1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Download 450,02 Kb.
bet22/67
Sana07.04.2022
Hajmi450,02 Kb.
#534038
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
Bog'liq
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Nazorat savollar:
1.MTTda konfliktli holatlar va ularni hal etishda tarbiyachining o’rni haqida ayting.
2.Muloqotning shaxs hayotidagi o’rni haqida nimalar bilasiz?
3.Muloqotning vositalari, tuzilishi shakllarini ayting.

16-mavzu: Faoliyat. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik xususiyatlari
Reja:
1.Faoliyat haqida umumiy tushuncha.
2.O`yin, ta’lim, mehnat faoliyatlari va ularning psixologik mohiyati. 3.Mehnatning ijtimoiy mohiyati, turlari, tarbiyachilik kasbiga hos ijod va ilhomlanish.
Tayanch tushunchalar:Ko`nikma, malaka, odatlar haqida tushuncha. Bolalarda ehtiyoj va qiziqishlarning paydo bo’lishi, kechishi va qondirilishi.
Faoliyatning psixologik tahlili
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z- o‘zini anglab, har bir harakatni muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos eng muhim va umumiy xususiyat — bu uning faolligidir. Faollik (lotincha aktus — harakat, faolus — faol) shaxsning ha- yotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntirib beruvchi kategoriya bo‘lib, bu o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amal­ga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o‘z-o‘zini anglash muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi bilan bog‘liq sifatlari orqali bayon etiladi.
Inson faolligining 2 turi mavjud:

  1. tashqi faollik — bu tashqaridan o‘z istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik;

  2. ichki faollik — bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (modda almashinuvi, qon aylanishi, nafas olish, bosim o‘zgarishlari) ham­da ikkinchi tomondan bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga oladi.

Ikkala faollik turi ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqalib, shaxs aynan turli faolliklar jara­yonida shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ravishda boshqarifadigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deyiladi. Faoliyat-inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli- tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir.
Odam ma’lum faoliyatda bo‘lar ekan, u har doim qat’iy bir maqsad asosida harakat qiladi. Inson faoliyatining o‘ziga xosligi uning har doim ma’lum maqsadga qaratilganligidir.
Faoliyat bilish va irodaga asoslanadi hamda bu jarayonlarsiz yuzaga kela olmaydi. Bundan tashqari faoliyatni anglash hamma vaqt maqsadni anglash bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad bo‘lmagan yerda faoliyat ham bo‘lmaydi. Impulsiv harakatlar shaxsning maqsadsiz individual mayllari tufayli yuzaga keladi. Shu sababli impulsiv harakatlar ko‘pincha egoistik, ya’ni g‘ayri ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, haddan tashqari g‘azablangan yoki nihoyatda kuchli ehtirosga uchragan odam impulsiv harakat qiladi. Lekin bundan impulsiv harakatlarda ong mutlaqo ishtirok qilmaydi, degan ma’no kelib chiqmaydi. Impulsiv harakatlarda ham ma’lum darajada ong ishtirok qila­di. Bunda faqat shaxsiy motivlargina anglanadi.

Download 450,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish