Taʼlim sifatini boshqarish — bu koʼp funktsiyali murakkab muammo. U muayyan miqyosda (chunonchi, davlat, tarmokdararo, mintaqa, taʼlim muassasasi doirasida), shuningdek, maʼlum yoʼnalishlarda (tashkiliy, tarkibiy, mazmuniy, metodik, kadrlar, resurslar) hal qilinadi.
Masalan, davlat miqyosida taʼlim sifatini boshqarish Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgrisida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», hukumat qarorlari, davlat taʼlim standartlari va hokazolar asosida hamda ularning yordamida amalga oshiriladi. Idoralar darajasida esa bu vositalar — Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, shuningdek, tasarrufida taʼlim muassasalari boʼlgan boshqa vazirliklar va idoralarning faoliyati, taʼlimni boshqarishga vakolatli organlarning buyruq va yoʼriqnoma hujjatlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |