1-mavzu: tarix i1nsoniyat taraqqiyotini o'rganuvcffl fan. Tarixshunoslik tarixiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida. Markaziy osiyo xalqlari tarixshijnqsligini 0‘rganish xususida


Tarixshunoslikning bilish funksiyasi



Download 94,47 Kb.
bet4/11
Sana26.02.2022
Hajmi94,47 Kb.
#473302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu tarixshunoslik

Tarixshunoslikning bilish funksiyasi ikki: quyi va yuqori darajada namoyon boTadi. Quyi darajasi tarixiy bilimlaming to'planish jarayonini aniqlash, ulami tizimlashtirish va tarixiy tahlilga tayyorlash bilan bogiiq bo’lsa, yuqori darajasi esa tarixshunoslikning ijodiy mexanizmini topish jarayonida namoyon boTadi
Nazariy-metodologik funksiyasi tarixshunoslikning qonuniyati va qonunlarini hamda xolis bilimga erishish maqsadi uchun qoTlaniladigan tamoyil hamda usullarini shakllantirishga yo'naltirilgan. Tarixshunoslik o‘z asarlari bilan tarixiy voqyelik va tarixiy shaxslar, shu jumladan, tarixchi-olimlami ham
ideallashtirishga qarshi chiqadi hamda ilmiy jarayonni xolis baholashga xizmat qiladi.
Bashorat qilish (prognostik) funksiyasi fanning istiqbolda rivojlanish yoilari, tadqiq qilinishi lozim boigan muammolar va mavzulaming doirasini aniqlashga yo’naltirilgan10.
Ta’kidlash joizki, tarixshunoslik rivojlanish jarayonida yordamchi tarix fanlaridan tadqiqot predmeti va vazifalariga ega bo’lgan mustaqil fanga aylanib, uning funksiyalari doirasi muntazam kengayib bormoqda.
Tarixshunoslikning maqsadi tarix fanining rivojlanish qonuniyatlari, unga ta’sir ko’rsatgan omillar va tamoyillarini aniqlash, ilmiy tarixiy tafakkur vorisiyligi hamda konseptual yondashuvlar uzviy rivojini kuzatishdan iborat.
Tarixshunoslikning asosiy ijtimoiy vaz\fatari:
>/'7 • tarixiy bilimlaming to‘planish jarayonini o’rganish va ulami
tizimlashtirish;
'• tarix fanining vujudga kelishi, shakllanishi va lining rivojiga ta’sir ko’rsatgan ob’yektiv shart-sharoit (davlat siyosatijni yoritish;

  • ' tarixiy nazariyalaming vujudga kelgan davrini falsafiy va siyosiy qarashlar bilan aloqasini o’rganish, turli konsepsiya hamda qarashlaming shakllanishi va tarix fanida turli oqimlar kurashi tarixini tadqiq etish;

  • Jarixiy tadqiqotlar muammolarining o’zgarishiga doir qonuniyatlari tahlil qilish;

  • tarixiy manbalami tahlil qilish texnikasining takomillashuvi va tarixiy tadqiqot usullarining rivojlanishi ko’rsatish;

shuningdek, tarixiy tadqiqotlar muammolarining ilmiy-tashkiliy:

  • tarix fani rivojining har bir bosqichida holati, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni taslikil etish shakllarining tahlili, ilmiy-tarixiy muassasa va markazlar tarixi hamda ilmiy jamiyatlar faoliyatini yoritish;

  • tarixiy bilimlaming tarqatilishi: ilmiy va ilmiy-ommabop davriy matbuotning holati, tarixiy nashrlar, o‘quv adabiyotlari, ushbu komponentlaming tarix fani rivojidagi ahamiyatini;

  • tarixchi mutaxassislami tayyorlash tizimi hamda tarix ta’limi takomillashuvi va uning tarix faniga ta’sirini;

  • tarix fani kadrlari, malakasi va sohalar bo’yicha taqsimlanishi, tarixchi faoliyati (Tarixchi shaxsi va laboratoriyasijni o’rganishdan iborat.

Tarixshunoslik fani ham boshqa fanlar singari o’z tadqiqot ob’yekti va predmetiga ega. Tarixshunoslik fanining tadqiqot ob’yektini tarixiy (tarixshunoslik) manbasida mujassamlashgan, tadqiqotchilik konsepsiyasi shaklida aks etgan tarixiy bilimni o’rganish tashkil qilsa, uning predmeti - tarix



fanida ma Turn muammoni tadqiq etish jarayonlari va natijalarini tahlil qilishdan iborat.
Tarixshunoslik predmetining kengayib borishi bevosita mazkur fanning muhim jihatlari va nazariy-metodologik tahlil imkoniyatlarining ortib borishiga bogTiq.
Tarixshunoslik, shuningdek, o‘z fakti va manbalariga tayangan holda ish ko‘radi. Tarixshunoslik fakti - tarixchining bir yoki bir nechta tadqiqoti orqali taqdim qilingan konsepsiyasi va qarashlari majmui, tarixshunoslik manbasi - monografiya, risola, maqola, taqriz va turli anjumanlarda qilingan ma’ruzalar ekanligini nazarda tutgan holda tahliliy faoliyatni amalga oshirish, ushbu tushunchalar to‘g‘risida aniq tasawurga ega boTish tarixshunoslikka oid tadqiqotlaming muhim shartlaridan biridir11.
Tarixshunoslikka oid tadqiqotlami amalga oshirishda tarix metodologiyasi va uning rivojlanish bosqichlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki, mazkur tartiblar tarix fanining nazariy-metodologik asoslari va
takomillashuvidagi o‘ziga xos xususiyatlarini anglashga yordam beradi. Bu o'rinda, tarix va tarixshunoslik metodologiyalarining o‘zaro genetik aloqadorligini alohida qayd qilish zarur12.
Metodologiya nazariy bilimga asoslangandagina tom ma’noda, ilmiylik kasb etadi. Bu esa metodologiya va nazariyaning o‘zaro taqozodorligidan kelib chiqadi. Ilmiy bilimning rivojlangan shakli, qonuniylikni mantiqiy tushuntirish, ijtimoiy-tarixiy amaliyotning umumlashmasi boTgan - nazariya bilishning metodologiyasisiz mavjud bo Та olmaydi. Nazariya va metodologiyaning o'zaro bir-birini boyitishi tarixshunoslikning metodologik jihatlarini tushunishda nihoyatda muhimdir.
Tarixshunoslik maTumotlarini umumlashtirish asosida erishilgan nazariy xulosa va qoidalar metodologik bilim to‘plamiga kiradi. Fan rivojining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday nazariya ma’lum dunyoqarash bilan bogTiq. Tadqiqotning nazariy jihatini metodologik jihatidan uzilishi, oxir-oqibatda, nazariyani dogmaga aylantiradi, chunki metodologiya nazariy bilimlarsiz mazkur fan tarixining bilish vazifalarini yetarli darajada hal qila olmaydi. Masalaning bunday qo'yilishi esa nazariy qoidalarning o‘zlashtirilishi jarayonida metodologik funksiyalami bajarishga o'tadi, deyishga asos boTadi.
Tarixshunoslikning ilmiy nazariyasi bir nechta xususiyatlarga ega boTib, ular quyidagilarda namoyon boTadi:
nisbatan mustaqil xarakterga ega boTgan tarixshunoslik nazariyasi, ayni paytda, umumtarixiy nazariyalar xarakteriga tobe;

  • u istiqboldagi tarixiy tadqiqotlar, yangi tarixiy nazariyalar, qarashlar va baholanii shakllantirishning dasturi, rag’batlantiruvchisi hamda o’ziga xos harakatga keltiruvchi murvati;

  • u tarixshunoslikni bilisbda yangi nazariy qurilmalarni asoslashning poydevori bo’lib xizmat qiladi. Bu ma’noda, tarixshunoslik nazariyasini uning qo’llanilishi jarayonida tarixiy bilimga bo’lganidek, tarixshunoslikka ham amaliy ta’sir ko‘rsatib, o’zining takomillashuvini qonuniy deb hisoblash mumkin.

Metodologiya ilmiy uslublami jipslashtiradi va yo‘naltiradi hamda ularning tarixshunoslikni bilishda faol ishtirok etishiga imkon yaratadi. Metodologiyani ushbu umumiy maqsadining aniqlashtirilishi tarixiy tafakkur rivojida vorisiylikni o’matish; tarixshunoslikning asosiy faktlarini aniqlash mezonlarini belgilash; tarix fanining shakllanishi va rivojida tarixchi hamda uning asarlarini ob’yektiv hissasini qayd qilish; tarixshunoslik fakti va unga doir boshqa materiallarda umumiy, xususiy hamda yakkalikni bilish; ob’yektiv va sub’yektiv omillarga asoslangan holda davrlashtirish mezonlarini yaratish kabi metodologik vazifalami hal etishda qo’llaniladigan tamoyil hamda ko’rsatmalar tizimini ishlab chiqishida aks etadi.
Metodologiya tarixshunosning ilmiy tafakkuri rivojiga oid mavjud tajribasi va qarashlaming turlichaligi, ilmiy-tadqiqot usuli hamda vositalarini o’zlashtirishiga ulkan hissa qo’shadi.
Amalda tarixshunoslik metodologiyasi tadqiqotchilik tamoyillari tizimidan foydalangan holda (dunyoqarash, umumilmiy, tarixiy, tarixshunoslikning xususiy) tarixshunoslikning tadqiqotchilik jarayoni, tarixshunoslik ijodi va uning natijalariga qo’yiladigan talablami belgilovchi qarash hamda ko’rsatmalarni ishlab chiqadi.

Download 94,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish