17- MAVZU: IRODA HAQIDA TUSHUNCHA
REJA:
Iroda haqida tushuncha
Irodaning nerv fiziologik asoslari
Shaxsning irodaviy sifatlari
Iroda borasidagi nazariyalar
Faoliyatni ma’lum yo‘nalishda tashkil qilish, muammolarni yechish uchun bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayoni- dagi qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordamida amalga oshi- riladi. Odatda, ixtiyorsiz harakatlar anglangan yoki anglanmagan istak, xohish, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki- si ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Ular impulsiv (lot. impulses – ix- tiyorsiz qo‘zg‘alish) xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan, re- jalashtirilmagan bo‘ladi. Masalan, bolalar bir-birini turtib biri yiqilib tushdi, tarbiyachi ularga beixtiyor baqirib yubordi-yu keyin o‘zi afsuslandi. Bunday harakatlar kutilmaganda bexos- dan bo‘lgan refleksiv harakatlar deyiladi. Kishining hamma ta’sirlanishilari reflektor xarakterga ega bo‘ladi. Lekin yuqori- da tasvirlangan harakatlarlar ongning nazoratisiz yoki uning yetarli ishtirokisiz maxsus niyatni ko‘zlamay amalga oshiril- gan bo‘ladi va shu sababli ixtiyorsiz harakatlar yoki ataylab qi- linmagan harakatlar deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p od- diy harakatlarni amalga oshiradiki ular batamom ongli ravishda maqsadni ko‘zlab bajariladi. Bunday harakatlar ixtiyoriy yoki ataylab qilingan harakatlar deyiladi. Ularning atalishining o‘zi bu harakatlarda irodaning ishtirok etishini ko‘rsatadi.
Ongli ravishda amalga oshiriladigan va maqsadni ko‘zda tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb ata- ladi. Kishi suv ichgisi kelib stakanga qo‘l uzatdi va unga suv quyib ichdi. Bu garchi bajarish qiyin bo‘lsa ham aniq maqsad- ga qaratiladi shu sababali irodaviy harakatdir. Har bir kishi- ning qandaydir qiyinchiliklarni, qo‘yilgan maqsad yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlarni yengishi, lozim bo‘ladigan harakat- larni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Bu harakat chinakam irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ongning ishlashi bilan bog‘liq shaxsiy faollik namoyon bo‘ladi. Kishining o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun ichki va tashqi to‘siqlarni yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayon iroda deb ata- ladi. Kishi yengadigan tashqi to‘siqlar deganda ishning o‘ziga xos qiyinchiliklari, uning murakkabligi, har xil xalal berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko‘rsatishi, ishning og‘ir sharoit- lari va shu kabilar tushuniladi.
Ichki to‘siqlar kishi o‘zini ishlashga, charchoqni, bajari- lishi kerak vazifasiga aloqasi bo‘lmagan boshqa biror narsa bi- lan shug‘ullanish istagini yengishga majbur qilish, qiyin vaqtda belgilangan narsani bajarishga xalal beradigan shaxsiy mayl- lardir. Ichki to‘siqlarga zararli odatlar, mayllar, istaklar kira- di. «Iroda» termini deganda shaxsning qiyinchiliklarni yen- gib aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilish qobiliyati tushuniladi. Zo‘r iroda bu biror narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas balki zarur bo‘lib qolganda o‘zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir. Iroda shunchaki istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to‘xtatilishi, ayni vaqtda undan voz kechish hamdir.
Kishi hayotida irodaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Iro- da oddiy kundalik hayotda, ayniqsa, katta qiyinchiliklarni yen- gishga to‘g‘ri keladigan qiyin paytlarda zarur bo‘ladi. Irodaning o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi xatti-harakatida ko‘rinadi. O‘ziga mahliyo qiluvchi maqsadga erishish yo‘lida xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyatsiz- lik bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyila- di. Tavakkalchilikda yutuq bilan yo‘qotish uyg‘unlashib keladi, yutuq quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy va ma’naviy yo‘qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, insonlar tavakkal qilish harakatidan voz kechmaydilar. Tavak- kalchilik harakatining ikki sababi farqlanadi:
1) yutuqqa umidvorlik hissi, ya’ni ehtimol tutilgan mag‘lubi- yat oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonch;
2) xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilish yoki «ta- vakkalchining tavakkalchiligidir». Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr degan asbobda o‘lchash mumkin.
Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tur- sin kundalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham ud- dasidan chiqa olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar, boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xu- susiyatlarni yengish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuch- sizligining patalogiyasi mavjud bo‘lib u abuliya (yunon. abuli- ya – qat’iyatsizlik) miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatda intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, amal- ga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan hol- da shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Apraksiya
– (yunon. apraxiya – harakatsizlik) miya tuzilishining shikast- lanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqli- gining murakkab buzilishidir. Abuliya va apraksiya psixikasi xasta insonlarga xos noyob fenomenal psixopatologik hodisadir.
Irodaning nerv-fiziologik asoslari
I.M. Sechenovning so‘zlari bilan aytganda har qanday xatti- harakatning dastlabki sababi tashqi hissiy qo‘zg‘alishdir. Keyin- chalik hayot tajribasi asosida ko‘pgina xatti-harakatlar bevosita hissiy qo‘zgalmasdan unga qarama-qarshi tarzda amalga oshi- riladi. Tashqi qo‘zgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bo‘lsa burch haqi- dagi yoki ish bajarilmay qoladigan bo‘lsa ro‘y beradigan noqu- lay oqibatlar haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun o‘tiradi. Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya po‘stlog‘ida avval- gi tajriba natijsida ilgari hosil bo‘lgan nerv aloqalarining ik- kinchi signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat payti- ga kelib qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televizordagi ko‘rsatuv qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki ishlashga majbur qiladi.
Qo‘zgatuvchi vosita – so‘z irodaviy harakatda alohida o‘rin egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal bo‘lishi mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ich- ki talabi, mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda ular javob tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi bo‘ladilar. Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan ki- shi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatla- rimizni boshqarib turadigan miya hujayralari katta yarimshar- lar po‘stlog‘idagi boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan bo‘ladi. Har qanday boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish ki- ritmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlarini va ishlarini boshqarishga qodir bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara oladi. Bunga sabab: miya hujayralari bir tomondan gavda mus- kullariga impulslar yuborib turadi, ikkinchi tomondan harakat a’zolaridan amalga oshirilgan ish to‘grisida qaytish signallarini olib turadi. Miya po‘stlog‘ida shu axborotlar qayta ishlanadi va u yerdan harakatga kiritilishi lozim tuzatishlar haqida yana sig- nallar keladi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish ja- rayonlari ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu jarayonlar haddan tashqari qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holat- dagi) bostirib turadi va vazminlik, o‘zini tuta bilish, chidam, harakatlar izchilligi va hokazolarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Iroda katta yarimsharlar po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘i osti ishini boshqarib turish qobiliyatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti kishi organizmidagi ko‘pgina qo‘zgatuvchi jarayonlarning (instinktlar, mayllar va h.k.) man- bai hisoblanadi.
Irodaviy sifatlar, tuzilishi va talqini
Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amal- ga oshirar ekan, o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan va hayoti hamda mehnati uchun juda katta ahamiyatga ega sifat- larni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlarining us- tunlik qilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqim-siz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda ularni to‘xtatib qolishda, yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi.
1. Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik, sabot-matonat, mustaqillik kiradi:
Qat’iylik ortiqcha ikkilanmasdan o‘z vaqtida qat’iy qaror- lar qabul qila bilishdir. Bu o‘ylab ko‘rilmagan, shoshilinch qabul qilingan harakatlarda emas, yetarli darajada chama- lab ko‘rilgan asoslangan xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi. Qat’iy kishi boshqacha emas, ayni shunday ish qilishi kerakli- giga chuqur ishonadi. Qat’iylik ko‘rsata bilish, dadil, ikkilan- may talab qilish o‘qituvchining muhim fazilatidir.
Dadillik – kishining dovdirab qolish tuyg‘usini yengish qobil- iyatidir. U faqat kishi hayoti uchun xavfli paytlardagi harakatlar- dagina namoyon bo‘lib qolmaydi, dadil kishi murakkab ishdan, katta mas’uliyatdan cho‘chimaydi. Dadillik ahvolga oqilona sog‘lom munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Ba’zan kishining xayoli unga haqiqatda yo‘q holatdan darak berishi mumkin. Iroda kuchi bilan qo‘rquvni yengadi va zarur deb hisoblagan narsasini bajaradi. Dadillikni kishining mardlik ko‘rsatmoqchi bo‘lib xavf-xatarli ishga qadam qo‘yishi bilan aralashtirmaslik kerak. Bunday kishilarni irodali kishilar deb bo‘lmaydi.
Sabot-matonat – bunga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li qanchalik uzoq va qiyin bo‘lmasin, ularga erisha bilishdan ibo- rat. Sabot-matonat tashqi va ichki to‘siqlarni yengishda namoyon bo‘ladi. Irodali kishi o‘z kuchlarini zo‘r berib sarflashga qobili- yatli bo‘ladi. I.P.Pavlov aytib o‘tganidek, u o‘z ishini davom et- tirish istagini orttiradi, xolos. Sabot-matonat pedagoglik ishi- da o‘zining arzimagan manmanlik tuyg‘usi tufayli xato qarordan bosh tortishga qobiliyatli bo‘lmagan vaqtidagi o‘jarlik bilan aynan bir narsa deb bo‘lmaydi. O‘jarlik shaxsning salbiy xususiyat- idir. Mustaqillik kishining boshqalar ta’siriga berilmasdan qa- ror qabul qilish va belgilangan harakatni bajarish qobiliyatidir. Ana shu irodaviy sifati bilan ajralib turmaydigan kishilar odat- da o‘z yo‘llarida uchragan qiyinchiliklar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Bunday zaiflikka ko‘pincha maktab yoshidagi tar- biyaning xususiyatlari sabab bo‘ladiki, bolaga mustaqil ishlash malakasini o‘rgatishmagan va unda o‘z harakatlari, ishlari uchun
mas’uliyatdan qochishga intilish avj olgan bo‘ladi. Irodali ki- shi ta’sirga beriluvchanlik kabi salbiy sifatga ega bo‘lmaydi. Bun- day sifat mavjud bo‘lganda kishilar o‘z fikrlaridan juda oson- lik bilan qaytadilar, boshqalarga bo‘ysunib qoladilar. Chinakam mustaqillik bilan negativizm (lot. negatiwus – salbiy), ya’ni qan- day qilib bo‘lsa ham tashqaridan bo‘ladigan ta’sirga qarshilik ko‘rsatishga intilish o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q. Agar ta’sirga beriluvchanlik kishini o‘zining niyatlar va e’tiqodlariga muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlarga undasa uni boshqalar- ga qarama-qarshi o‘laroq nomaqbul harakatlar qilishga undaydi. Ta’sirga beriluvchanlik va iroda kuchining belgilari emas, balki uning zaifligiga oid belgilardir. Ko‘pgina yomon odatlar irodasi zaif kishilarda aynan mustaqillikning yetishmasligi tufayli ta’sirga berilishga va taqlid qilishga moyil kishilarda bo‘ladi. Harakatni mustaqil bajarish o‘z kuchiga ishonch hosil qilishda yordam be- radi, bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir.
2. Noma’qul psixik jarayonlar va harakatlarning tormoz- lanishi bilan bog‘liq iroda sifatlariga chidam, bardoshlilik, sabr- toqat, intizomlilik va uyushqoqlik kiradi. Chidam yoki o‘zini tu- ta bilish bu kishining o‘z-o‘zini boshqara olishidir. U o‘zining xulq-atvori ustidan to‘liq nazorat qilish xususiyatini saqlab qolar ekan o‘zidagi yomon niyatlarni, ixtiyorsiz harakatlarni, affekt- larni, g‘azablanishni, qo‘rquvni yengadi. Chidamning ma- vjudligi kishini o‘z-o‘ziga tanqidiy qarashga o‘rgatadi, oqilio- na bo‘lmagan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga yordam beradi. Chidam, o‘zini tuta bilish o‘qituvchi uchun juda zarur. Bola- larning xulq-atvori ularning o‘quv ma’lumotlarini tushunmasligi ko‘pincha o‘qituvchining jahlini chiqaradi va vujudga kelgan vaziyat talab qiladigan darajada yo‘l tutish uchun zo‘r chidam zarur bo‘ladi. O‘zini tuta bilish o‘qituvchiga qattiq jahli chiqish- dan o‘zini tiyishga, xijolatni, sarosimalikni bosishga yordam be- radi. Bardoshlilik va sabr-toqat singari irodaviy sifatlar ham o‘zini tuta bilishga yaqin turadi. Bunda kishi azob va qiyinchi- lik chekishni yenga olishga qodir bo‘ladi. Irodali kishi qi- yinchiliklarga qaramay o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish- ga intiladi. Shaxsning barcha irodaviy sifatlarini, qo‘zg‘alish yoki tormozlanish jarayonining ustunligiga qarab, guruhlarga bo‘lish mumkin. Ba’zan kishi bir xil harakatlarni cheklab boshqalar borasida faollik ko‘rsatadi. Intizomlilik va uyushqoq- lik singari iroda sifatlari ana shu tomonlari bilan farq qiladi. Intizom avvalo jamoa talablariga bo‘ysunishdan iborat bo‘ladi. Uyushqoqlik kishi o‘zini, kerak bo‘lsa boshqalardan ham sa- marali ishlashga majbur qila oladi. Tartibsizlik, o‘z vazifalari- ga befarq bo‘lish kabilar intizomsizlik va uyushmaganlik- ning ko‘rinishlari bo‘lib, ular iroda kuchining yetishmasligini bildiradi. Intizomsiz kishi boshqalarning ishiga ham muvaffa- qiyatli rahbarlik qila olmaydi. Batartiblik, aniqlik, puxtalik har sohada namoyon bo‘ladi, ular kundalik xulq-atvorda va hatto mayda-chuyda bo‘lib ko‘ringan narsalarda ham seziladi.
Irodani tarbiyalashda mashq va treninglar
Har bir kishi irodani tarbiyalash ustida ishlashi zarur. Bar- cha atoqli kishilar buni tushungan holda, yoshlik yillaridanoq irodani mustahkamlash ustida ko‘p ishlaganlar.
Kunlar va soatlar bo‘yicha mashg‘ulotlar, o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini tuzib chiqish, xulq-atvor qoidalarini belgi- lab olish va ularning bajarilishini nazorat qilish kabilar irodani mustahkamlashga yordam beradi. 19 yoshli L.N. Tolstoy ham o‘ziga «irodani rivojlantirish uchun qoidalar» tuzib olgan ekan, u bu qoidalarga butun hayoti davomida amal qiladigan kun tartibini va ovqatlar ratsionini ham kiritgan edi. Irodani tarbi- yalashda atrofdagilarning fikri, ularning kishi xulq-atvoriga ijo- biy ta’siri yordam beradi. Kundalik mehnat shu jumladan o‘qish faoliyati ham irodani mustahkamlash uchun yaxshi maktab bo‘lishi mumkin. Agar ishda yoki o‘qishda ko‘p qiyinchiliklar mavjud bo‘lsa, ularni yengish irodaviy sifatlarni tarbiyalashning vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Irodani tarbiyalash uchun o‘z ustida muntazam ish olib bo- rish kerak, bu ishni iloji boricha erta boshlash zarur. Shaxs- ning irodaviy sifatlari irodaviy faoliyatda tarkib topishini unut- maslik kerak. Shuning uchun ham mehnat hamisha irodani mustahkamlashning vositasi bo‘lib kelgan. Har bir ishni oxiri- ga yetkazish o‘z harakatlarini puxna o‘ylab bajarishga erishish juda muhimdir.
Irodani tarbiyalash kishi o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadga ham bog‘liqdir, bu maqsadni anglash irodani chiniqtirishga yordam beradi. Kishi o‘zini qat’iy nazorat qilishi, o‘z ishini va xulq- atvorini nazorat qilish odatini o‘zi tarbiyalamog‘i kerak. O‘z irodasini o‘z kamchiliklarini yengish bilan chiniqtirishi kerak. Bu sohadagi har bir muvaffaqiyat kishining o‘ziga ishonchini oshiradi, uni yanada irodaliroq qiladi. Bunda to‘g‘ri hayot ke- chirish, kun tartibi, nerv sistemasini umumiy mustahkamlash, o‘zining iroda kuchini doimiy mashq qildirib borishdan ibo- rat jismoniy va psixik chiniqish yordam beradi. Irodani mus- tahkamlash va chiniqtirishda treninglarning muhim o‘rni bor.
Mumkin emas. Guruh ikkiga bo‘linadi. 1-guruh o‘z istak-xo- hishlarini bayon qiladi, 2-guruh bunga rad javobini berishi ke- rak. 10 daqiqadan so‘ng guruhlar o‘rin almashadi. Masalan,
«Men bugun diskotekaga bormoqchi edim». Javob: «Yo‘q, mum- kin emas, kech bo‘lib qoldi». O‘yindan so‘ng xohishlarni rad qi- lish uchun qo‘llanilgan dalillar, sabablar va mazmunlar tahlil qilinadi. Boshlovchi quyidagi xulosaga keladi: «Asosli va asos- siz rad etishlar bor. Ko‘pincha sizga ba’zi ta’qiqlar asossizdek tuyilishi mumkin, biroq ularda ham maqsad, mazmun borligi- ni inkor eta olmaymiz. Agar biz istagimiz nega rad etilayotganli- gini anglasak, bunga ko‘nishimiz oson bo‘ladi. Ba’zan qilayotgan xatti-harakatlarimiz, istagimiz noo‘rin ekanligini ham anglab turamiz. Bunday holda tushunishimiz qiyin kechinmalarni his qilamiz».
«Men kimman?» Yo‘riqnoma: hozir har biringiz bir varaq oq qog‘ozga quyidagilarni yozishingiz kerak. O‘zingizga 20 marta «Men kimman?» deb savol berasiz va har bir savolga javob yoza- siz. Mashqlar natijasiga ko‘ra inson ichki dunyosi naqadar boyli- gi va qarama-qarshiliklarga egaligi haqida xulosa chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |