4. Bilamanki, sodda barmoqlaring tilla uzuk taqmagan. (Uyg’.) 5. Majlisda
qo’shma gapligini ta’minlovchi muhim asoslardan biri. Kesimlarning birdan
ortiqligidan tashqari, har bir qo’shma gapda ifodalanayotgan birdan ortiq fikr,
axborotning o’zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqozo etuvchilik hamda
intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalarning qo’shma gapligini
ta’minlaydi.
Kommunikativ nuqtai nazardan sodda gap bir fikrni, axborotni uzatish
vazifasini bajarsa, qo’shma gapda birdan ortiq hukm o’z ifodasini topgan bo’ladi.
Shuningdek, bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo’shma gapda
qaysidir darajada bo’rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men shu ondayoq
jo’nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o’zaro bog’liq bo’lib, gaplarning
biri ikkinchisini taqozo etadi. Bu jihatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq
ketdim gapidan ajralib turadi.
Demak, qo’shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish
uchun mo’ljallangan nisbiy mustaqil sodda gapning grammatik, semantik,
intonatsion va kommunikativ jihatdan yaxlitlangan butunligidir.
Qo’shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan nisbatan
mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvalo, bu – grammatik va intonatsion
nomustaqillik. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasiga
ergash gapli qo’shma gap tusini bergan jihat mazmuniy va grammatik taqozo etish
va birdan ortiq axborot mavjudligi. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi
mazmun uchun sabab maqomida. Biroq bunday mazmuniy zich bog’lanishsiz ham
qo’shma gap hosil bo’lishi mumkin. Osmonda turnalarning «qurey-qurey»i
eshitilardi, uzoqlardan cho’ponlarning hay-haylagani quloqqa chalinardi.
Ikkinchidan, shuning uchun bog’lovchisi qo’shma gap a’zolarini grammatik
jihatdan zich munosabatga kiritgan (Biroq bu bog’lovchisiz ham qo’shma gap hosil
qilish mumkin: Bahor keldi, dala ishlari qizib ketdi.) Ammo sodda gaplar
orasidagi intonatsion uzilish qo’shma gapni sodda gapga parchalab yuborishi
mumkin: Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi – Bahor keldi.
Shuning uchun dala ishlari qizib ketdi.
Demak, ma’lum bo’ladiki, qo’shma gap tarkibidagi sodda gapning o’zaro
zichlashuvi mazmun, grammatik shakl va intonatsiya nuqtai nazaridan bo’ladi.
Ammo bu omillar darajali ziddiyatda turadi:
intonatsiya – grammatik shakl – mazmun
Chunki mazmuniy bog’liqlik va grammatik shakl mavjud bo’lsa ham,
birlashtiruvchi intonatsiya bo’lmasa, ayrim gaplar qo’shma gapni tashkil eta
olmaydi. Ammo mazmuniy bog’liqlik va grammatik aloqa bo’lmasa ham,
intonatsiya asosida qo’shma gap hosil qilish mumkin (bog’lovchisiz qo’shma gap).
Sodda gaplar asosida ajratuvchi pauza bo’lganda, qo’shma gapning yaxlitligiga
putur yetadi. Masalan, Men sen bilan bormoqchi edim. Biroq sen qarshilik
Do'stlaringiz bilan baham: