Birgina birlashtiruvchi ohangning yo’qligi sodda gaplarning mustaqil bo’lishiga
Qo’shma gapni uyushiq kesimli sodda gapdan, sodda va qo’shma gap
orasidagi uyushgan gapdan farqlash lozim. Uyushiq kesimli sodda gap egasi bitta,
bitta umumiy predikativ markazga ega bo’lgan birdan ortiq kesimdan tashkil
topgan gap. Misollar: 1. Jamshid o’qir, yozar va chizar edi. 2. Do’kondorlar
do’konlarini ochib, mudrab o’tirishardi. 3. Qushlar tinimsiz chug’urlashar va
charx urishar edi. Uyushgan gap esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga, shuningdek,
bitta umumiy predikativ markazli birdan ortiq kesimga ega bo’lgan gap. Misollar:
1. Bahor kelar, dala ishlari qizib ketar edi. 2. Jamshid o’qir, Jahongir yozar, Isroil
esa chizar edi. 3. Do’kondorlar savdoga chorlab, attorlar esa mollarini maqtab
o’tirishardi.
Qo’shma gap esa har biri o’z predikatiga ega bo’lgan birdan ortiq
kesimdan tashkil topadi: 1
.Jamshid o’qirdi, Jahongir yozardi, Isroil esa chizardi.
Substantsial yondashuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli gap ham
qo’shma gap sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda shaxs-son, zamon, tasdiq-
inkor, modallik (kesimlik) ma’nolari birdan ortiq ifodalanadi. Bu esa semantik
nuqtai nazardan ularning har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi.
Qo’shma gap tarkibiga kiruvchi sodda gap orasida teng yoki tobe sintaktik
aloqa mavjud bo’ladi. Agar u teng bog’lovchi yordamida amalga oshirilgan bo’lsa,
tenglanish deyiladi: 1.O’g’lim keldi va to’yni boshlab yubordik. 2. Bahor keldi va
dala ishlari qizib ketdi. To’g’ri, bu gaplar orasida sabab-oqibat aloqasi mavjud va
ularni mazmunan tobe-hokim gaplarga kiritish mumkin. Biroq gaplarda mazmunan
tobelik, shaklan tenglik mavjud bo’lganda, formal yondashuv gaplarni teng
munosabatli qo’shma gap sifatida qaraydi. Shu boisdan bog’lovchili qo’shma gap
bog’lovchining tabiatiga ko’ra, bog’langan qo’shma gap va ergash gapli qo’shma
gapga ajraladi.
Sodda gapdagi tenglanish va tobelanish qo’shma gaplardagi tenglashish va
tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda qo’rinadi:
1) sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga keltiradi.
Aniqrog’i, teng aloqa uyushiq bo’laklarni o’zaro bog’laydi: 1.Yashil o’rmonlar va
qorli tog’lardan o’tdik. 2.
Javohir o’qir va yozar edi. So’z birikmalarini faqat tobe
aloqa vujudga keltiradi: kitobning varag’i, kitobni o’qimoq kabi. Qo’shma gapda
esa teng va tobe aloqa bitta lisoniy birlik – qo’shma gapning turli ko’rinishi uchun
xizmat qiladi.
Tobe va teng bog’lovchi vosita bir xil semantik munosabatni ifoda etishi
mumkin. Faqat ularda ushbu ma’no kuchli yoki kuchsizligi bilan farqlanadi: Bahor
keldi va dala ishlari qizib ketdi – Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib
ketdi. Har ikkala qo’shma gap a’zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati
mavjud. Gaplarning ikkinchisida u kuchli, birinchisida kuchsiz. Gaplarning
propozitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat va bog’lovchisi buni kuchsiz, shuning
uchun bog’lovchisi kuchli namoyon qilgan;
2) sodda gapdagi teng bog’lanish qo’shma gapdagi teng bog’lanishga nisbatan
mustaqil. Chunki sodda gapda teng bog’lanish uyushuvlik bilan «yo’ldosh». U
sodda gapni kengaytirish vazifasini bajarsa, qo’shma gapda tarkibiy qismlarni bir
yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi;
3) tenglanish va tobelanish aloqasi ifodalaydigan ma’noviy munosabati
jihatidan sodda va qo’shma gap farqlanadi. Sodda gapda bog’lovchisizlik, asosan,
tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo’laklarda yuz beradi. So’z
birikmasi
tarkibidagi
grammatik
vositali
tobelanishni
bog’lovchisizlik,
vositasizlikka almashtirib bo’lmaydi. Qo’shma gapda esa ergash gapli qo’shma
gap tarkibidagi sodda gaplarni ham, bog’langan qo’shma gap tarkibidagi sodda
gaplarni ham bog’lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa turi
bog’lovchisiz aloqadir.1.Botirlari kanal qazadi, shoirlari g’azal yozadi.
(H.Ol.)2.Bor boricha, yo’q holicha.3.Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming
qamchi. (Maqol) 4.Yuragida qanday dard bor – mana bu menga sir. (Oyb.)
Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibidagi sodda gap o’zaro tobe yoki teng
bog’lovchi vositasiz birikadi. Ammo bu gapda mazmuniy va intonatsion yaxlitlik
kuchayadi. Chunki bog’lovchi vosita, mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik
omili qo’shma gap tarkibida yaxlitlikni tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa,
boshqalari buning evaziga kuchayadi. Demak, bog’lovchisiz qo’shma gapda
bog’lovchi vositaning hissasi mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omili
zimmasiga yuklatiladi.
Ko’rinadiki, ikki yoki undan ortiq sodda gapning bir murakkab butunlikni
tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy va intonatsion muvofiqligi
natijasida yuz beradi. Qo’shma gapni tashkil etayotgan sodda gap ohang jihatidan
mutlaq tugallikka ega bo’lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy
yakunlangan bo’ladi. Bu nisbiylik mustaqil sodda gapdagi tugallanganlikdan
farqlanadi. Qo’shma gap tarkibida birikayotgan bir sodda gapning modal sifatlari
ikkinchisiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Natijada yangi modal ma’no vujudga
keladi.
Qo‘shma gap tuzish uchun, birinchidan, kamida ikkita sodda gap bo‘lishi,
ikkinchidan, bu sodda gaplar mazmunan munosabatga kirishgan bo‘lishi kerak.
Hamal kirdi – amal kirdi (maqol)
Sen kelmasang bo‘lmaydi bahor. (H.O)
Demak, qo‘shma gaplar mazmunan mos kelmaydigan har qanday
gaplarning yonma-yon qo‘yilishidan yuzaga kelmaydi. Havo qirq daraja issiq,
qo‘ylar sovuqdan qirilmoqda. Bu yil yomg‘ir mo‘l yoqqanligi uchun, ekinlar qurib
ketdi, deb bo‘lmaydi, albatta.
Uchinchidan, qo‘shma gaplar birdan ortiq sodda gaplarning ma’lum
Do'stlaringiz bilan baham: