Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligini o'rgaiiish xususida
Yevroosiyo qit’asining kattagina qismini egallagan Markaziy Osiyo mamiakatlari tarixining ildizlari eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Uning uch qadimiy tamaddun - Old Osiyo, Hind va Xitoy orasida joylashganligi ancha vaqtlar oldin Markaziy Osiyoning tranzit xarakterini belgilab bergan: aynan mazkur mintaqa hududlaridan o‘tgan Buyuk Ipak yoiidan borgan savdo karvonlari madaniyatlar qorishuviga o'z ta’sirini o‘tkazgan. Biroq, bu uning o‘z taraqqiyot yoiidan borishiga xalaqit bermagan. Er. aw. II mingyillikda Janiibiy Turkmanistonda, er. aw. I mingyillikda esa O'rta Osiyo ikki daryo oralig'i (Amudaryo va Sirdaryo)da ilk shaharlar vujudga kelgan va bu joylarda liayot qaynagan. Marg'iyona, Xorazm, Sug‘d, Farg'ona va Baqtriyada dehqonchilik, hunarmandchilik hamda savdo-sotiq rivojlangan. Ko‘p mingyillar davomida ko'chmanchi va o‘troq aholming Eron hamda Turon misolida. sermahsul muloqotlari davom etgan. Markaziy Osiyoning qadim tarixidan ma’lumot bemvchi manbalar, arxeologik, epigrafik va numizmatik manbalar to‘plana borgan.
Yangi erada “Xalqlaming Buyuk ko'chishi” ro‘y berib, Eron madaniy landshafti turkiylar tomonidan asta-sekin surib chiqarildi, asrlax davomida mintaqaning ichki hududlaridan kelgan turk ko'ctananchilarining yangi tolqini tufayli 1-П asrlarda Markaziy Osiyo sahrolari “Dashti Qipchoq” nomini oldi.
Vaqt o'tishi bilan “turkiylar yashaydigan hududlar” “Turkiston” deb atala boshlandi, keyinchalik ushbu nom butun mintaqaga nisbatan qo'llanildi. Arab va forslar Markaziy Osiyoni xalifalik tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng shunday atadilar hamda ushbu hududda islomlashtirish jarayonlad boshlandi. O 'rta Osiyo ikki daryo oraligl “Movarounnahr” nomioi oldi. Uning o‘rta asrlar tarixidan ma’lumot beruvchi, sharq tillarida asosan, forsiyda ko'plab yozma manbalar ysiratildi.
Ilk o'rta asrlarda mintaqaning madaniy markazlari Xorazm, Sug'd, Balx va nafaqat o'troq dehqonchilik va savdo, shu bilan birga, islom dini, madaniyat hamda san’at markaziga aylandi.
X asrga kelib Sug'dning asosiy shaharlari bo'lgan Samarqand va Buxoro Movarounnahming eng muliim shaharlariga aylandi. Natijada, ushbu shabarlarda ko'plab arxitektura yodgorlildari qurildi, ilmu fan ravnaq topdi.
XIII asrda Movarounnalir va Dashti Qipchoq insoniyat tarixidagi yirik kontinental imperiya, ya’ni Buyuk mo'g'ul ulusi tarkibiga kirdi. U parehalanganidan so'ng mo'g'ul va turk turli davlatlaiining tarkibiga o'tdi. Markaziy Osiyoda qudratli Temur davlatining vujudga kelishi bilan mo'g'ullar davri nihoyasiga yetdi.
Markaziy Osiyoning so'nggi o'rta asrlar davri mintaqaning iqtisodiy va madaniy tanazzuli bilan tavsiflanadi. Hindistonga dengiz yo'lining ochilishi bilan Buyuk ipak yo'li o‘z ahamiyatini yo'qotdi.
Markaziy Osiyodagi davlatlar - Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari o'zaro urushlar natijasida siyosiy, iqtisodiy hamda harbiy jihatdan inqirozga yuz tutdi. Bu holat Rossiya imperiyasi tomonidan mazkur davlatlami mustamlaka va protektoratga aylanishiga yo‘l ochib berdi.
1924-yilda sovet hokimiyati tomonidan milliy-hududiy chegaralanish siyosati o'tkazilishi bilan SSSRning siyosiy-ma’muriy xaritasida Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston respublikalari paydo bo'ldi. 1936-yildagi SSSR Konstitutsiyasiga binoan, ular ittifoqdosh respublikalar maqomini oldi. Sovet davlati parchalanganidan so'nggina 1991- yilda ular mustaqil boiib, 1993-yilda 4-yanvarda bo'lib o'tgan uchrashuvda esa о zlanni О rta Osiyo emas, balki Markaziy Osiyo respublikalari deb atashni taklif qildilar.
lnsoniyat tamaddunida o'ziga xos o'ringa, boy tarix, moddiy va ma’naviy merosga ega bo'lgan ushbu mintaqa, tarixchi, sayyoh hamda turli tadqiqotchilar e tiborini tortib keldi. Mahalliy tarixnavislar va saroy tarixchilari tomonidan ко plab yozma manbalar misolida, o'z manfaati va maqsadini ko'zlab kelgan mustamlakachilar — sayyoh, olim, zobit va sharqshunoslar katta hajmdagi asarlar, shuningdek, sovet tarix fani ma’lum darajada ushbu mintaqa tarixiga doir ilmiy merosni qoldirdi. Mustaqil davlatlaming vujudga kelishi bilan tarix fanida ham tub o'zgarishlar ro'y berib, yangi metodologiya va yondashuvlar asosida Markaziy Osiyo tarixiga doir qimmatli asarlar yaratildi.
Asrlar davomida Markaziy Osiyo va unga doir tarixiy bilimlaming to'planishi bilan yaratilgan katta hajmdagi yozma manba hamda ilmiy asarlar tahliliga ehtiyoj vujudga keldi. Ushbu nomoddiy merosni yaratilgan davri va muammolar yo'nalishi bo'yicha tahlil qilish asnosida unga doir yaxlit ilmiy manzaram chizish, o'rganilishi lozim bo'lgan muammolar doirasini aniqlash, bo'lajak sharqshunoslarga “Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi” fani о qitilishi hamda darsligini yaratilishiga turtki bo'ldi.
M
Ushbu fanning o'qitilishi jarayonida talabalar:
tarix fani muvaffaqiyatlarini tanqidiy tahlil qilish, tadqiqotchilik va amaliy vazifalami bajarishda yangi g'oyalami qoilash;
zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalangan holda mustaqil ilmiy- tadqiqotlarni amalga oshirish;
arkaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi” predmetining maqsadi ushbu hudud tarixiga oid to'plangan bilimlar haqida axborot berish, talabalarda muhim tarixshunoslik konsepsiyalarini tahlil qilish malakasini o'zlashtirish, ushbu mavzuni tadqiq qilishda vatan va xorijiy yetakchi ilmiy maktablar tajribasini o'rganish hamda tarixiy tadqiqot usullaridan o'z faoliyatida foydalanishni shakllantirishni nazarda tutadi.
• tarixiy tadqiqotlarda jahon va Vatan tarixiga doir bazaviy bilimlar, manbashunoslik, maxsus tarix fanlari, tarixshunoslik hamda tarixiy tadqiqot usullari, tarix fani nazariyasi va metodologiyasidan foydalana olish yoilarini o'zlashtiradi.
Shuningdek, talabalar mazkur fanni o'zlashtirish orqali, Markaziy Osiyo tarixiga doir bilimlaming rivojlaiiish bosqichlari, ushbu muammoni tadqiq qilgan asosiy tarixshunoslik maktablari faoliyati, tarixiy bilimlardagi konsepsiya va yondashuvlar, tarixiy tadqiqotlarni tarixshunoslik ilmiy metodologiyasi hamda usullari asosida tahlil qilish, tarixshunoslik faktlami tizimlay bilish va bu orqali xulosalar chiqarishni o‘rganadi.
“Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi” darsligi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 5120300 - Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha) taTim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan.
Mazkur darslik Markaziy Osiy xalqlari tarixiga doir bilimlaming vujudga kelishidan to bugungi kunga qadar to‘plangan tarixiy tadqiqotlardagi asosiy masalalami o‘rganilishi tahliliga bag'ishlangan. Ushbu hudud tarixini o‘rganishdagi yondashuv, konsepsiya va tarixiy tafakkur evolyusiyasi tarix fanirivoji kontekstida yoritilgan. Darslik mazmuni va ushbu fan talabalardatarixiy, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga doir asarlami tahliliy mushohada qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |