Tayanch so’z va iboralar.
Tadqiqot, empirik, dastur, respondent, so’rov, intervyu, sotsiometriya, pilotaj
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Sotsiologik tadqiqotning reja va dasturi nimalardan iborat?
2. Tadqiqotning qanday metodlari bor?
3. So’rovning qanday turlari bor?
4. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Mirziyoyev Sh. M “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. T.: O’zbekiston. 2017 y.
2. Mirziyoyev Sh. M “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. T.: O’zbekiston. 2017 y.
3. Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
4.Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot pirovard maqsadimiz” Toshkent 2000 yil O‘zbekiston nashriyoti.
5.Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi” T. O‘zbekiston nashriyoti 2000 yil.
6.Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” T. 2007.
7.I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch». T. «Ma’naviyat» 2008.
8.Aliqoriev N.S. va b. Umumiy sotsiologiya. T. ToshDU. 1999. yil
9.Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T. Fan. 1994 yil
10.Bekmurodov M “O‘zbekiston jamoatchilik fikri” T. Fan. 1999 yil.
11.Bekmurodov M, O.Otamirzaev, N.Aliqoriev va boshqalar “Sotsiologiya” T. 2000 yil.
12. Giddens E “Sotsiologiya ” T. Sharq. 2002 yil
XULOSA
Ushbu ma’ruzalar matnida berilgan ma’lumotlar bo‘yicha bayon qilingan ma'lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
Jamiyatda yashab turib, uni bilmaslik — bu katta yo‘lga tushib olib istagan makonini qidirib topolmaslikdir. Ammo jamiyat inson hayotida va faoliyatida o‘rganishi va ilmiy bilishi lozim bo‘lgan eng murakkab og‘ir bo‘lgan ob'ektdir. XXI asrining eng asosiy vazifasi jamiyat taraqqiyotini chuqurroq o‘rganib, uning ochilmagan qonunlarini ochish va inson taraqqiyotini muqobil tarzda olib borishni taqozo qiladi. Insonlarni dunyo taraqqiyotiga mos ravishda tarbiyalashda, inson tafakkurini ilmiy asosda hamda milliy ruhda shakllaiishida va nihoyat jamiyat taraqqiyotining optimallashuvida sotsiologiya fanining o‘rni beqiyosdir va u hozirgi zamon jamiyatshunosligida yetakchi rol o‘ynaydi.
Sotsiologik fikrlar ming yillar ilgari ma'lum bo‘lsa ham, u fan sifatida tan olinganligiga yuz ellik yildan oshdi. Shu qisqa vaqt ichida bu fan insonlarning o‘z-o‘zini bilish, jamiyat taraqqiyotining yangi modelini yaratishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi. Jamiyat bugun sotsiologiya yordamida o‘z-o‘zini yo‘naltirish va o‘z-o‘ziii taraqqiy ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Sotsiologiyaning bu jihatlari fandagi bitmas tuganmas manbai bo‘lib, fan ular orqali, boyidi va taraqqiy etib boradi. Agar umumsotsiologik nazariyalar majmuasini yaratish mumkin bo‘lsa, u holda hozirgacha yaratilgan konsepsiyalar, maktablar bunga asos bo‘la oladi.
Sotsiologiyaning diqqat markazida shaxsning o‘zaro ta'sir muammolari, sotsial guruhlar, bir butun jamiyat yotadi. Aytish lozimki, bu muammolar sotsiologiyaning asosiy vazifalarini tashkil etadi. Ularning o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish, ularning o‘zaro ta'sirini foydali, ya'ni garmonik asosda tashkil etish sotsiologiyaning xizmati va mahsuli hisoblanadi. Shaxsni, ya'ni oila a'zolarini takomillashtirmasdan turib, jamiyatni takomillashtirib bo‘lmaydi.
Ushbu ma’ruzalar matnini yaratishdan maqsad ham, kitobxonlarga shu muammolarni o‘rgatish, hamda yechishda ularni safarbar qilishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |