1-mavzu: Qo‘shma gap. Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot. Komponent (qism)larning birikish usuliga ko‘ra qo‘shma gap turlari: bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan (ergash gapli) qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap



Download 106,64 Kb.
bet12/21
Sana26.01.2023
Hajmi106,64 Kb.
#902905
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
ona tili shippi

Aniqlovchi ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
–ki: Shunday odam haqida habar keltirdimki, uning har bir so‘zi gavhardir. (O.)
–sa,:Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi. (Maqol)
Ergash gap –ki yordamida bosh gap bilan biriksa, boo‘ gap birinchi, ergash gap ikkinchi o‘rinda keladi va bog‘lovchi bosh gap tarkibida bo‘ladi. Agar ergash gap –sa elementi bilan bosh gap biriksa, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi, bog‘lovchi ergash gapni kesimi tarkibida bo‘ladi.
Bosh gapdagi ish-harakatning yoki voqelikning qay tarzda, qanday vaziyatda yuz berishini anglatadigan ergash gap ravish ergash gap deyiladi. Masalan:
Umaralining rangi oqarib, a’zoyi badani yonib, bolig‘ini chaqmoq yoqib o‘tganday bo‘ldi. (O.) gapida ravish ergash gaplar (Umaralining rangi oqarib, a’zoyi badani yonib) bosh gapdagi (keyingi gap) voqelikni qanday holatda, vaziyatda yuz berganini anglatgan.
Ravish ergash gap bosh gapga ravishdoshning quyidagi shakllari bilan tushadi:
–b, (-b): Qorni ochib, kuchi qochib, keladi bo‘ri.

  1. –may: Tomog‘ingdan o‘tmay bir qultum ham suv,saharlarda nola qilasan. (U.)

  2. –mas=dan:Naimiyning biror ishi o‘ngidan kelmasdan, biror maqsadi yuzaga chiqmasdan, umri o‘tib ketadi. (As.M.)

  3. –gudek:Onaxon ikki tirsagini keng yoyib stolning chetini barmoqlari bilan bosgudek, malham ushladi. (As. M.)

  4. ganicha: Ma’ruzasi o‘zi o‘ylab quyganicha, u qadar silliq va qulay chiqmadi. (O.)

  5. Holda shakli bilan: Umidlar bilan ko‘ksi qabargan holda, u lablarida bir qo‘shiqni shivirlab, xo‘jayinnikiga ketdi. (O.)

  6. deb yordamchisi bilan:CHol unga qarayman deb qo‘lidagi choynakni tushirib yubordi. (A.Q.)

Ravish ergash gap ko‘pincha bosh gapdan oldin keladi, bog‘lovchi vosita ravish ergash gap tarkibida bo‘ladi. Bosh gap ergash gapning kesimi bilan aloqaga kirishadi. Ba’zan turli xil sabablar natijasida bosh gapdan keyin yoki uining o‘rtasida ham keladi:
Oyimlar o‘tirar kokilin osib, Mushki anbar hidi har yonni bosib.(F.)
Sultona, rangi oqarib, kasalxona karavatida yotar edi.
Saida bir lahza nafasi ichiga tushib, noqulay ahvolda qoldi. (A.M.)
Ravishdosh oborot grammatik shakllanishi, intonatsiyadagi nisbiy mustaqilligi eihatidan ravish ergash gaplarga o‘xshaydi.Biroq ravishdosh oborot o‘ziningmustaqil ega va kesimiga ega emasligi ya’ni predikativ qo‘shilma emasligi bilan ravish ergash gapdan farqlanib turadi. Masalan:
Saida ko‘nglimdagi bir g‘ashlik ikki bo‘lib Qalandarov bilan munosabati va tajribasizligi tufayli ne-ne ko‘ngilsiz o‘y-hayollarga borib, kolxozga jo‘nadi. (A.)
Gapida: 1) ko‘nglidagi bir g‘ashlik ikki bo‘lib, 2) ne-ne ko‘ngilsiz hayollarga borib, qo‘shilmalari tashqi yog‘idan farqsizday ko‘rinsa ham, ularning birinchisi ravish ergash gap (bir g‘ashlik – ega, ikki bo‘lib – kesim), ikkinchisi ravishdosh oboroti.
Bosh gapdagi voqea yoki hodisaning xajmini, miqdorini o‘lchash, darajalar ko‘rsatish, chegaralash uchun xizmat qiladigan gaplar miqdor-daraja ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Masalan, Mehnati qancha qiyin bo‘lsa, samarasi shuncha shirin bo‘ladi. Gapida birinchi gap (ergash gap) ikkinchi gapning mazmunini hajm-miqdor jihatidan darajalab ko‘rsatgan.

Download 106,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish