1-Mavzu. Qurilishning respublika iqtisodiyotida tutgan o‘rni



Download 1,35 Mb.
bet2/50
Sana24.02.2022
Hajmi1,35 Mb.
#189475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
qurilish iqtisod

K=Fir–Zb+Z,
Bunda: Fir – rejalashtirilayotgan davrda ishga tushiriladigan asosiy fondlar; Zb va Zo – rejalashtirilayotgan yil boshi va oxiriga mo‘ljallangan zadel.
Tugallanmagan qurilish – qurilishi yakunlanmagan va ishga tushirilmagan inshoot va ob’ektlar majmui. Tugallanmagan qurilish – vaqtli ko‘rsatkich bo‘lib, uning absolyut o‘lchami alohida, aniq bir muddatga nisbatan aniqlanadi. Tugallanmagan qurilishni natural (tabiiy) ifodalashda qurilish va ob’ektlar soni bilan, qiymat bilan ifodalanganda esa boshlangan, lekin yakunlanmagan va ishga tushirilmagan inshootlar bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar qiymati orqali ko‘rsatiladi.
Tugallanmagan qurilish qoldig‘ining yil oxiriga hisob-kitob qilish quyidagi formula bo‘yicha bajariladi:
Ts=Tb+Ky-Fky ,
Bunda: Tb – yil boshiga tugallanmagan qurilish; K– yillik kapital quyilmalar xajmi; Fky – yil davomida ishga tushiriladigan asosiy fondlar.
Qurilishda odatda zadel yaratiladi, ya’ni qurilishning bir maromda borishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ish xajmi yoki inshootning bir qismi.
Masalan, sanoat uchun mo‘ljallangan inshootlarni qurishda zadel kattaligi qiymat va quvvat bo‘yicha aniqlanishi mumkin.
Zadelning qiymat bo‘yicha hisoblashda quyidagi formula qo‘llaniladi:
Zn = (Kn –Vn) S
Bunda: Zn – smeta qiymati bo‘yicha zadel;
Kn - ob’ektning (korxonaning) tayyorlik ko‘rsatkichi, yil oxirigacha amalga oshirilgan kapital quyilmalarning qurilayotgan ob’ektning butun smeta qiymatiga yoki zadel me’yorlari bilan aniqlangan qiymatiga nisbati sifatida hisoblanadi, ya’ni ob’ektning loyiha bo‘yicha tayyorlik ko‘rsatkichi;
Vn – asosiy fondlarning oraliqda (navbatma-navbat) ishga tushirilishining ko‘rsatkichi (yil oxirida ishga tushirilgan ob’ektlarning butun korxonaning smeta qiymati yoki normativlar bilan belgilangan asosiy fondlarni oraliqda ishga tushirish ko‘rsatkichi, foiz hisobida);
S – korxona qurilishining smeta qiymati.
U yoki bu soha uchun quvvat bo‘yicha zadelning kattaligini hisoblashda quyidagi formula qo‘llanadi:
Bunda:  – quvvat birligiga mos keluvchi hisoblab chiqilgan quvvat bo‘yicha zadel ko‘rsatkichi;
tegishli guruhlardagi korxonalar quvvatini qurilishda bo‘lgan barcha korxonalardagi ulushi;
tegishli guruhlardagi korxonalar qurilishining me’yoriy (normativ) davomiyligi (yillarda);
yangi quvvatlar ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan keyingi rejalashtirilayotgan davr (yillarda).
Rejalashtirilayotgan (bashorat qilinayotgan) davrda bunyod etilishi lozim bo‘lgan korxonalar va qurilishning boshqa ob’ektlari qurilishlarning titul ro‘yxatiga kiritiladi. Bunday ro‘yxatlarda qurilishning barcha yillardagi qurilish-montaj ishlari xajmi, quvvatlar va asosiy fondlarni ishga tushirishning muddatlari, ularning smeta qiymatlari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Titul ro‘yxatlariga tasdiqlangan loyiha-smeta xujjatlariga ega bo‘lgan qurilishlar kiritiladi.
Titul ro‘yxatining shakli va tarkibi, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan murakkab qurilishlar haqidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Eng muhim va yirik qurilishlarning titul ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanadigan investitsion loyihalarda aks ettiriladi. U qurilishni loyihalashtirish va uning borishini nazorat qilish uchun muhim xujjat bo‘lib xuzmat qiladi.
Xo‘jalik amaliyotida boshqa xujjat, ya’ni buyurtmachi va bosh pudratchi o‘rtasida tuziladigan qurilish ichidagi titul ro‘yxati ham qo‘llanadi. Bu xujjatdan odatda quruvchilar foydalanadilar. Unda rejalashtirilayotgan (bashorat qilinayotgan) davrda bunyod etilishi kerak bo‘lgan barcha inshootlar sanab o‘tiladi, hat bir ob’ekt bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarishning o‘zgarishi ko‘rsatiladi, bu esa qurilish bosqichlari bo‘yicha xisob-kitob qilish uchun juda muhim. Bu ro‘yxatga loyiha-smeta xujjatlari bilan ta’minlanmagan ob’ektlarni kiritish mumkin emas.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish