zida ahamiyatga ega har xil ta`limiy vazifalar bajariladi (masalan, yangi bilimlar berish va malakalarni shakllantirish).
Metod tushunchasi (maqsadga eltuvchi yo’l ma`nosida) maqsadga erishish usulini, muayyan tartibda tashkil etilgan faoliyatni anglatadi.
Ta`lim metodi deyilganda, ta`lim oluvchilar va o’qituvchining ta`lim, tarbiya va o’qitish jarayonida shaxsni rivojlantirish masalalarini hal qilishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
Ta`lim metodlari o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mos ravishda tanlab olinadigan metodlarsiz o’qitish jarayoni maqsad va vazifalarini hal etishga yoki tinglovchi tomonidan o’quv materialini o’zlashtirilishiga erishib bo’lmaydi.
Ta`limning og’zaki metodlari
Ta`limning og’zaki metodlari qatoriga hikoya, suhbat, ma`ruza kabilar kiradi.
Hikoya. Mazkur metod o’quv materialini ta`lim oluvchilarga savollar bermasdan, uzluksiz hikoya qilib berishni ko’zda tutadi.
Hikoya metodining hikoya-nutq, hikoya-bayon hamda hikoya-xulosa turlari mavjud.
Suhbat. Suhbat metodi o’qituvchining ta`lim oluvchilar bilan so’zlashuvi, fikr almashinuvini ifodalaydi. Suhbat ta`lim oluvchilarni dalillar tizimi, yangi tushuncha yoki qonuniyatni o’zlashtirishga turtki beruvchi, puxta oylangan savollar ketma-ketligi asosida tashkil etiladi.
Mashg’ulotni suhbat metodi asosida tashkillashtirishda savolni qoyilishi (asosiy, qo’shimcha, yo’naltiruvchi), ta`lim oluvchilar fikrlarini javoblari va fikrlarini tahlil qilish, tuzatish, suhbat xulosasini shakllantirish usullari qo’llaniladi.
Suhbat uchun tanlangan savollar dars tushunchasini to’laqonli tasavvur qilish uchun etarli darajada keng qamrovli bo’lmog’i lozim. Mavzuni juda kichik savollarga bo’lib yuborilishi uning mantiqiy yaxlitligini buzadi, juda murakkab savollar esa tinglovchilar uchun tushunarsiz bo’lib qoladi. Savollar ta`lim oluvchilardan bir mazmundagi javobni talab qilmasligi lozim. O’qituvchi dars mazmunining o’zlashtirilishi uchun yo’naltiruvchi savollardan o’rinli foydalanib, uni bosqichma-bosqich o’zlashtirilishiga erishishi kerak.
Ta`lim oluvchilarning ilgari o’zlashtirgan bilimlarini qayta esga olishi, xulosalar chiqarishi, ma`lum hodisaning amaldagi tadbiqiga oid yangi misollar topishiga oid usullar suhbat metodi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunday usullar o’rganilgan tushunchalarni takrorlash va xotirani faollashtirish bilan bog’liq mashg’ulotlar uchun tavsiya etiladi.
Ta`lim oluvchilarning tayyorgarligi etarli darajada bo’lgan hollarda ular qoyiladigan muammo va masalalar echimini o’qituvchi yordamida mustaqil topishlariga imkon yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |