Aksiyadorlik jamiyati deb ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo`jalik yurituvchi sub`ekt hisoblanadi5.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog’ida huquqlarga ega bo`ladi va majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi.
Jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo`lga kiritadi. Jamiyat o`z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o`z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o`z belgi-alomatlariga ega bo`lishga haqlidir.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo`lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |