O‘zbekiston eng yangi tarixini o‘qitishning ahamiyati
Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
O‘tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka davrida O‘zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta’limi sohasida o‘qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o‘z o‘tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston tarixi haqida odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq ta’limida tutgan o‘rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardi.
O‘zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas Istiqlolimiz ila bir yarim asrlik mustamlakachilik g‘aflat uyqusidan ko‘z ochib uyg‘ongan xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayorlashda eng zaruriy dasturilamaldir.
Umuman, Ona tarixni o‘qitish va o‘rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy ma’naviy-mafkuraviy uyg‘onish, madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo‘lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi.
Tarixga bo‘lgan millat ehtiyojning qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg‘onishning asosidir.
Haqqoniy yozilgan O‘zbekiston tarixini o‘rganish va o‘qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g‘oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. O‘zbekiston tarixini o‘qitish va o‘rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta
mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysinmaslik, begona g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.
1. Sobiq Ittifoqda turg‘unlik holati. XX asrning 80 – 90 yillarida О‘zbekistonning ijtimoiy – siyosiy hayoti. XX asrning 70 – 80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf – xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq – ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.
Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan turg‘unlik holati sabablariga quyidagilarni aytish mumkin. Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy – texnikaviy yangiliklar sodir bо‘ldi. Bundan jahonning taraqqiy topgan davlatlari samarali foydalana boshladi. Mashina – fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga о‘tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob – kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron – hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qо‘llanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexanik, og‘ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bо‘ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarishning samarasi oshib, intensiv taraqqiyot yо‘liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat kо‘rsatish sohasida, tibbiyot, ta’lim, ilmiy faoliyatda band bо‘lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat kо‘rsatish sohalarida keng qо‘llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bо‘lib, о‘zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag‘ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi.
Bu davrda sovet davlatida esa ilmiy – texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yо‘lga qо‘yilmadi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bо‘lsada, xо‘jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Kо‘pgina mamlakatlar fan – texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda tо‘planib qolayotgan edi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yо‘lidagi urinishlarni yо‘qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Bular aholining mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxо‘rlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi.
Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan qog‘ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning о‘z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga tо‘sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqaydlik yuzaga keldi.
«Qayta qurish» – XX asrning 80 – yillari о‘rtalarida keng iste’molga kirgan tushuncha. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil 25 aprel plenumi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni isloh yо‘li bilan о‘zgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda tо‘planib qolgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni «qayta qurish» yо‘li bilan hal etishdan iborat bо‘lgan.
Qayta qurish 1985 – 1990 yillarni о‘z ichiga olib, ikki bosqichga bо‘linadi. Birinchi bosqich (1985 – 1987) ma’muriy – tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Ushbu bosqichda asosiy vazifalar ilmiy – texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishga qaratilgan edi.
Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga yо‘naltirildi. Biroq bunday jarayonning rivoji ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishni talab qildi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy – buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi. Natijada jamiyat ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma’lum о‘zgarishlar rо‘y bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy о‘zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub о‘zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yо‘lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag‘lubiyat bilan yakun topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |