1-mavzu: “qurilish iqtisodiyoti” fanining predmeti, maqsadi, mazmuni va vazifalari
Reja:
1.1. “Qurilish iqtisodiyoti”faninning maqsad va vazifalari.
1.2. “Qurilish iqtisodiyoti” fanining predmeti, ob’yekti va mazmuni. Fanning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi.
Tayanch iboralar: Iqtisodiyot. Xalq xo’jaligi. Xalq xo’jaligi tarmoqlari. Sanoat. Qishloq xo’jaligi. Qurilish. Fannning maqsad va vazifalari. Fanning predmeti. Fanning ob’yekti.
1.1. “Qurilish iqtisodiyoti”faninning maqsad va vazifalari
“Qurilish iqtisodiyoti” fanni o‘rganishdan asosiy maqsad – talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish iqtisodiyotini davlat investitsiya siyosati va qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish vazifalar bilan bog‘liq holda mutaxassislik profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
“Qurilish iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- qurilish tarmog‘ining milliy iqtisodiyot va jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishdagi tutgan o’rnini yoritish;
- qurilishni boshqarishning zamonaviy tizmini va investitsion-qurilish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini o’rganish;
- investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash bo’yicha hisoblar olib boorish uslublarini egallash;
- qurilish industriyasi resurs potensialini o‘rganish;
- qurilishda baho, foyda va rentabellik ko’rsatkichlarini hisoblash hamda ularning qurilish ishlab chiqarishiga ta’sirini o‘rganish;
- qurilish korxonalarida real vaziyatga baho berish va shu asosda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishni shakllantirish.
“Qurilish iqtisodiyoti” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- tarmoq va milliy iqtisodiyot rivojlanishning zamonaviy yo‘nalishlari va qonuniyatlari hamda ularni bozor munosabatiga o‘tkazish tamoyillari;
- investitsiya loyihalari va ularning iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishdagi o‘rni;
- investitsiya loyihalarini va qurilish ishlab chiqarishini amalga oshirishdagi ishtirokchilar va ularning majburiyatlari;
- moddiy ishlab chiqarish sohasi sifatidagi qurilishning ixtisoslashuvi hamda uning ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish funksiyalari;
- qurilish kompleksi va uning tarkibiy tuzilishi;
- qurilishning boshqa tarmoqlar bilan aloqasini hamda ushbu aloqalarning mamlakat iqtisodiy taraqqiyoriga ta’siri haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- qurilish industriyasi korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan hamda resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish;
- kapital qurilish va iqtisodiyotni boshqarishning turli bosqichlarida investitsiya siyosatini amalga oshirish bo’yicha qonuniy va me’yoriy hujjatlar;
- qurilishni tashkil etish va qurilish tashkilotlarining bir maromda ishlashida loyiha-smeta ishining ahamiyati;
- qurilish ob’yektlarining turli variantlari va investitsiya qo’yilmalarini o’zlashtirish bilan bog’liq ishlarni tashkil etish;
- qurilish va qurilish-montaj ishlarini olib boorish uslublari;
- qurilish tashkilotlarining samarali ishlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
- qurilish industriyasi xodimlari salohiyatini shakllantirishning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- qurilish korxonalari moliyaviy-xo’jalik faoliyatini boshqarish;
- qurilish korxonalarining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish va ularni boshqarish tizimini shakllantirish;
- qurilish korxonalarining turli zahiralarini izlash va ulardan foydalanish bo’yicha vazifalarni yechish yo’llari;
- qurilishda xarajatlarni kamaytirish va qurilish ishlab chiqarishining rentabelligini oshirish yo’llari;
- kapital qo’yilmalarni rejalashtirish va turli investitsion loyihalarni baholash hamda tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |