1-mavzu: Sug`urtaning iqtisodiy mohiyati va funksiyalari. Reja: Sug‘urta nazariyasining kelib chiqish tarixi. Sug‘urta nazariyasi predmeti va ob’ekti


Sug‘urta hodisasi yuz berganda tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish



Download 453,58 Kb.
bet59/91
Sana30.04.2022
Hajmi453,58 Kb.
#599086
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91
Bog'liq
sug\'urta ishi

4.Sug‘urta hodisasi yuz berganda tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish
Sug‘urta qoplamasi sug‘urta-lanuvchining zararni qoplash to‘g‘risidagi yozma arizasi, shuningdek, vakolatli organlardan olingan tegishli hujjatlar asosida to‘lanadi. Bunday hujjatlarning taqdim etilmasligi sug‘urtalovchiga ushbu hujjatlar bilan tasdiqlanmagan zarar uchun tovon to‘lashni rad etish huquqini beradi.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgani haqida ariza bergach, komissiya tuzilib, uning tarkibiga sug‘urtalanuvchining, sug‘urtalovchining, zarur hollarda esa vakolatli tashkilotlarning ham vakillari kiritiladi.
Komissiya muayyan muhlat ichida zararlanish sabablari va mikdorini aniqlaydi. Komissiya sug‘urta hodisasini e’tirof ettan taqdirda yo‘qotish va zararlar mikdori, shuningdek to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta qoplamasining mikdori aniqlanadi. Tomonlar buni dalolatnomada qayd etadilar.
Mazkur dalolatnoma sug‘urtalanuvchiga sug‘urtalovchi tomonidan suturta tovoni to‘lanishi uchun asos bo‘ladi.
qZarar sabablari va mikdori xususida tomonlar o‘rtasida nizolar paydo bo‘lgan hollarda mustaqil ekspertiza o‘tkazilishi mumkin.
Sug‘urtalanuvchi zararni qoplash haqidagi arizasida quyidagilarni ko‘rsatilishi shart:
-sug‘urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi;
-sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urtalanuvchi qilgan ishlar;
-zarar miqdori va sug‘urtalanuvchi da’vo qilayotgan sug‘urta tovonining miqdori. Bunda tegishli ro‘yxat va summa ko‘rsatilishi kerak;
-zararni qoplash uchun uchinchi shaxslardan olingan tovon mikdori.
Mabodo zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa yoki sud qaroriga ko‘ra zarar aybdor shaxs tomonidan qoplanadigan bo‘lsa sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovoni olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Quyidagi hollarda sug‘urta tovoni to‘lanmaydi:
-agar sug‘urtalanuvchi zarar etkazilishiga olib keluvchi hatti-harakatlarni ataylab yoki qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli sodir etgan yoki ularga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa;
-basharti zarar kelib chiqishiga olib kelgan holatlar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilayotgan bo‘lsa, tekshiruv tamom bo‘lgunga qadar.
Mabodo sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchi shaxs zarar uchun aybdor yoki uchinchi shaxslardan tovon olgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan pul bilan aybdor yoxud uchinchi shaxslardan olingan pul o‘rtasidagi farqning o‘zini to‘laydi.
Shartnoma imzolagandan so‘ng tavakkalchilik darajasida ro‘y bergan va sug‘urta hodisasi yuz berish ehtimolini oshiradigan barcha o‘zgarishlar sug‘urtalovchiga sug‘urta shartlarini o‘zgartirish hamda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishi talab qilish huquqini beradi. Sug‘urtalanuvchi qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashdan bosh tortgan taqdirda mazkur shartnoma yuridik kuchini yo‘qotadi, to‘langan sug‘urta mukofoti esa qaytarib berilmaydi.
Shartnomada kelishilgan zararlarni qoplash uchun sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshirilgan har bir to‘lov majburiyatlar chegarasini ana shu to‘lov mikdorida, ammo agar mas’uliyat chegarasini qayta tiklash uchun qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanmasa, dalolatnomada qayd etilgan zarar mikdoridan ko‘p bo‘lmagan hajmda kamaytiradi.
Shartnoma tomonlar unda kursatilgan majburiyatlarini bajarmay qo‘ygunlariga qadar kuchda bo‘ladi.
Tomonlardan birining kamida 30 kun oldin beriladigan yozma arizasiga binoan shartnoma istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Agar sug‘urtalanuvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishini ma’lum qilsa, sug‘urta mukofoti unga qaytarilmaydi.
Sug‘urta shartnomasi bekor qilinishini sug‘urtalovchi talab etgan takdirda:
a) sug‘urtalanuvchiga sug‘urta mukofoti muddati tamom bo‘lmagan davrga mutanosib mikdorda qaytariladi, bunda o‘tgan davrda qilingan harajatlar sug‘urta mukofotidan ushlab qolinadi;
b) basharti sug‘urta shartnomasi bekor qilinishining talab etilishiga ushbu shartnomada kelishilgan shartlarning sug‘urtalanuvchi tomonidan buzilishi sabab bo‘lsa, faqat sug‘urta mukofoti muddati tamom bo‘lmagan davrga mutanosib mikdorda qaytariladi.
Sug‘urta tovoni to‘lash haqida dalolatnoma tuzilgandan keyin sug‘urtalanuvchining zarar etkazilishi uchun javobgar shaxslarga nisbatan bo‘lgan huquqlari to‘langan pul mikdorida sug‘urtalovchiga o‘tadi. Bunda sug‘urtalanuvchi aybdor shaxslardan talab qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga berishi shart.
Sug‘urtalanuvchi zarar etkazgan shaxsga bo‘lgan da’vosidan yoki unga nisbatan bo‘lgan talablarning amalga oshirilishini ta’minlovchi huquqlaridan voz kechganda, shuningdek regress talabni qo‘yish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni sug‘urtalovchiga berishdan bosh tortganda sug‘urtalovchi sug‘urta tovoni to‘lashdan ozod bo‘ladi.
Shartnomaga kiritiladigan hamma qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, shuningdek prolongatsiya, bekor qilish yoki to‘xtatish tomonlarning roziligi bilan o‘zaro xabar berilgan holda yozma ravishda amalga oshirilmog‘i darkor.
Sug‘urta shartnomasidan kelib chiquvchi barcha nizo va kelishmovchiliklar tomonlarning muzokara olib borishi yo‘li bilan hal etiladi, kelishuvga erishib bo‘lmagan taqdirda esa tegishli muddat ichida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qarab chiqish uchun xo‘jalik sudiga oshiriladi.



Download 453,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish