«Personalni boshqarish» fani oldiga qanday maqsad qo’yilgan?
Boshqaruv personali (xizmatchilar) — odatda ko’proq aqliy mehnat bilan band bo’lib, ishlab chiqarishda boshqaruvni amalga oshiradilar. Ular mehnat faoliyatining asosiy mahsuli boshqaruv qarorlarini tayyorlash maqsadida tegishli hujjatlar, ma’lumotlar to’plash, ularni umumlashtirish, tahlil etish, qarorlar loyihalarini tayyorlash hamda rahbar tomonidan bu qaror qabul qilingandan so’ng uning ijrosini amalga oshirish va nazorat qilishdir.Boshqaruv personali ham ikki asosiy toifaga bo’linadi: rahbarlar va mutaxassislar. Rahbarlarning mutaxassislardan asosiy farqi shundan iboratki, rahbarlar qaror qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar va ular o’zlariga bo’ysunuvchi xodimlarga ega.Boshqaruv ko’lamiga muvofiq boshqaruv barcha funktsiyalari uchun mas’ul liniya rahbarlari (ular mazkur korxona uchun asosiy hisob-langan faoliyat bilan shug’ullanuvchi bo’linma rahbari hisoblana-dilar) hamda boshqaruv muayyan funktsiyalarini amalga oshiradigan funktsiyali rahbarlar bir-biridan farqlanadi.Bundan tashqari, korxona boshqaruvi yuqori bo’g’in rahbarlari (direktorlar va ularning o’rinbosarlari), o’rta bo’g’in rahbarlari (tsex va bo’linmalar rahbarlari) va quyi bo’g’in rahbarlari (uchastka va brigada boshliqlari, ustalar) mavjuddir.Korxona mutaxassislarini ular mehnati natijalariga muvofiq uch asosiy guruhga ajratish mumkin:
boshqaruvning funktsiyali mutaxassislari. Ularning mehnat mahsuli boshqaruv axborotlari hisoblanadi. Bu toifa mutaxassislar guruhiga referentlar, iqtisodchilar va hokazolar kiradi;
mutaxassis-muhandislar. Ular mehnati mahsuli texnika va ishlab chiqarish texnologiyasiga oid konstruktorlik-texnologik yoki loyiha axborotlaridir. Bular — muhandislar, texnologlar, konstruktorlar, loyihachilar va hokazolardir;
xizmatchi-texnik mutaxassislar (kompyuter operatorlari, omborchilar, maishiy sohalar xizmatchilari va hokazolar) asosan xizmat ko’rsatish bilan banddirlar. Bu taraqqiyot va yangilanishlar kaliti hamda korxona uchun hayotiy zarurat hisoblangan korxonadagi o’zgarishlar jarayonining tarkibiy qismidir. Ta’lim dasturlari xodimlar aqli va qalbiga murojaat qilishi kerak.
Mazkur tamoyillar korporativ madaniyatni shakllantirish va shaxsni har taraflama kamol toptirishga qaratilgan. Ular zamonaviy texnologiya va konsalting bilan birgalikda personalni boshqarish darajasini sezilarli darajada takomillashtirish imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilgan kontseptsiyalarni tahlil qilib, personalni boshqarishga, yondashuvlarga aniqlik kiritish mumkin. Buning uchun insonning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi rolini aniqlash muhimdir. Hozirgi vaqtda bu masalada ikki xil nuqtai nazar mavjud inson ishlab chiqarish tizimi (mehnat, inson) resursi — ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonining muhim elementidir. Peraonalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga muvofiq quyidagi uch darajada amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |