Taʼlim sifati mezonlari tizimi — anchagina murakkab va baxsli masala. Mualliflar uni amalda psixologik-pedagogik va maʼnaviy-axloqiy nuqtai nazardan koʼrib chiqmay ataylab maxsus ijtimoiy-pedagogik va boshqaruv rakurslarida tadqiq etadilar. Biroq, mazkur muammo taʼlim sifati muammolari bilan bogʼlik tadqiqotlarning eng muhim va istikbolli yoʼnalishi ekanligini taʼkidlab oʼtish joiz. Moxiyatan, bu yerda biz aynan «taʼlim» tushunchasi talqinidagi muammolar bilan toʼqnash kelamiz.
Taʼlim — maqsad sifatida, taʼlim — natija sifatida va taʼlim— (shaxsiy, ijtimoiy, davlat ahamiyatiga ega boʼlgan) qadriyat sifatida hamda taʼlim — jarayon sifatida...“Taʼlim” kategoriyasining ayrim talqinlari ana shulardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |