Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qoʻyilmoqda:
Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogic jihatdan toʻgʻriligi.
Darsning ta'limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi.
Oʻqitishning yaxlit dars va uning ma'lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvafiq keladigan ta'lim oluvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta'minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash.
Mashgʻulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qoʻshib olib borish.
Ta'lim beruvchining rahbarlik vazifasi bilan ta'lim oluvchining faol bilish faoliyatini birga olib borish.
Darslarning oʻzaro uzviy va dialektik xususiyatga ega boʻlishiga erishish.
Ta'lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish.
Darsda ta'lim oluvchilarni oʻqitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish.
Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish.
10. Darsda ta'lim oluvchilar erkinligini ta'minlash.
Darsda bilimlarning oʻzlashtirilishi, malaka va koʻnikmalarning hosil qilinishi murakkab dinamik jarayondir. Oʻquv materialini oʻrganishning turli vazifalari, yoʻllari, usullari va vositalari vujudga keladi. Buning natijasida darsning juda koʻp turlari, uning har xil vari-antlari paydo boʻladi.
Ayni vaqtda ta'lim tizimida eng koʻp qoʻllaniladigan dars turlari quyidagilardir:
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
Oʻtilgan materialni mustahkamlash darsi.
Ta'lim oluvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini tekshirish darsi;
Takroriy-umumlashtiruvchi dars.
Aralash dars.
Muayyan dars turi asosida olib boriladigan mashgʻulotlarda ikkinchi, uchinchi bir dars running qismlari boʻlishi mumkin. Misol uchun ta'lim muassasalarida eng qoʻllaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsida quyidagi holatlar amalga oshirilishi mumkin:
yangi bilimlarni bayon qilish;
yangi bilimlarni mustahkamlash;
yangi bilimlar ustida mashq oʻtkazish;
yangi bilimlarga bogʻliq holda uyga vazifalarini topshirish va hokazo.
Demak, dars umumiy jarayon davomida bir dars turi asosida tashkil etilmaydi. Shunga qaramay darsning maqsadi ta'lim oluvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan boʻlsa, butun didaktik usullar ana shunga boʻysundiriladi. Shu sababli ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi.
Muayyan dars turi bilan ish koʻrilayotganda boshqa bir dars turi unsurlarining asosiy dars tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Darsning tarkibiy tuzilishi u yoki bu dars turining umumiy holati, uning qism-lari mohiyatini anglatadi.
Dars jarayonida qoilanilayotgan har qanday didaktik usul dars tuzilishini ifodalashga har doim ham xizmat qilavermaydi. Didaktik usullar ta'lim metodi bilan baholangandagina dars tuzilishining oʻzgarishiga, ta'lim metodlarining oʻzgarishi ham dars tuzilishining oʻzgarishiga olib keladi. Dars jarayonining muayyan qismida dars shakli hamda metodlarining oʻzgarishi darsning yangi bosqichini boshlaganligini anglatadi.
Demak, dars tuzilishining biridan ikkinchisiga oʻtishi va shu orqali darsning shakl va metodlarining oʻzgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. Bu boradaxulosa oʻrnida shuni ta'kidlash mumkinki, turli darsning shakl va metodlari hamda ular negizidagi dars tuzilishlariga bevosita bogʻliqdir. Quyida aralash dars turining tuzilishi haqidagi koʻrinishni keltiramiz (1.1-shakl).
Umumlashtiruvchi dars — bu oʻquv dasturining ma'lum bir qismi (bob, boʻlim yoki ayrim mavzu) oʻtib boʻlganidan keyin oʻtiladigan dars mashgʻuloti.
Umumiy oʻrta
ta'lim maktablarining yuqori sinflarida ba'zi oʻquv materiallarining ma'lum qismi yoki yirik mavzuni boshlashdan avval kirish dars ham olib boriladi. Bunday darslar, odatda, ijtimoiy fanlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Hozirda yakka tartibda ta'lim olishning asosiy koʻrinishlaridan biri sifatida repetitorlik ta'limi keng tarqalmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: