1-mavzu: “qurilish iqtisodiyoti” fanining predmeti, maqsadi, mazmuni va vazifalari Reja



Download 19,38 Kb.
bet3/3
Sana16.01.2022
Hajmi19,38 Kb.
#377289
1   2   3
Bog'liq
1 Mavzu “QURILISH IQTISODIYOTI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, MAZMUNI

Qurilish iqtisodiyoti – bu tarmoq fani bo’lib, u umumiy iqtisodiy qonunlarning kapital qurilishda namoyon bo’lishini tadqiq qiladi. Shuning uchun, bir tomondan, qurilish iqtisodiyoti moddiy qiymatliklarni ularning turli rivojlanish darajalarida ijtimoiy ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste’molning iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini o’rganuvchi ilmiy fanlar bilan chambarchas bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, u “Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va uning texnologiyasi”, “Qurilish konstruksiyalari”, “Qurilish materiallari”, “Poydevor va fundamentlar” kabi ishlab chiqarish omillarini o’rganuvchi maxsus ilmiy fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda, qurilish iqtisodiyoti – “Qurilishni moliyalash va kreditlash”, “Qurilishda mehnat iqtisodiyoti”, “Kapital qurilishni rejalashtirish” kabi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos.

Iqtisodiy bilimlar nazariyasi, shuningdek mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarida moliya va kredit, narxning shakllanishi, mehnat iqtisodiyoti, moddiy-texnik ta’minot, ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish va tashkil etishning rivojlanishini o’rganuvchi fanlarning funksional yo’nalishlari qurilish korxonalari iqtisodiy jarayonlarini o’rganishning ilmiy-metodik bazasi bo’lib xizmat qiladi.

Ilmiy fan sifatida qurilish iqtisodiyoti ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarini baholashga imkon beradi. Ilmiy-texnik taraqqiyot – texnika va mehnat qurollarining, qurilishning ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etishning to’xtovsiz takomillashishi, uning natijasi mehnat unumdorligining oshishi hisoblanadi.

Qurilish iqtisodiyoti – bu qurilish tarmog’ida ishlab chiqarish munosabatlari yig’indisi bo’lib, unga tarmoq uchun xos bo’lgan bozor tuzilmasini, mulkchilik shakllarini, qurilish tashkilotlari faoliyatini rejalashtirish va ushbu sohada davlat boshqaruvi va nazoratini shakllantirish jarayonlari kiradi.

Iqtisodiy tarmoq fani sifatida qurilish iqtisodiyoti qurilish tarmog’ida ishlab chiqarish munosabatlarining, ishlab chiqarish kuchlari bilan o’zaro aloqalar va o’zaro harakatlarning rivojlanish muammolarini o’rganadi. Iqtisodiyot kapital qurilishning rivojlanish qonuniyatlarini va samaradorligini o’rganadi, korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari doirasida kapital qo’yilmalar va qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirish masalalarini ko’rib chiqadi.

Qurilish iqtisodiyotining asosiy masalasi – bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish korxonalari faoliyatini baholash.

Qurilish iqtisodiyoti mehnat unumdorligining o’sishi, fond qaytimi, foyda, rentabellikning oshishi, ishlab chiqarish quvvatlarini ekspluatatsiyaga kiritish va o’zlashtirish, shuningdek loyihaviy texnik-iqisodiy ko’rsatkichlarga erishishning hal qiluvchi talablari sifatida qurilishda kapital qo’yilmalar va ilmiy-texnika taraqqiyotining iqtisodiy samaradorligini tadqiq qiladi. Qurilish iqtisodiyoti qurilishda loyihalash, vaqt omilini hisobga olgan xolda qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirish, ekologik va shaharsozlik talablari, ijtimoiy-iqtisodiy samara, shuningdek qurilish ob’yektlarining qiymatini pasaytirishning iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi. Qurilish iqtisodiyotining muhim sohasi – normativ bazani yaratish, ya’ni investitsion-qurilish jarayonining barcha bosqichlarida ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy nazorat qilish uchun o’zaro bog’langan (reja, ishlab chiqarish, smeta, hisob, statistik va b.) qiymatiy va natural normativlar tizimi.

Qurilish iqtisodiyoti fani bo’yicha keyingi masalalar – kapital qurilishning resurslari va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan asosiy ishlab chiqarish fondlarining rivojlanishi, ularni takror ishlab chiqarish, qurilish industriyasining aylanma vositalarining shakllanishi va ularni me’yorlashtirish, kadrlarni tayyorlash va ulardan foydalanish, mehnatga haq to’lash tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish-texnik komplektatsiyani tashkil etish, kapital qurilishda xo’jalik yuritish va rag’batlantirishning iqtisodiy usullari: ichki ishlab chiqarish xo’jalik hisob-kitobi; bozor institutlari (birjalar, banklar, fondlar); bozor iqtisodiyotida fan-texnika taraqqiyotining tezlashishidan kelib chiqqan xolda qurilish korxonalarini moliyalash va kreditlash, qurilish jarayonining ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro hisob-kitob tizimi masalalari.

Qurilish iqtisodiyoti qurilish ob’yektlarini loyihalash va qurilish-montaj ishlarini ishlab chiqarish jarayonida texnik yechimlarning samaradorligini aniqlash uchun uslubiy baza bo’lib xizmat qiladi.

Qurilish iqtisodiyoti ijtimoiy-siyosiy fanlarga taalluqli va iqtisodiyotning ushbu tarmog’ida jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarining harakatini ko’rib chiqadi.

Barcha xo’jalik kompleksini minimal xarajatlar bilan o’z vaqtida sifatli bino va inshootlar bilan ta’minlash – qurilish iqtisodiyotining tarmoq sifatida maqsadi.

Fan sifatida qurilish iqtisodiyotining predmeti bo’lib milliy iqtisodiyotning rivojlanishida qurilishning roli va o’rni, tarmoqning xo’jalik mexanizmini tahlil qilish, uni takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqish, ushbu sohada foydalanilayotgan texnika, mehnat qurollari, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini oshirish usullarini topish hisoblanadi.


Nazorat va muhokama uchun savollar

1. “Qurilish iqtisodiyoti” fanining o’rganish ob’yekti nima?

2. “Qurilish iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifalarini sanab bering.

3. Qurilish iqtisodiyoti ilmiy fan sifanida nima?

4. Qurilish iqtisodiyoti iqtisodiy tarmoq sifatida nima?

5. “Qurilish iqtisodiyoti” fanining predmeti nimadan iborat?



6. “Qurilish iqtisodiyoti” fani qaysi fanlar bilan o’zaro bog’langan?
Download 19,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish