1-mavzu: psixologiya fanining maqsad va vazifalari reja


-MAVZU: KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA PSIXIK JARAYONLARNING TARKIB TOPISHI VA MUSIQANING AHAMIYATI



Download 0,8 Mb.
bet29/30
Sana03.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#633456
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
7.Мусиқа йўналиши психология

29-MAVZU: KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA PSIXIK JARAYONLARNING TARKIB TOPISHI VA MUSIQANING AHAMIYATI
REJA:

  1. Kichik maktab yoshidagi bolalarda psixik jarayonlarning rivojlanishi

  2. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasida musiqaning ahamiyati

Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bolaning maktabda o‘qishga tayyorligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.1. Shaxsiy tayyorgarlik.Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus272o‘rni boiishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajaris— o‘quvchi bo‘lish.Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo‘lishi mumkin. «Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi», «Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman», «Maktabda uxlatishmaydi». Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo‘la olmaydi. Ota-onalar, pedagog, tarbiyachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarining singdirilishi maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili bo‘lib xizmat qila oladi. «Men otamga o‘xshagan bo‘lishim uchun o‘qishim kerak», «Yozishni juda yaxshi ko‘raman», « 0 ‘qishni o‘rganaman», «Maktabda qiyin misollarni yechishni o‘rganaman» — bunday motivlar to‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bola oladi.« 0 ‘quvchining ichki pozitsiyasi» bolaning maktab ta’limiga tayyorligi ko‘rsatkichi sifatida — psixologik yangi tuzilma bo‘lib, kattaroq ijtimoiy mavqeni egallash ehtiyoji, bilish ehtiyojining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.ixtiyoriy sohaning rivojlanishi: ixtiyoriy diqqat, ijtiyoriy xotira, namuna bo‘yicha, qoida bo‘yicha harakat qilish.2. Intellektual tayyorgarlik.Tevarak-atrofda mo‘ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mavjudligi.Idrok va ko£rgazmali-obrazli tafakkurning ma’lum darajada rivojlanganligi. Umumlashtirish darajasi — narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko‘nikmasi.Nutqining m a’lum darajada rivojlanganligi; ko‘pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bo‘lishi mumkin, lekin so‘z boyligi, m a’lum xatti-harakatlarni bajara olish la-273yoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. M aktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, m a’lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi. Masalan, 6—7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini ham tushunishi va o‘zlashtirishi mumkin. 6—7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo‘lib, yuqori darajada rivojlangan ko‘rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bogliqlikni ajrata olishidir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘rgazmali-harakatli va ko‘rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6—7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ham aqliy rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi.3. Harakat tayyorgarligi.— mayda motorika;— katta harakatlarni amalga oshirish (qo‘l, oyoq, tana).4. 0 ‘quv faoliyatiga tayyorgarlik:— kattalarni diqqat bilan eshita olish va uning ko‘rsatmalarini aniq bajarish;— topshiriqni mustaqil bajarish;— chalg‘ituvchi omillarga e’tibor bermasdan topshiriqni bajarishga kirishish.Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning ogirligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo‘yi esa 0,5 sm gacha ko‘payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang‘ida uchish, suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin.
Musiqa bo‘yicha mashg‘ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, yengil va chaqqon bajara oladilar.2746—7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muskullari to‘liq rivojlanmaganligi sababli ularga ma’lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza olmasligi esa, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki o‘qishga nisbatan qiziqishining kamayishiga olib kelishi mumkin.Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy, ijtimoiy-psixologik tayyorgarligiga ham bog‘liq.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘rtog‘ining salbiy xususiyatlarini ko‘pchilik va begonalar o‘rtasida bemalol ayta olish xususiyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa axloqi va odobi jihatidan tanqidga uchrayotgan bolani o‘rtoqlari jamoasiga qo‘shilishdan bosh tortishiga yoki umuman maktabga kelishni istamasligiga sabab boiishi mumkin. Shu sabab bolani o‘rtoqlari va ustozlari tomonidan tanqidga uchramaydigan darajada axloq-odob qoidalariga o‘rgatish ahamiyati jihatidan kam bo‘lmagan axloqiy tayyorgarlik hisoblanadi. Bolani maktabga irodaviy tayyorgarligi uni yangi kun tartibiga amal qilishida, dars jarayonida qunt bilan bilimlarni o‘zlashtirishida, uy vazifalarini bajarishida o‘z yordamini ko‘rsatadi. Maktabga o‘qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeyini — turli majburiyatlari va huquqlari bo‘lgan va unga turli talablar qo‘yiladigan — o‘quvchi mavqeyini olish uchun tayyor boim og‘i lozim. Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun tabiiy ravishda asos bo‘la oladi. Bolaning endi o‘zini katta bo‘lganini, bog‘cha bolasi emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor o‘quvchi boiishini anglashi, jiddiy faoliyat bilan shug‘ullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holathisoblanadi. Maktabga shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, o‘qituvchilari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Har bir bola bolalar jamoasiga qo‘shila olishi, ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini ta’minlab beradi. 6—7 yoshli bolalar o‘qishidagi asosiy qiyinchilik shundaki, ko‘pincha bu yoshdagi bolalar o‘qituvchini uzoq vaqt davomida tinglay olmaydilar, o‘quv harakatlariga uzoq vaqt o‘z diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat, shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish xususiyatiga ham bogiiq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida so‘ray oladilar. Natijada ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi va o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati juda katta.Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so‘ngra esa emotsional motivatsion yo‘nalish bo‘yicha ichki shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yo‘nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha bo‘lgan bosqichlarni o‘taydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning turli obrazlarni yaratishi, ularni o‘zgartirishi va erkin harakatga keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, lingvistik, mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o‘yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon boMadi. Bu davrda maxsus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tashlana boshlaydi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Bi-276lish j a rayon lari ning sintezi bolaning o‘z ona tilini toiiq egallashi asosida yotadi. Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda axloq m e ’yo rla ri va qoidalar egallaniladi. Bu me’yor va qoidalar bola axloqini boshqaradi.Kichik maktab davri 6—7 yoshdan 9—10 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, shuningdek, uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus boMimlari hali to‘liq shakllanib boim agan boladi (miyaning bu qismlari 12 yoshda rivojlanib boladi). Miyaning boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bolmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida yaqqol namoyon boladi.Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor bo‘lmay turib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya strukturasining va nerv psixik jarayonlari ning maktabda o‘qish uchun to iiq yetishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichi motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihatlarining ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmaganligi, xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir so‘z bilan aytganda hali « 0 ‘quvchi ichki pozitsiya»sining shakllanmaganligi maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning muvaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning foyda yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishining neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo£lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi. Bunday holatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi sodir bo‘lib, u 7—8 yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qishga tayyorlash kerak emas, degan fikr emas, lekin bolaning aqliy rivojlanishiga erta olqishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina erishib boimaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra, har qanday taraqqiyot ko‘rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor bolrnay turib, unga harf va raqamlarni yozish, o‘qish o‘rgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga sabab boladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolutsiya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda universaldir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bolgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7—8 yoshda (aqliy yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti yoshda ham) shakllanadi. Ya’ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor boladi.Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 yoshda bo‘ladigan tolrtinchi fiziologik krizis bilan mos keladi (bola organizmida278jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bogiiq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi).6—7 yoshli maktabga tayyor bolada «Men shuni xohlayman» motividan «Men shuni bajarishim kerak» motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, masalan, ma’lum darajada qo‘rquvning kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon boladi.Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal 0‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqozo etadi. Maktabga tayyor boigan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. Olqituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.Kichik maktab yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik — soglom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bogliqdir. Chunki, psixik sog‘lom bola harakatchan bo‘ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik
— bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchi-279liklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha maktab qoidalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. 0 ‘qituvchilar o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, lekin kam harakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi.Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola yengishi kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchiliklar: maktab hayotini o‘zlashtirish, yangi kun tartibini yaratish va unga moslashish, u uchun yangi bo‘lgan sinf jamoasiga qo‘shilish, xatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosabatlarni qabul qilish va h.k. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni ustoz va ota-onalar bolalarga albatta yordam berishlari zarur.15.2. Maktabga moslashishBirinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga m e ’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar, shuningdek, ularning qoidalariga to‘la amal qilishga harakat qiladilar.Maktabga qabul qilingan bolalarning hayoti birmuncha qiyinlashib boradi. Birinchi kunlardan boshlab o‘quvchi bir qancha qiyinchiliklarni boshdan kechiradi: yangi maktab muhitiga moslashish; yangi kun tartibini ishlab chiqish; yangi tengdoshlari jamoasiga kirishish; xulq-atvorda ko‘pgina cheklov va ustanovkalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabat o'rnatish, oilaviy vaziyatlarda yangi munosabatlarning uyg‘unligini ta’minlash. Shu bilan birga o‘quvchi yangi huquqlarga ham ega bo‘ladi: kattalar uning o£quv topshiriqlariga, dars qiladigan joyiga va o‘quv qurollariga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi.280Qulay sharoitlarda o‘quv vaziyatlarini qabul qilish, egallash ikki oy (ba’zan bir yilgacha) davom etadi. Sevikli va g‘amxo‘r ota-onalar farzandining «o‘quvchi bo‘lish» imkoniyatini qadrlab, o‘quv faoliyati talablari majmuasini egallashga yordamlashmoqlari darkor.Bunday qiyin vaziyatda bolani o‘zi mustaqil eplaydi deb, o‘z holiga tashlab qo‘yish mumkin emas, lekin bunda boladagi tashabbuskorlik cheklanishi mumkin.Ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi maktabda beriladigan topshiriqlarga yuqori qiziquvchanlik tarzida portfelini yig‘ish, keyingi kunga tayyorlanish tarzida bo‘lishi mumkin. « 0 ‘qituvchi aytgan topshiriqlarning» barchasini aniq bajarishga farzandining intilishini tushunish bilan qabul qilish lozim. 0 ‘qituvchilar va o‘quv dasturlarining takomillashtirilmagani haqida fikrni keyinga qoldirgan ma’qul.0 ‘g‘il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o‘zgarishlar saqlanib qoladi. Qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘il bolalardan oldinga o‘tib oladilar.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning axloqiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi.Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. 0 ‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri bu anglanilgan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ravishda o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zining faoliyatini tashkil etishga o‘rganish davridir. Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi shakllarini paydo bo‘lishi bevosita o‘quv faoliyati bilan bogliqdir. Hech bir o‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik misol va masalalarni yechishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda281ko‘p o‘qituvchilar ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, mas’uliyatlilikni, tartibga aniq rioya etishni talab etadilar. Vaholanki, ushbu ko‘nikmalar o‘qituvchi tomonidan ma’lum odat va malakalarga o‘rgatilganidan so‘nggina paydo bo‘ladi.Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy xatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy qonuniga bo‘ysunadi. Unga ko‘ra yangi xatti-harakatlar avvalo kattalar bilan boigan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganadi va shundan keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi. Agar shu yoshda bola bilish, o‘rganish quvonchini his etmasa, o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni bilmasa, o‘ziga nisbatan, o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi.Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab «Men yaxshi bolaman» emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy282va ixtiyorsiz bo‘Iishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. Shuni hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga, balki turli salbiy ko‘rinish va holatlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik irodaviy zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga yo‘naltirilgan ravishda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshiradi, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna etalonga moslashtirishga intiladi. 0 ‘qituvchi boladagi ixtiyoriy taqlidchanlik xususiyati orqali ularda samarali ijtimoiy odat va xislatlarni rivojlantirishi mumkin. Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bolani baholaydi, o‘quvchi shu baholash asosida esa o‘z-o‘zini baholashga o‘rganib boradi.Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa boigan taqdirda ham ijobiy bo‘lib, unga ishonch bilan qarashi saqlanib qolaveradi. 3—4-sinflarda o‘quvchilarda olrtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo boladi.0 ‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2-3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yoilariga qiziqishning yuzaga keltirilishi bilan mustahkamlanishi mumkin. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlarga borib o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Kichik maktab davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor boladi. Kichik maktab davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida ko‘rinadi. 0 ‘quvchi darsdagi va darsdan tashqari o‘z vaqtini mustaqil tashkil etish borasidagi maqsadlarining ahamiyatini belgilashni o‘rganib boradi. Bu uy vazifalarini bajarish tartibiga amal qilishda ko‘rinadi. Mustaqil ravishda olqituvchi tomonidan283qo‘yilgan maqsadlardagi oraliq maqsadlari tizimini, masalan, masalani yechishning o‘z yo‘llari va bosqichlarini mustaqil aytib bera oladi, shuningdek, oraliq maqsadlarga erishish vositalarini belgilay oladi. Kichik maktab davrida maqsad qo‘yishning murakkab xarakteri birinchi sinf o‘quvchisining irodaviy xatti-harakatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan1. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlar kichik maktab davridagi o‘quvchilarning motivatsion sohasi o‘zgarib borishini, maktabgacha davrda boigan umumiy bilish va motivlarning ijtimoiy yo‘nalganligi aniqlanib, «o‘quvchi mavqei»ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu pozitsiya qondirilganidan so‘ng esa yangi munosabatlarning - o‘quv motivlari va bir qadar murakkab shaklda bo‘lgan ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan dalolat beradi. Kichik maktab davrining oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv-bilish motivlari, ya’ni faqat yangi bilimlarnigina emas, hatto umumiy qonuniyatlarni emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron-bir yoMlarini egallashga qiziqish shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu motivlarning shakllantirilishi kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘rta maktabga tayyorgarligining zaruriy jihati hisoblanadi.0 ‘qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchining aqlidroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish, ko‘rish va eshitish sezgilari1 К отирло В.К. Развитие волевого поведения у дош кольников. Киев, 1971,С .179-182.284ayniqsa tez o‘sadi. 7—10 yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi, 10-12 yoshgacha bolalarda esa 65% gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlangan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa bolalarga musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli sur’atda o‘sadi. Sezgilarning o‘sishida, shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi.Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim-tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi. Mazkur yoshdagi bolalar o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori boiishi juda muhim hisoblanadi. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar.
Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasviranganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o‘z munosabatini bildira oladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaarda ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o‘sadi. Kuzata bilish muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur shartlardan biridir. 0 ‘quvchiarda kuzata bilish qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu yoshdagi o‘quvchiar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang‘ich285sinf o‘quvchilari katta yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan to‘g‘ri chiziqni ko‘z bilan chamalab teng ikki bo‘lakka bo‘la oladilar, narsa va chiziqlarni katta-kichikligiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda turgan o‘rnini, ularning qaysi biri yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq joylashganini ko‘z bilan chamalab, shu masofani bosib o‘tish uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar.Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatni irodaviy zo‘r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bolmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq rivojlangan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida beixtiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy zo‘riqishsiz fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1—2-sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — uning yetarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular o‘z diqqatlarini uzoq muddat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat obyektlari ustida uzoq tura olmaydilar. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar yechish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi.0 ‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni talab etadi, o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar beradi. 0 ‘quvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. 0 ‘quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish