1. Tezkor daraja. U bevosita personal mehnat faoliyati vapersonalni boshqarishning tegishli ta’sir ko’rsatuvchi sohasiniqa,mrab oladi. Ya’ni bu darajada personalni boshqarishning barchafunktsiyalari — xodimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil etish-
dan ular uchun sarf-xarajatlar qiymatini aniqlashgacha bo’lganfunktsiyalar hamda personalga rahbarlik amalga oshiriladi.
Taktik daraja. Bu personal bilan ishlash personal umumiy menejmentiga taalluqli ekanligini anglatadi.
Strategik daraja. U personalni boshqarishni ishlab chiqarish menejmenti bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Strategik daraja raqobat kurashiga tayyorlikni oshirish, korxona ishlab chiqarish strategiyasini qo’llab-quvvatlash, ishchi kuchi tashqi bozorini prognoz qilish maqsadlariga yo’naltirilgan bo’ladi.
«Personalni boshqarish» fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Boshqaruv tarixiga nazar tashl-ansa, inson faoliyatining bu sohasiga oid g’oyatda muhim muayyan tamoyillari bundan yuzlab, hatto minglab yillar ilgari mavjud bo’lganligini kuzatish mumkin.
Jumladan, Qadimiy Misrda ehromlarning bunyod etilishi bugungi kunda „personalni boshqarish" nomini olgan ushbu faoliyat turini rejalashtirilishiga misol bo’la oladi. Shuni ta’kidlash joizki, ehromlar har biri qariyb 2,5 tonna og’irlikka ega og’ir toshlardan qad rostlagan. Bu toshlar ehromlar barpo etilayotgan joydan ancha olisda tayyorlangan. Shuning uchun ularni tayyorlash, olib kelish va o’rnatish puxta rejalashtirishni talab etgan. Ayniqsa, ehromlarni barpo qilayotgan, asosan qullardan iborat 100 ming kishilik mehnat armiyasini yigirma, o’ttiz yil davomida boshqarib turish oson bo’lmagan.
Miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshida Quddusdagi ibodatxona qurilishida bugungi kunda neft va gaz sanoatida keng rusum bo’lgan vaxta usuliga xos mehnatni tashkil etishdan foydalanilgani yaxshi ma’lum. Bu qurilishga jalb etilgan 70 ming tosh tashuvchilar va 80 ming tosh teruvchilar mehnati uch ming kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilib turilgan. Ushbu joyda mehnat qilayotganlar 1 oy ishlaganlaridan so’ng ikki oyga uylariga qo’yib yuborilar, qurilishga ular o’rniga boshqa ishchilar jalb etilardi. Vavilonda miloddan avvalgi besh yuzinchi yillardayoq ish haqining ilgor usuli hamda bugungi kodlashtirilishga o’xshash xom- ashyo va metallarning harakatini nazorat qilish tizimi qo’llanila boshlagan edi. Mehnatni tashkil etishning yuqori samarali usullari qadimgi Rim va Sharqda ham mavjud edi.O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib, nafaq iqtisodiy, balki madaniy va ma’naviy yuksalish jarayoniga dadil kirib bormokda.Ayniqsa, buyuk Amir Temurning davlatni boshqarish, bunyod-korlik, harbiy va boshqa sohalardagi tashkilotchilik usullari juda katta ahamiyatga egadir.Amir Temurning daho darajasidagi sarkarda bo’lganini butun dunyo tan oladi, Sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etish tartibi o’z davrida boshqaruv namunasi deb hisoblanadi. Buyuk Amir Temur hokimi mutlaq bo’lgan, ijroiya hokimiyatni devonbegi — bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkoni davlat —
Do'stlaringiz bilan baham: |