25-MAVZU:BOLA SHAXSINI RIVOJLANISH MUAMMOSI
Bola jismoniy taraqqiyotining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrini qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yoshida psixik rivoj- lanishda ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davr mobaynida bola shaxsini belgilab beruvchi xususiyatlar shakllanadi. Bola- ning shaxs sifatida shakllanish nuqtayi nazaridan qaraganda maktabgacha yoshdagi davrini uch bosqichga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich – 3–4 yoshni o‘z ichiga oladi va ushbu bosqich bolada emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi bosqich – 4–5 yoshgacha bo‘lgan davr asosan ax- loqiy jihatdan o‘zini-o‘zi boshqarishi kuchayadi.
Uchinchi bosqich – 6–7 yoshni qamrab olib bolada ishbi- larmonlik, o‘z-o‘zini anglash, shaxs xususiyatlarining shaklla- nishi bilan xarakterlanadi.
Bu davrlashtirish jihatidan qaralganda birinchi va ikkinchi bosqichlar kichik va o‘rta bog‘cha yoshiga, 3-bosqich esa katta bog‘cha yoshiga to‘g‘ri keladi.
Bola shaxsining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sha- roitlar. Bola rivojlanib borar ekan yangi psixik sifatlarni va xulq-atvor ko‘rinishlarini o‘zlashtiradi. Shu tariqa u shaxsga, jamiyatning kichik bir a’zosiga aylanadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola butunlay shakllanib ulgurmagan va keyinchalik kamol topishga qodir bo‘lgan shaxs hisoblanadi, lekin bunga qaramay bolada nisbatan barqaror ichki dunyo shakllanadi-ki, u bolani ilk bora shaxs deb atashga asos bo‘la oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish sharoitlari avvalgi yosh bosqichidan jiddiy farq qiladi. Kattalar tomonidan bolaning xulqiga bo‘lgan talablar sezilarli darajada oshadi. Jamiyatda barcha uchun majburiy bo‘lgan axloq qoidalariga, ijtimoiy odob normalariga amal qilish asosiy talabga aylanadi. Atrof-muhitni bilish imkoniyatlarining o‘sishi, bolani yaqinlari tashkil qilgan tor doiradan olib chiqadi va o‘zaro munosabat- lar shaklini ilk bora o‘zlashtira boshlaydi. Bola o‘zaro munosa- batlar shaklini ilk bora kattalarning ta’lim, mehnat kabi asosiy faoliyati turlarida o‘zlashtirib boradi. Bola tengdoshlari bilan birga o‘ynaydi, o‘z harakatlarini tengdoshlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirishni, o‘rtoqlarining qiziqishlari va fikrlari bilan hisoblashishni faoliyat jarayonida o‘rganadi. Maktabgacha bo‘lgan bolalik davri davomida bola harakatlarida o‘zgarishlar va qiyinchiliklar ro‘y beradi. Ular bolaning idroki, fikrlashini, xotirasinigina emas, o‘zining xulqini yo‘lga qo‘yishini ham ta- lab qiladi. Shaxslararo munosabatlardagi axloq-odob namuna- larini o‘zlashtirish kattalar ta’siri ostida boshqariladi. Bu katta- larning bola shaxsini shakllanishiga ko‘rsatgan asosiy ta’siridir. Bola shaxsining rivojlanishi ikki jihatni o‘z ichiga oladi.
Ulardan biri bolani atrof-muhitni asta-sekin anglab borishini va unda o‘z o‘rnini his qilishini bildiradi. Bular sababli bola xulqi- da o‘zgarishlar ro‘y beradi va ular ta’siri ostida bola u yoki bu harakatlarni sodir qiladi. Boshqa jihat esa his-tuyg‘u va irodani rivojlanishini taqozo etadi. Ular yuqorida aytilgan o‘zgarishlar ta’sirini, xulq-atvorni mustahkamligini, uning tashqi sharoitlar- ga bog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi. Bolalar uchun odob na- munasi sifatida kattalarni o‘zi avvalo ularning harakatlari, o‘zaro munosabatlari xizmat qiladi. Bola atrofidagi yaqin insonlarning xulqi unga bevosita jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U ularga taqlid qi- lishga, odatlarini o‘xshatishga, odamlarga, hodisalarga, narsa- larga bo‘lgan fikrlarini o‘zlashtirishga moyildir. Lekin yaqinlari bilan ish cheklanib qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola katta- lar hayoti bilan har xil yo‘llar orqali tanishadi: ularning mehnati- ni kuzatadi, hikoya, she’r va ertaklarni tinglaydi. Boshqalarning mehr, hurmat va maqtovlariga sazovor bo‘lgan odamlar bola uchun namuna vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga bolalar guruhida ijobiy baholangan va mashhur bo‘lgan tengdoshlarining harakatlari ham u uchun namuna bo‘la oladi. Va nihoyat, er- taklarda aks ettirilgan personajlarning harakatlari ham na- munalikda katta ahamiyatga ega. Bunday personajlar u yoki bu odob fazilatlariga ega bo‘ladi. Bolaning yaqinlari doirasiga kirmaydigan, shunday bo‘lsa ham uning e’tiborini qozona ol- gan odamlar fikri uning namunali xulqni o‘zlashtirishida kat- ta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bola bu odamlarga qattiq bog‘lanib qolganligi sababli, ularning kattalarga, bolalarga, hikoya va er- tak qahramonlariga bergan bahosi u uchun boshqalarnikidan ishonarli tuyiladi.
Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar axloq namunalariga kat- ta qiziqish bildiradilar. Masalan, ertak yoki hikoya eshitayotib, ular kim yaxshi va kim yomon ekanligini aniqlashga tusha- dilar. Bu ma’noda noaniqlikka chiday olmaydilar va hattoki o‘z nuqtayi nazarlaridan jonsiz predmetlarni ham baholamoq- chi bo‘ladilar. O‘rmonda adashib qolgan va daraxt kesuvchi tomonidan qutqarib qolingan bola haqidagi ertakni tinglab bo‘lgach besh yoshli bola: «Bolani topib olgan amaki yaxshi ekan, o‘rmon esa yomon, u bolani adashtirib qo‘ydi», dedi. To‘rt yoshli bola bo‘lsa, tentak haqidagi bir qator ertaklarni eshitib bo‘lgach: «Oyijon tentaklar yaxshi bo‘ladimi yo yomon- mi?» – degan savolni berdi (Muxina tadqiqotlari). Bolalarning o‘zi ham, atrofdagilar ulardan kutayotgan xulq haqidagi tasav- vurdan kelib chiqqan holda, sekin-asta o‘z harakatlarini ba- holay boshlaydilar.
Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar madaniy-gigiyenik ko‘nikma qoidalarini, tartibga rioya qilish va o‘yinchoqlar bi- lan muomala qilish qoidalarini o‘zlashtiradilar. Ular kattalar talablariga bo‘ysunish bilan birga, qoidalarga ham ega bo‘lishga harakat qiladilar. Tengdoshlari axloq qoidalarini buzganli- gi haqida bog‘cha tarbiyachisiga arz va shikoyat bilan muro- jaat qiladilar. Aksariyat hollarda bunday shikoyatlar chaqim- chilik emas, balki o‘ziga xos bo‘lgan iltimosni, qoidaga rioya qilish hamma uchun majburiy ekanligini bildiradi. Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat qoi- dalarini o‘zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do‘stining fikrini, uning huquqlarini va xohishini hisobga olish majburiyati ko‘pincha bolalar faoliyatini murakkablashti- radi. O‘zaro munosabat qoidalarini o‘zlashtirish bolalar uchun oson kechmaydi, aniq bir holat xususiyatini tushunmay, bola- lar bu qoidalarni dastlab rasman qabul qiladilar. Ular tomo- nidan muomala qoidalarining amalda o‘zgartirilishi, buzilishi va tiklanishi orqali bolalarda tajriba paydo bo‘ladi.
Kattalarning bolaga nisbatan «yaxshi bola»ga bo‘lgandek emotsional munosabat tug‘ilgandan va o‘z jinsiga dastlabki ko‘nikishdan so‘ng, bolada yangi ijtimoiy muhit shakllanadi, ya’ni kattalar talablariga javob berishga va tan olinishga inti- lish paydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat qozonishga intilishning ijobiy tarafidir. Odamlarning kundalik munosa- batlarida vijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqa- li insoniyat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mu- kammallik tuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi. Shaxsning axloqiy shakllanishini bola egallayotgan bilimlar; atrofdagi odamlar bilan muloqot paytida o‘zlashtirilgan ax- loqiy xulq odatlari, odamlar bilan o‘zaro aloqa paytida yu- tuq va yo‘qotishlarni birga emotsional boshdan kechirishlar tashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan davr mobaynida ong dara- jasi o‘zgaradi va buning oqibatida bolalar axloq qoidalarini ba- jarishni boshlaydilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar qoidalarga amal qilishga ko‘nikadilar va ba’zida hattoki «tartibga ortiqcha mehr» qo‘yadilar, qoidalarni kichik buzilishiga ham chiday ol- maydilar. Maktab yoshiga yaqinlashganda esa odatdagi qoida- ga rioya qilish ongli ravishda bajarishga aylanadi. Bu davrda bolalar nafaqat o‘zlari qoidalarga bo‘ysuna boshlaydilar, balki boshqa bolalar ham ularga amal qilishlarini nazorat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda g‘urur va uyatchanlik rivojlanishi axloq namunalari va qoidalarini o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Bola o‘z harakatlarini kattalarning bergan bahosi va maqtovlari bilan muvofiqlashti- rishga majbur bo‘ladi. Bu yoshdagi bola faqat kattalar tomo- nidan qo‘llab-quvvatlanish uchun emas, balki o‘z ijobiy fazilat- lari (jasurlik, rostgo‘ylik, boshqalar bilan bo‘lishishga tayyorlik) uchun ham, g‘urur hissini tuyadi. U o‘z harakatini ijobiy ba- holanadigan namuna bilan o‘lchaydi, u bilan o‘xshashlik unga o‘zi bilan g‘ururlanishga asos bo‘la olishini tushunadi.
Uyatchanlik bolada kattalarni bolalikning ilk davrida uning ishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishi tufayli orttiriladi. Mak- tabgacha yoshdagi bolada uyatchanlik boshqalar kutgandan yomonroq, aniqrog‘i qoidani buzish, ijobiy baholanadigan na- munadan chetlashishdek, harakat qilganligini tushunib yetgan holda ham vujudga keladi. Bola o‘zida qo‘rqoqlik, qo‘pollik, qizg‘anchiqlik, qo‘rslik va hokazolar namoyon bo‘lishidan ham uyaladi. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida avvalgidek bolani kat- talarga bog‘liqligi saqlanib qoladi. Katta odamning xulqi bola faoliyatining ham faollashishiga sabab bo‘ladi.
Aniqlanishicha, katta yoshdagi odam bolani o‘ziga moyil qilolsa, uning yutuqlariga sherik va yo‘qotishlariga qayg‘udosh bo‘lsa, bola har doim o‘zini ruhan tetik his qiladi va hattoki omadsiz damda ham harakatga va qarshiliklarni yengib o‘tishga tayyor bo‘ladi. U kattalar bilan ijobiy aloqalar o‘rnatganda, ularga ishonadi, boshqa bolalar va kattalar bilan oson aloqa- ga kirishadi.
Katta yoshdagi odamning bolaga begonalarcha muomala- si uning ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bo- la o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmay- di, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi, yig‘lashga doim tayyor bo‘lib, tengdoshlariga nisbatan tajovuzkor bo‘lib qoladi. Ak- sariyat kattalar tomonidan begonadek qabul qilingan bolalar boshlagan ishlarini to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladi- lar. Bolalarni boshqa qismi, aksincha ish sur’atini oshiradi, le- kin bunga qaramay ishni samarasi past bo‘ladi. Katta yosh- dagi odamning bolaga ochiq ko‘rsatayotgan salbiy munosabati unda odatiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi: bola yo begonalik to‘sig‘ini buzishga, katta odam bilan aloqa o‘rnatishga intila- di, yo o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi va muloqotdan o‘zini olib qochishga harakat qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, boshqa odam mehriga bo‘lgan tashnalik va biron odamga mehr berish istagi birinchi daraja- li, juda ham zarur ehtiyoj hisoblanadi. Bolaning onaga bo‘lgan mehri buyo‘sindaalohidao‘rinegallaydi. Uning barchaehtiyojlari ona orqali amalga oshadi, chunki u bolaning quvonch, himoya hissi va emotsional xotirjamlik manbaidir. Bola onaning bevo- sita mehr ko‘rsatishiga muhtoj bo‘ladi va har qanday yo‘l bilan uning e’tiborini tortishga harakat qiladi. Yosh bola ayniqsa onasiga yoki uning o‘rnini bosuvchi odamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan, maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar odamlarga bog‘liqlik va ko‘pgina o‘ziga yaqin odamlarga nis- batan ehtiyoj seza boshlaydi. Kattalar bilan o‘zaro yaxshi aloqa o‘rnatish va uni saqlash bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgi- lab beradigan yetakchi omil hisoblanadi. Bolaning kattalar bi- lan o‘zaro aloqasi ko‘p hollarda kattalar tomonidan unga nis- batan qilinadigan muomalaga bog‘liq bo‘ladi.
Kattalar tomonidan yaxshi emotsional muomala sharoitida bola o‘sha katta yoshli kishiga ishonch bilan qaraydi, o‘z faoli- yatida muvaffaqiyatli bo‘lishga va o‘ziga tanish bo‘lgan odob- axloq qoidalariga amal qilishga harakat qiladi. Dilkashlik va xayrixohlik bolada ijobiy xislatlarni vujudga kelishiga sharoit yaratadi.
Undan uzoqlashish, jahldorlik va hattoki kattalarning ozgi- na bee’tiborligi ham, bolani noxush hislardan qochishiga va o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lishiga olib keladi. Kattalarni begonalashishi quyidagi salbiy xislatlarni rivojlanishiga zamin yaratishi mum- kin: odamovilik, tajovuskorlik, yolg‘onchilik, tilyog‘lamalik, laganbardorlik va itoatkorlik. Bolaga ta’sir ko‘rsatishning emot- sional munosabatlarini katta odam ehtiyotkorona tanlashi ke- rak. Bolaga ijobiy va salbiy ta’sir usuli bexosdan qo‘llanilishi kerak emas (katta yoshli odamning kayfiyatiga qarab), aksin- cha o‘ziga xos muomala quroliga aylanishi kerak. Ijobiy hislar muomala muhitini tashkil qiladi, begonalashish esa bolaning jiddiy xatosiga tanbeh shaklida qo‘llanilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |