Bilga hoqon bitigi: Bu bitiktosh Eltarish hoqoninng katta o’g’li - Kulteginning akasi Bilga hoqon sharafiga 735 yilda o’rnatilgan. Bilga hoqon 734 yilda ellik yoshida o’z yaqinlari tomonidan zaharlab o’ldirilgan. Bu bitig ham Yo’llig’ tegin tomonidan yozilgan.
Bilga hoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga hoqon davrida tinchlik hukmron bo’lgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, o’z yurtini boy- badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq hoqonidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. o’z navbatida davlat boshliqlarining hatti-harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga hoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |