1-Mavzu: “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o‘rganishda manbalarning ahamiyati



Download 204 Kb.
bet3/8
Sana20.08.2022
Hajmi204 Kb.
#847366
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza matni (1)

O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o‘rganishda manbalarning ahamiyati


Vatan tarixida ham davrlashtirish masalasi o‘ta muhim masaladir. U shu tarixni o‘rganuvchi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va metod (usul)lari bilan bevosita bog‘liq. Demak, tarix fani qanchalik haqqoniy ilmiy-nazariya, g‘oya, ta’limot va metodologiya (uslubiyat) hamda usullar bilan qurollangan bo‘lsa, u shunchalik to‘g‘ri davrlashtiriladi. Ma’lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g‘oyaviy dunyo qarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri hisoblanadi. O‘tmishda taqdir taqozosiga ko‘ra tariximiz aniqrog‘i Vatanimi xududi jahon miqyosda kengayib va ma’lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o‘ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab bo‘lganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O‘zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi.
Hozirgi kunda asosiy e’tibor tarixni evolyutsion-tadrijiy uzliksiz rivojlanish va geografik hududiy mintaqa asosida davlashtirishga qaratilmoqda. Bunga keyingi paytlarda chop etilgan tarixiy asarlar, o‘quv qo‘llanma va darsliklarning mazmun hamda mundarijalari guvohlik berib turibdi. Ushbu darslik maxsus tuzilib tasdiqlangan dastur asosida yozildi. Shuning uchun ham, unda O‘zbekiston tarixi boshdan-oyoq shartli ravishda eng muhim davrlarga bo‘lindi. Bular quyidagilar:
1.Eng qadimgi davr (paleolit davridan boshlab antik davr bilan tugullanadi);
2.O‘rta asrlar davri (V asrdan boshlanib XIX asrning o‘rtalari bilan tugaydi);
3.Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri (XIX asrning o‘rtalaridan
boshlab 1917yilgacha);
4.O‘zbekiston sovetlar hukmronligi davrida (1917-1990yillar);
5.Mustaqillik yillarida O‘zbekiston (1991-2020yy.)
Bunday xronologik davrlashtirish Vatan tarixini o‘qitishga ajratilgan soatlarning miqdori va o‘qitishning boshqa o‘ziga xos xususiyatlari hamda usullari hisobga olingan holda amalga oshirildi.
O‘zbekiston tarixi fani va tarixni o‘rganishda tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma’naviy-madaniy merosi, bebaho madaniy-tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus hujjat xona (arxiv) larda, kutubxona va muzeylarda hamda oilaviy arxivlarda juda avaylab, ehtiyot korlik bilan saqlanmoqda.
Manbalar o‘z xolatiga ko‘ra, yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Yozma manbalar eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan iboratdir. Hozirgi kunga qadar o‘lkamiz hududlari va bu yerdan chetda bitilgan o‘rta asrlarga oid yozma manbalarni o‘rganish bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, bu yo‘nalishda qilinadigan ishlar nihoyatda ko‘p.
Tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuv paydo bo‘lmagan zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbala .yordamga keladi. Bu manbalar turli-tuman bo‘lib, ularga qadimgi manzilgohlar va shahar xarobalari, mozor-qo‘rg‘onlarning qoldiqlari turmush va xo‘jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ashyolar kiradi. Moddiy va yozma manba ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy manbalarni o‘rganishning o‘zi tarix fanining maxsus sohasi bo‘lib, tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‘rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy, g‘oyafiy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayaanadi.
Xulosa shuki,manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarning o‘zida real aks ettirgan bo‘lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo‘lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish