1-Mavzu: Stilistika fani,uning maqsadi va vazifalari
REJA :
1. Stilistika fani, maqsadi va vazifalari.
2. Stil so‘zining ma’nolari.
3. Stil turlari.
4. Nutq stilistikasi yoki tilning vazifadosh stil turlari
5. Xulosa.
Kishilar har qanday sharoitda va faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish
jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni
tanlash va
ishlatishda bir-birlaridan ma’lum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til
vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil ko’rinishlarining paydo
bo’lishiga olib keladi. Nutqning bu xilma-xil ko’rinishlari nutq stillari deb yuritiladi.
Nutq stillari — ifoda vositalari sistemasining
muayyan aloqa doirasida
maqsadga muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq ko’rinishlaridir
Tadqiqotchilar stilistikaning o’rganish ob’yekti til stillari1, leksik, grammatik
sinonimiya hamda til vositalarining ma’no va qo’llanish imkoniyatlarini tekshirish
deb bilsalar ham, lekin bularni yoritishda, klassifikatsiya qilishda, til vositalarining
stilistik va emotsional-ekspressiv buyoqlarini tushunishda
bir-birlaridan farq
qiladilar.
Stilistika — grekcha «stylos» so‘zidan olingan bo’lib, «suyakdan qilingan
uchli tayoqcha» degan m a’noni bildiradi. Qadimgi
greklar mum surtilgan
taxtachaga uchli tayoqcha bilan yozar edilar. Bu tayoqchaning tepa tomoni
kurakchaga o'xshar edi. Xato yozilgan so’zni tayoqchaning kurakchaga o£xshagan
tomoni bilan taxtachadagi mumni tekislash orqali o ‘chirar edilar va uchli tom oni
bilan to‘g‘rilab yozardilar. Stil so’zidan stilet — ingichka xanjar va stilo —
avtoruchka so£zlari kelib chiqqan. Qadimdanoq stil so‘zi «bo‘g‘in, nutq stili» m
a’nosida qo‘llana boshlangan. Gretsiyning «Agar sen o‘qish
uchun loyiq narsa
yozmoqchi bo'lsang, stilingni tez-tez almashtirib tur. Dunyoqarashi tor odamlami
qoyil qoldira olmasang, kuyinib o'tirma, ozgina bo‘lsa ham tushungan odamlar bilan
qoniq» deb yozib qoldirgan jumlalari ichidan «stilingni tez-tez almashtirib tur»
degan ifodasi keyinchalik greklarda maqolga aylanib ketgan. Demak, odamlaming
ko£ngliga urmaydigan, foydali m a’lumot beradigan biror narsa yozish uchun stilni
tez-tez almashtirib turish lozim ekan.
Izohli lug‘atlarda stil so‘zining bir necha ma’nolari berilgan.
1935—1940-yillarda
D.N.Ushakov
tahriri
ostida
nashr
etilgan
«Толковыйсловарьрусскогоязыка» kitobida stil so‘zining 4 xil m a’nosi berilgan.
Bu ma’nolar 1981 -yilda chop etilgan « o‘zbek tilining izohli lug‘atidida ham tarjima
qilinib, izohlangan. Ular quyidagilar:
1. Biror san’at
asarining, biror ijodkor, davr, millatning o£ziga
xos belgilari
yig£indisi. Masalan: arxitekturadagi sharqona stil (naqshinkorlik, gumbazli binolar).
Ko'rinadiki, stil soczining 1-m a’nosi juda keng tushunchani ifodalaydi, ya’ni badiiy
ifodalar yig£indisi yoki badiiy ifodalaniing umumiy tizimi tushuniladi. Bunda
adabiyot nazarda tutilmaydi.
2. Biror
adabiy asar, adabiy yo£nalish, adabiy janr yoki biror muallifga xos bo’lgan
g’oya va til vositalarining tizimi orqali izohlanadi.