1-mavzu: Sug`urtaning iqtisodiy mohiyati va funksiyalari. Reja: Sug‘urta nazariyasining kelib chiqish tarixi. Sug‘urta nazariyasi predmeti va ob’ekti


Mulkiy sug‘urtada zararlarni aniqlash



Download 453,58 Kb.
bet58/91
Sana30.04.2022
Hajmi453,58 Kb.
#599086
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Bog'liq
sug\'urta ishi

3. Mulkiy sug‘urtada zararlarni aniqlash
Jahon amaliyotida sug‘urta javobgarligining yoki sug‘urta summasiga bog‘liq ravishda zararni aniqlashning ikki tizimidan foydalaniladi, bulardan birinchisi – mutanosib (proporsional) sug‘urtalash bo‘lsa, ikkinchisi – birinchi xatar tizimidir. 2Agar shartnomada sug‘urta summasi mulkning sug‘urta qiymatidan pastroq qilib belgilangan bo‘lsa, mutanosib sug‘urtalash tizimida mulkning qisman zarar ko‘rishi holatida tovon to‘lovi miqdorining haqiqiy keltirilgan zarar summasi bilan mutanosibligi orqali aniqlanadi va bunda sug‘urta summasining sug‘urta qiymatiga mutanosibligi nisbatidan kelib chiqiladi. Zararning sug‘urtalanmay qolgan qismiga proporsional bo‘lgan qismi bo‘yicha javobgarlik sug‘urta qildiruvchining o‘z zimmasida qoladi. O‘zbekistonda birinchi xatar tizimi kamroq qo‘llaniladi. Mutanosib sug‘urtalashdan farqli o‘laroq, birinchi xatar tizimida sug‘urta bo‘yicha to‘lovning faqat yuqori qiymati sug‘urta summasining miqdori bilan cheklanadi. Agar birinchi xatar (zarar)ning miqdori sug‘urta summasidan kam bo‘lsa, to‘liq ravishda to‘lanadi, ikkinchisi esa – sug‘urta sukmmasidan qolgan qismida ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi va h.k., toki sug‘urta summasi batamom to‘lab bo‘linguncha shu tarzda davom etadi. Birinchi xatar tizimidan foydalangilganda tarif mutanosib sug‘urta tarifiga nisbatan odatda 10-20 foiz yuqoriroq bo‘ladi
Har qanday da’vo bo‘yicha etkazilgan ziyonni baholashning asosiy qoidasi ziyon etkazilgan mulk narxini emas, balki uning sug‘urta holati ro‘y bergan paytdagi va joydagi qiymatini aniqlash hisoblanadi. Agar mulk qiymati polisning amal qilish davri mobaynida o‘sgan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi o‘sgan qiymat bo‘yicha to‘lov olishga haqli.
Kelgusi daromadlarni yo‘qotish yoki etkazilgan ziyondan kelib chiqadigan boshqa yo‘qotishlar hisobga olinmaydi. Shuningdek, to‘lovlar ma’naviy harajatlarni ham o‘z ichiga olmaydi.
Ba’zida mulk to‘laligicha yo‘q qilinadi va mulkni qutqarish masalasi o‘ringa ega bo‘lmaydi. Biroq ko‘pincha mulk to‘laligicha emas, balki uning bir qismiga ziyon etkaziladi. Bunday holatda «qutqarilgan mulk» haqida savol tug‘iladi. Sport tovarlari sotiladigan magazin yong‘indan ziyon ko‘rgan holatni tasavvur qilish qiyin emas. Ayrim buyumlar yonib ketgan, bir qismi tutundan dudlanib qolgan (bu esa sifatning yomonlashuvi sifatida baholanadi), boshqalar esa (masalan, giryalar) olovga bardosh berib, saqlanib qolgan. Sug‘urta qildiruvchi o‘z yo‘qotishlari qiymatini qolgan tovarlarni ma’lum bir tarzda ishlov berishdan so‘ng arzonlashtirilgan narxlarda sotishni hisobga olgan holda aniqlashi mumkin. agar sug‘urta qildiruvchi mulkni to‘liq yo‘q qilingan deb hisoblamasa, u to‘lovning to‘liq hajmda amalga oshirilishini talab qilishga haqli emas.

Download 453,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish