1-mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat mashg`ulot rejasi



Download 288,21 Kb.
bet1/5
Sana22.12.2022
Hajmi288,21 Kb.
#894221
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-AMALIY MASHG\'ULOT


1-MAVZU. PEDAGOGIK MAHORATNING ASOSIY KOMPONENTLARI. O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT
Mashg`ulot rejasi:
1.Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari.
2. Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o‘qituvchi mahorati masalalari.
3.Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha.
4. Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.
5.Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo‘llari.


UMUMIY TUSHUNCHA:
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari. Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo’lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish);
- pedagogik madaniyat va texnikani egallash, ya’ni o’z-o’zini boshqara olish, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.

1-rasm. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
Qobiliyatning psixologik tavsifi. Qobiliyat – odam psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri bo’lib, bu xususiyatlarni xaddan tashqari keng to’ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi, hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko’ra bir-biri bilan chambarchas bog’liq faoliyatning muvafaqqiyatli bajarish imkoni aslo yo’q emas.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar nati­jasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umu­miy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy maho­rat­ni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malaka­lardir.
Ko’nikmalar – o’qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qi­lin­gan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar – o’qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig’indisi.
Qobiliyatlar bilim, ko’nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo’ladi. Faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to’g’risida mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsniig faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofik; a) shaxsning muayyan sifatlari yig’indisi belgilangan vaqt oralig’ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa-unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa-psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin xususiyatli shaxs ko’nikma va malakalarni egallay olmaydi, degan ma’no anglatmaydi, biroq ularni egallash vaqti cho’zilib ketadi, xolos.
Shunday qilib, qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xusu-iyatlariga, aqliy sifatlarga, xotira xislatlarga xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo’yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan qatorga qo’yish, ularni ayniylashtirnsh ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularning ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug’iladi.

Download 288,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish