Temir idishlarning turg‘unligi kuchli emas, oksidlanishga tez beriluvchan bo‘ladi, oqsid taomdagi oz miqdordagi kislotada ham eruvchan bo‘ladi. Oqsidlanish natijasida temir tuzi taomning rangini qoraytirib yuborishi mumkin. Temir tuzi vitaminlarni ham yemirishi mumkin. Shuning uchun temir idishlardan, agar sirlanmagan bo‘lsa, oziq-ovqatda foydalanish mumkin emas. Taom sirtidagi yog‘ qatlami havodagi kislorod ta’sirini to‘sadi, metallning zanglashini cheklaydi.
Melxior va neyzilber idishlar asosan stol bezatishda ishlatiladi. Melxior (niqel va mis eritmasi) silliq va mustaxqamligi bilan farq qiladi. Neyzilber (mis va qalayi qushilmasi) sifati jixatidan melxiorga o‘xshaydi. Bularning har ikkalasi ham o‘z xususiyatlari bo‘yicha yumshoq shiles berishga qulay, bulardan chiroyli shakldagi idishlar yasash mumkin. Sirlanmagan idishlar faqat manzarali bezatishlar uchungina ishlatiladi. Buyumlarning ichki va tashqi qismi qumush suvi yoki nikel bilan qoplanadi. Tirnalishlarga yul qo‘ymaslik uchun bu idishlarni po‘lat buyumlar bilan birga saqlash tavsiya qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |