1-mavzu. Sanoat korxonalari va ularning iqtisodiyotni modernizasiya qilishdagi ahamiyati va roli



Download 73,97 Kb.
bet9/13
Sana23.06.2021
Hajmi73,97 Kb.
#99441
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-мavzu

Unitar korxona. O`ziga biriktirib qo`yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.

Unitar korxonaning mol-mulki bo`linmasdir va u qo`shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo`yicha, shu jumladan korxona xodimlari o`rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas. Unitar korxonaning ustavida faoliyatining sohasi va maqsadlari to`g’risidagi, uni tashkil etish tartibi va manbalari to`g’risidagi ma`lumotlar bo`lishi kerak. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo`lib, bu rahbar mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda ularga hisob beradi.



Firma - korxona tushunchasidan kengroq tushunchadir, ya`ni u ma`lum nom bilan biznes olib boruvchi tashkilotdir. Firma - tovar ishlab chiqarish va barcha sohalarda xizmat ko`rsatish ishlarini bajarish uchun foyda olish maqsadida resurslarni jamlaydigan va undan foydalanadigan tadbirkorlik shaklidir. Ularning kengroq uchraydigan turlari: faktoring firmasi, lizing firmasi, injiring firmasi, konsalting firmasi, venchur firmalar va boshqalardir.

Faktoring firmasi - begona qarz majburiyatlarini-veksellarni sotib olish bilan shug’ullanadi.

Lizing firmasi- lizing to`lovlari bilan shug’ullanadi.

Injiniring korxona – muxandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradi.

Bunday korxona (firma):

- ishlab chiqarishni ta`minlash;

- mahsulot sotishni uyushtirish;

- ishlab chiqarish ob`ektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish bilan shug’ullanadi.

Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko`rsatadi, chet eldagi ilmiy g’oyalar va texnik ishlanmalarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring bilan birga mashina va us­kunalarni eksport qilib, etkazib beradi.

Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko`rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o`z mijozlariga maslahat xizmati ko`rsatish va texnik loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyatdir.

Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:

- tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash;

- maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishiga va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko`maklashish;

- yagona axborot-so`rovnoma fondini yaratish va yagona rek­lama strategiyasi (yo`nalishi)ni amalga oshirish yo`li bilan ularning a`zolari faoliyatini umum maqsadlar yo`lida jamlash va hokazo.

Venchur korxonalar – bu kichik biznesning bir turi bo`lib, ular:

- ilmiy muhandislik ishlarini bajarish;

- yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;

- ishlab chiqarishni boshqarish;

- tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

- yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga oshiradilar.

Bu vazifalarni ular davlat va yirik firmalar buyurtmasiga binoan kontrakt-bitimlar asosida bajarishadi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo`nalishlarida faollik ko`rsatadi va bu bilan fan-texnika taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shadi.

Iqtisodiyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o`z o`rniga ega bo`lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki kontsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi.

Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo`jalik asotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtnchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko`rib chiqamiz.


Download 73,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish