1-mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat mashg`ulot rejasi


Pedagogik qobiliyat va uning tuzilishi



Download 288,21 Kb.
bet2/5
Sana22.12.2022
Hajmi288,21 Kb.
#894221
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-AMALIY MASHG\'ULOT

Pedagogik qobiliyat va uning tuzilishi. Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo’lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana olishini aniqlab beradi.
Pedagogik psixologiyada o’qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o’rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.
Psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o’tganidek, pedagogik jarayon o’qituvchi-tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o’quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog`liq. Bola shaxsining rivojlanishida o’qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda o’qituvchining tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo’yiladi, shuning uchun ijtimoiy-tarixiy tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko’lamining ortishiga bevosita bog`liq.
XX asrning 70-80-yillarda o’qituvchining xarakter-xislatlari, pedagogik qobiliyatlari, unda tarbiyachilik mahoratini tarkib toptirish shartlari chuqur o’rganildi. Jumladan, rus olimasi N.V.Kuzmina o’qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning o’rni va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. U o’z tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlarni gnostik (bilishga oid), proyektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan), konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ turlarga ajratib, ularning har biriga chuqur psixologik ta’rif beradi. N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga kuzatuvchanlikni ham kiritadi, o’qituvchining bu hislati o’quvchining ichki kechinmalari, his-tuyg`ulari kabi omillarni aniqlashga xizmat qiladi. O’qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari tizimi. O’qituvchilik faoliyati “Inson-inson” kasb guruhiga kiradi. Pedagog professiogrammasiga e’tibor qaratilganda, biz mutaxassis yuksak axloqli, kuchli irodaga egalik, aniq maqsadga egalik, odamlarni tushuna olishi, e’tiborli bo’lishi, tasodifiy vaziyatlarga tez yo’nalgan bo’lishi, hissiy javobgarlikka ega bo’lishi lozimligini alohida ta’kidlab o’tish zarur.
M.G.Davletshinning fikricha, pedagogik professiogramma (kasbiy tasnifnoma)da bo’lajak pedagoglarga xos quyidagi sifatlar aks etishi kerak:
- shaxsiy xislatlar (bolalarni yaxshi ko’rish, ularni sevish, mehnatsevarlik, jamoat ishlarida faollik va boshqalar);
- kasbga xos bilimlarga egalik (ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi, psixologiya asoslarini, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi va boshqalar);
- o’z kasbiga xos xislatlar (hozirgi zamon pedagogikasining metodologik bilimlarni egallashi, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tiborni taqsimlay olishi, pedagogik fantaziyaning rivolanganligi, pedagogik takt va hakozolar);
- shaxsiy-pedagogik uddaburonlik (mashg’ulotlar uchun zarur materiallarni tanlay olish, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olish, o’quv maqsadlarini rejalashtira olish va boshqalar);
- muloqotga kirisha olish (kommunikativlik) malakaga egalik (bolalarni o’ziga alb etishni bilish, bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilish, bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilish va hakozolar);
- gnostik (bilish) malakalariga egalik (bolalarning asab-psixik taraqqiyoti daraasini aniqlay olish, o’zining tajribasi va pedagogik faoliyati natialarini tanqidiy tahlil qila olishi va boshqalar);
- ijodiy xislatlari (pedagogik mahoratni takomillashtirishga intilish, o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati va hakozolar).

Download 288,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish