1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Sotsiologik ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa yasash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish



Download 0,93 Mb.
bet66/69
Sana15.12.2020
Hajmi0,93 Mb.
#53333
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
1.1. маърузалар асосий

Sotsiologik ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa yasash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Empirik sotsiologik tadqiqotning yakuniy bosqichida sotsiologik ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish, izohlash, umumlashtirish, xulosa yasash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish kabi vazifalar bajariladi.

Empirik ma’lumotlarni qayta ishlash sotsiologik tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1.Empirik ma’lumotlarni qayta ishlash va kodlashtirish. Bunda asosiy vazifa empirik ma’lumotlar, hujjatlar bir xil shaklga keltiriladi. Rasmiy tarzda ishlab chiqiladi va belgilangan shartlar asosida tartibga keltiriladi.

2.Olingan ma’lumotlarni tadqiqot vazifasiga mos holga keltirish, ya’ni olingan empirik ma’lumotlardan tadqiqot maqsadiga qanchalik erishilganligi va oldinga qo‘yilgan vazifa qay darajada hal qilinganligi aniqlanadi.

3.Statistik tahlil. Sotsiologik ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida statistik tahlil muhim ahamiyatga ega. Statistik tahlil orqali ba’zi ijtimoiy statistik qonuniyatlar va funksional munosabatlar oydinlashadi. Bu esa, o‘z navbatida, tadqiq etilayotgan muammo bo‘yicha olingan bilimlarni umumlashtirish va ulardan ilmiy xulosalar chiqarishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Empirik tadqiqot usullari yordamida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda tartiblashtirish, shkallalashtirish, munosabatdorlik kabi usullardan ham keng foydalanish mumkin. Tartiblashtirish – bu tadqiq qilinayotgan obyektlarning o‘zaro nisbiy ahamiyatini tartibli asosda aniqlashni bildiradi. Darajalash – o‘rganilayotgan obyektni boshqa obyektlarga nisbatan xususiy jihatlariga qarab sifat va miqdoriy darajasini aniqlash demakdir. Darajalash ekspert baholashning boshqa usullari bilan yanada to‘ldirilishi mumkin.

Empirik ma’lumotlarni umumlashtirish jarayonida asosiy e’tibor tadqiqot obyektining faqat ijobiy tomonlarigagina emas, ko‘proq yechimini kutayotgan muammolarga qaratilmog‘i lozim. Bu bosqichda tadqiqot farazi olingan miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida tekshiriladi. Ma’lumki, ishchi faraz – muayyan ijtimoiy obyekt to‘g‘risidagi taxminiy faraz, xolos. Sotsiologik tadqiqot natijalarining tahlili esa, shu ishchi farazning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tasdiqlaydi. Ishchi farazning qanchalik haqqoniyligini tekshirishning samarali vositasi – ijtimoiy amaliyot, kishilarning amaliy, hayotiy faoliyati hisoblanadi.

Sotsiologik tadqiqot empirik ma’lumotlarni nazariy jihatdan umumlashtirish, muayyan xulosalar ishlab chiqish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan yakunlanadi. Sotsiologik tadqiqot natijalarining ilmiy tahlili va ularni umumlashtirish ilmiy hisobot tarzida tuziladi. Ilmiy hisobot guruhlashtirilgan va tizimlashtirilgan holda tuzilib, kelgusida o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ilmiy hisobot tarkibi asosan ikki qismdan iborat bo‘lib, nazariy va amaliy bo‘limlarni tashkil qiladi.

Sotsiologik tadqiqotning ilmiy hisobotida quyidagi asosiy talablarga e’tibor berilmog‘i lozim.

1. Ilmiy hisobotda tadqiqot predmetiga muvofiq muammoning barcha o‘zaro bog‘liq jihatlari chuqur aks etishi zarur. Bunda, sotsiologik muammoning asosiy mohiyati jihati aniq ko‘rsatilmog‘i kerak. Bajarilgan ishlar esa mantiqiy tartib asosida yozilib chiqiladi.

2. Ilmiy hisobotning har bir bobi ikki qismdan iborat qilib tuzilmog‘i maqsadga muvofiq. Birinchi qism muammo va tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olmog‘i, ikkinchi qism esa – ilmiy xulosalarni, amaliy taklif va tavsiyalarni tashkil etmog‘i kerak.

3. Ilmiy hisobotda anketa savollari umumlashtirilgan holda ixcham qilib ifodalanadi. Hisobot aniq, hayotiy, hujjatli va statistik ma’lumotlar asosida tasdiqlangan bo‘lishi talab etiladi.

4. Ilmiy hisobot ixcham va to‘g‘ri yozilishi zarur. Ko‘pi bilan 30-40 betdan oshmasligi zarur, jadvallar, diagrammalar ilova tarzida ham berilishi mumkin.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish