1-Mavzu. Qurilishning respublika iqtisodiyotida tutgan o‘rni


Qurilishni boshqarishning zamonaviy tizimi va organlari



Download 1,35 Mb.
bet5/50
Sana24.02.2022
Hajmi1,35 Mb.
#189475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
qurilish iqtisod

3.Qurilishni boshqarishning zamonaviy tizimi va organlari
Tizim bu bir butunlikni tashkil qiladigan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning tartiblangan kompleksidir. Bunda tizim uning elementlarida bo‘lmagan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ma’lumki, qurilish bu tarkibida doimiy o‘zgarishlar va bir ish joyidan boshqasiga o‘tishlar bo‘lib turadigan dinamik ishlab chiqarish tizimidir. Qurilishning dasturiy masalalarini echish bilan bog‘liqlikda boruvchi bu o‘zgarishlarni hisobga olish va ularga to‘g‘ri munosabat bildirish boshqarish jarayonining tashkiliy mazmunini ifodalaydi.
Boshqa tarmoqlarda bo‘lganidek qurilishda ham boshqarish tizimi ishlab chiqarishning normal borishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha vazifalarni to‘lig‘icha amalga oshirgan holdagina tizim bo‘la oladi. Buning uchun u yoki bu vazifalarni bajarish yuklatiladigan bo‘limlar va ma’sul shaxslarga ma’lum vakolat xamda ma’sulyatlar berilishi kerak. Ba’zi bir vazifalarni unitish yoki to‘liq amalga oshirmaslik, ayniqsa, mas’uliyatsizlik boshqarishning tizim sifatida samaradorligining tushishiga olib keladi. Tizim boshqarish ob’ektiga samarali ta’sir ko‘rsata olishi uchun etarli boshqarish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak. SHu bilan birga sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat ko‘rsatishni ta’minlovchi boshqaruv tizimi moslashuvchanligini ta’minlash zarur.
Boshqarish tizimi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak.
1. Barcha vazifalarni to‘liq qamrab olish va ularning bosqichlar, bo‘limlar va vazifalar bo‘yicha optimal taqsimlanishi.
2. Boshqarishning har bir bosqichida har bir bo‘lim va ma’sul shaxsga ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun kerakli bo‘lgan vakolatlarni ajratish.
3. Vazifa yoki ma’suliyatli burchlarni bajarishni ta’minlash uchun qat’iy javobgarlikni o‘rnatish;
4. Boshqaruvchanlikni ta’minlash;
5. YAkkaboshlik va buyruq berishning ahamiyati va prinsiplariga rioya qilish;
6. Boshqaruv harajatlaridagi mutanosiblik, moslashuvchanlik, tejamkorlik.
Keltirilgan talablar ichida eng asosiysi-bu boshqaruv tizimi tejamkorligi va faoliyatchanligidir. Bu xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishni, xodimlarning minimal miqdori va boshqaruvning kam sarf-harajatlar bilan samarali boshqarishda namoyon bo‘ladi. Bunda boshqaruv xodimlari va harajatlarni xaddan tashqari oshirib yuborish ham, kamaytirib yuborish ham noto‘g‘ri bo‘ladi.
Boshqaruv tizimida uning tashkiliy asoslari, ya’ni bir-biriga bo‘ysunish va aloqadorlik vertikallari va gorizontalligini yaxshi tushunib olish kerak. Oldingi rejali iqtisodiyot sharoitlarida boshqaruv tizimi ittifoq, ittifoq-respublika va respublika ministrliklari va idoralari orqali amalga oshirilardi. «SSSR Davlat qurilish» qumitasi qurilish sohasida yagona ilmiy-texnik va iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi bosh organ edi.
SSSRning tarqalib ketishi va respublikalar, jumladan, O‘zbekistonning ham o‘z davlat mustaqilligiga erishishi va markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tilishi xalq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlar va boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu borada «Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni (06.05.2003 y., № Pf-3240), «Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (12.09.2003 y. № 395) aytib o‘tish zarur.
Bu hujjatlarga asoslangan ravishda «O‘zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (02.12.2003 y. № 538), va «O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi to‘g‘risida NIZOM» (Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 dekabrdagi 538-son qaroriga 4-ilova) qabul qilindi.
2018 yil 2 aprel, PF-5392-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev “QURILISH SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLAR” to’g’risida farmoniga binoan:
Arxitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishning muhim sharti hisoblanadi.
SHu bilan birga, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi sub’ektlarning innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi. Xususan:
birinchidan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirishning o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlari belgilanmagan;
ikkinchidan, arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini to‘liq kuzatib borishni ta’minlash, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti;
uchinchidan, arxitektura va qurilish organlari funksiyalarining tarqoqligi hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligini ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan, ko‘pchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma ob’ektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta o‘ylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab bo‘lmoqda;
beshinchidan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash e’tiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ob’ektlarni qurish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi;
ettinchidan, qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli investitsion loyihalarni, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari surish va amalga oshirishda, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklikdan foydalanishga etarlicha e’tibor berilmayapti;
sakkizinchidan, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali ro‘yobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy rag‘batlantirish darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib kelmoqda.
Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bazasida Vazirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi;
Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilinsin.
3. Quyidagilar:
qurilish sohasida tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash funksiyasini Vazirlikka o‘tkazgan holda Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi SHaharsozlik faoliyatini axborot bilan ta’minlash markazi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi tugatilsin.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish