1. Mavzu: Sotsiologiya fan sifatida. Sotsiologiya strukturasi. Jamiyat yahlit tizim sifatida.
Reja:
1. Sotsiologiya fanining predmeti, mazmuni va vazifalari..
2. Sotsiologiya fani asoslarining tarkib topishi va rivojlanishi.
3. . Sotsiologiyaning tuzilishi
Adabiyotlar:
1.Мирзиёев Ш.M. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Т.: Узбекистон, 2016. -53 6.
2.Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан курамиз. Т.: Узбекистон, 2017 -484 б.
3.Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш-юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Т.: 2017. -28 6.
4.Bekmurodov M. Sotsiologiya asoslari. T.: «Fan», 1997.
5.Lavrienko V.N., Nartov N.A. Osnovi sotsiologicheskix znaniy. «Uchebnoe posobie». M.: 1995.
6.Radugin A.A., Radugin K.A. Sotsiologiya. Kurs lektsiy. M.: 1996.
7.Sovremennaya zapadnaya sotsiologiya. Klassicheskie traditsii i poiski novoy paradigmi - M.: 1990.
8.Ubaydullaeva R.T., Xaydarov A. Sotsiologiya tarixi. T.:1993.
9.Umarov. Iqtisodiy islohot O`zbekiston o`rtacha aholisining nigohida. «Xalq va demokratiya», 1992.
10.Xoshimov T. Sotsiologiya. O`quv qo`llanma. T.:1996.
11.Rafiqov .K., Hoshimov T. Sotsiologiya asoslari. T.: ToshDIU, 1997.
12.Yunusov K. Sotsiologiya. O`quv qo`llanmasi. Andijon, 1997.
13.Aliqoriev N. Umumiy sotsiologiya. T.: ToshDU, 1999.
14.Sotsiologiya. Ma`ruzalar matni. T.: O`AJBNT, 2000.
Nazorat va mustahkamlash uchun savollar
1Markaziy Osiyo mutafakkirlarining sotsial qarashlarini ta`riflang. (Forobiy, Ibn Sino, A. Beruniy) va h.k.
2. O. Kont va uning pozitivistik ta`limotini ta`riflang.
3. Klassik sotsiologiya asoschilarini aytib bering.
4. Sotsiologiyada noklassik va marksistik yo`nalish vakillarining qarashlarini taqqoslang.
5. XX asr Amerika sotsiologiyasining o`ziga xos tomonlari nimada?
6. Hozirgi davrda O`zbekistonda sotsiologiyani rivojlantirish muammolarini aytib bering.
7. Sotsiologiya fani nimani o`rganadi?
Sotsiologiya (lotincha societas – jamiyat va yunoncha Logos – ta`limot) – so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, jamiyat haqidagi fan ma`nosini anglatadi. Yaxlit tizim sifatidagi jamiyat va alohida institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat tuzilmalari va ularda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni o`rganuvchi fan. Jamiyatni tushunish, anglash, unga nisbatan so`z munosabatini bildirishga teng bo`lib insoniyatning hamma tarixi uchun xos bo`lgan. «Sotsiologiya» haqidagi tushuncha birinchi marotaba XIX asrning 30 - yillarida frantsuz faylasufi Ogyust Kont tomonidan il miy qo`llanishga kiritilgan.Uning tushunishicha sotsiologiya jamiyatga taalluqli bo`lgan hamma narsalarni o`z ichiga olgan jamiyatshunoslik bilan bir qatord a turgan.
Sotsiologiya – insoniyatning bir necha yillik tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. XVIII asrda kishilik jamiyati, uning qonuniyatlarini o`rganuvchi mustaqil fan sifatida tarix falsafasida shakllandi. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi va ilmiy bilimlarning tabaqalanishi sotsiologiyaning falsafasidan ajralib, mustaqil fanga aylanishini muqarrar qilib qo`ydi. XIX asrgacha sotsiologiya falsafaning tarkibiy bir qismi bo`lib keldi.
Demak, biz falsafiy bilimlar doirasidan kelib chiqib, sotsiologiya fani va uning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganamiz.
XIX asr boshlaridan esa o`ziga xos ilmiy metodlarga ega bo`lib, falsafadan ajralib chiqish imkoniga ega bo`la boshladi. Sotsial sistemani taraqqiyoti va faoliyat ko`rsatish qonuniyatlari haqidagi mustaqil fan sifatida XIX asr 30-yillarida ilmiy muomalaga «Sotsiolgiya» atamasi, so`zi kiritilgandan so`ng shakllandi. Jamiyat haqidagi «pozitiv fan» (haqiqiy fan) yaratishga urinish X1X asr o`rtalarida yuzaga keldi.
Sotsiologiyaning asoschisi frantsuz mutafakkiri O. Kont sotsiologiyani jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi. E. Dyurkgeym sotsiologiyaning predmetini sotsial dalillar haqidagi fan deb ataydi. Marksizmda sotsiologiya predmeti ijtimoiy tizim sifatida jamiyatda va uning tuzilmaviy elementlarini tashkil etgan shaxslar, ijtimoiy birliklar, ijtimoiy institutlarni ilmiy asosda o`rganish hisoblanadi.
Hozirgi bizning adabiyotlarda sotsiologiyaga quyidagicha ta`rif berilgan: Sotsiologiya - yaxlit ijtimoiy tuzum sifatida jamiyat haqidagi va uning ayrim tarkibiy elementlari (shaxslar, ijtimoiy birliklar, institutlar) orqali bu tuzumning amal qilishi va rivojlanishi to`grisida fandir. Sotsiologiya ob`ekti jamiyat hisoblansada, sotsiologiya predmetining dastlabki bosqichi sifatida jamiyat tushunchasini ajratib ko`rsatish etarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |