tarixiy ongni shakllantirish funksiyasi. Tarixiy ong bu - ijtimoiy xotira. Tarixiy ong holati jamiyat barqarorligiga bogTiq boiganidek, mustalikam tarixiy ong o‘z navbatida, jamiyat barqarorligining ko’rsatkichidir;
amaliy tavsiyaviy funksiyasi - uning fan sifatidagi mohiyati tarixiy faktlarga tayangan holda, jamiyat rivoji qonumyatlarini aniqlab, nazariy mushohada qilish orqali, kelajakda turli xatolarga yoT qo’ymaslik uchun ilmiy asoslangan siyosiy yo’lni ishlab chiqish va siyosiy mazmundagi qarorlami qabul qilishga qaratilgan;
yana bir funksiyasi - dunyoqarash boiib, o’tmishni bilish dunyo, jamiyat va uning rivojlanish qonuniyatlariga nisbatan ilmiy nuqtai nazardan qarashni shakllantiradi;
tarbiyaviy funksiyasi u o’z xalqi va yurtining tarixini o’zlashtirish orqali vatanparvarlik hissi, insoniyatning axloqiy normalari hamda qadriyatlarini shakllantiradi; jamiyat taraqqiyotida ma’lum bir xalq yoki shaxslaming rolini ko’rsatadi.
Tarix ko‘p tannoqli fan boTib, u bir qator mustaqil fan sohalaridan tashkil topgan: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, harbiy, davlat, fuqarolar, fan, din tarixi. Tarix o’rganish ob’yektining qamroviga ko’ra, jahon tarixi, qit’alar tarixi, Yevropa tarixi, Osiyo va Affika tarixi, xalqlar tarixi, alohida olingan mamlakatlar (O’zbekiston) tarixi va h.k.
Ushbu fan o’z tadqiqotlarida xronologiya, paleografiya, numizmatika, diplomatika, geraldika, metrologiya, sffagistika, epigrafika, geneologiya,
s
toponimika va oTkashunoslik kabi yordamchi tarix fanlariga tayanadi. Manbashunoslik va tarixshunoslik tarixiy tadqiqotlar jarayonida alohida o‘rin tutadi.
O'tmishni o'rganishda tarixiy manbalar asosiy vosita boTib, ular o‘z tavsifiga ko‘ra, yozma, og’zaki. moddiy va adabiy kabi turlarga boTinadi. Biroq, ushbu manbalar tarix manzarasini asil holicha yaratmaydi va ularda mnjassamlashgan axborotlami ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabut qilib boimaydi. Tarix tadqiqotini amalga oshirishda manbashunoslik ishi muhim o‘rin tutadi. Tarixiy voqealami tiklash uchun ushbu manbalami tanqidiy o'rganish, tahlil va talqin qilish kerak boTadi. Faqat tarixchigina tarix manzarasini o‘z faoliyati orqali tiklay oladi. Manbashunoslik - tahliliy ish boTsa, nazariy umumlashmalar ustida ishlash esa tizimlovchi, selektiv ish, ushbu ikki yo'nalish tarixiy bilimda bir xilda muhim va zarurdir.
Tarixchining manbashunoslik va umsuman, tadqiqotchilik faoliyati haqida so‘z ketganda, shuni ta’kidlash joizki, tarixni o‘rganish hamda konseptual jifaatdan anglash bir-biri bilan uzviy bogTiq. Tarixiy tadqiqotning muhim manbalari - arxiv hujjatlari, nashrlar, ashyoviy dalillar va h.k. ustidagi maxsus professional ish hisoblanadi. Manbalar bilan ishlashdagi mahorat
tadqiqotchining professional darajasi, mavzuning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Tarixchining fuqarolik qarashi “ijtimoiyligi” tarixiy asarlar xarakterini belgilaydi, manbalami talqin qilish qobiliyati o‘zi yashayotgan davr nuqtai nazaridan emas, awalambor, oTganilayotgan davr nuqtai nazaridan belgilanadi. Manbalami tahlil qilishda o‘rganilayotgan davr insonlarining fikrlari, tasawurlari va jamiyatda kechayotgan jarayonga qarashlaridan kelib chiqish kerak. Bunday yondashuv hatto yaxshi ma’lum boigan manba matnida noma’lum qirralami ko’rish imkonini beradi7.
Tarix fanining tadqiqot predmeti tarixchini iqtisod, huquq, sotsiologiya, adabiyotshunoslik va san’at tarixi hamda boshqa soha mutaxassislari bilan yaqinlashtiradi. Shuni ta’kidlash joizki, dastawal jamiyatning shakllanish qonuniyatlarini anglashga intilishi bilan bogTiq boTgan tarix fani ikki asr muqaddam vujudga kelgan jamiyat haqidagi bir cjator mustaqil fanlarning asosi hisoblanadi. Sotsiologiya, falsafa va psixologiya fanlari tarixiy tadqiqotlarda qoTlanilishi mumkin boTgan nazariya hamda tushunchalami yaratadi, tarixchi o‘z navbatida, ularga qonunlarni shakllantirish va umumlashtirish uchun “qayta ishlangan xom ashyo”ni yetkazib beradi. Hozirda tarix fani sotsiologiya, antropologiya, iqtisod va psixologiya kabi fanlarning nazariya hamda modelllariga jamiyatni anglash vositasi sifatida murojaat qilib, ayni paytda, ushbu nazarivalaming haqqoniyligini sinab ko’rmoqda.
f
to
anlaming barchasini ildizlari u bilan bog‘liqligi va insoniyat jamiyatining o‘z o'tmishiga boigan qiziqishlaridan kelib chiqadi-Д
Ma’lumki, tarix o‘tmish haqidagi bilimlar va o‘tgan zamon haqidagi ijtimoiy tasawurlar umumlashmasini anglatib, insoniyat taraqqiyotining holatini o'zida aks ettiradi. “Tarixiy xotira”, “tarixiy ong”, “tarixiy bilimlar” va “tarix fani” kabi tushunchalar tarixning sinonimlari sifatida taqdim etiladi. Mazkur tushunchalarda mujassamlashgan voqea-hodisalar o'zaro aloqador bo‘lib, ular orasida ma’lum bir chegarani o'tkazishning iloji yo‘q. Bu o‘rinda, “tarixiy xotira”, “tarixiy ong” tushunchalari aksariyat holda o'tmishning beixtiyor yaratilgan manzarasiga ishora qilsa, “tarixiy bilimlar” va “tarix fani” uni anglash hamda baholashda maqsadli hamda tanqidiy yondashuvni nazarda tutadi8.
Tarixiy bilimlar qadimda jamiyat va ijtimoiy ong taraqqiyoti jarayonida shakllangan. Insonlarning o‘z o'tmishiga boigan qiziqishi, o'zini anglash va etnik identikligini belgilash tendensiyasining ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Buning asosida o‘zaro bogiiq boigan ikki motiv yotadi - o‘zi haqidagi xotirani avlodlarga yetkazish va yashayotgan davrini ajdodlar tajribasiga murojaat qilish orqali anglashga intilish. Insoniyat tarixida turli davrlar va sivilizatsiyalar
n
o'tmishga nafaqat turli shakllar, balki har xil darajada o‘z qiziqishlarini ham
amoyon qildilar. Jamiyatning rivojlanish jarayonida o'tmish haqidagi xotirani saqlash vositalari, uni o'rganish va bayon qilish o‘zgarib bordi, faqat muhim jihati, zamonaning dolzarb savollariga javob izlashda o'tmishdan saboq olish an’anasi o'zgarmadi.
X
Do'stlaringiz bilan baham: |