I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O'zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish masalasini keskin qo'ydi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta'minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yo'lidagi barcha to'siqlar olib tashlanishi, har bir respublika so'zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo'lishi lozim edi. Ayni shu maqsadlami ko'zlab, O'zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o'z ishini boshladi. O'zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida maz-kur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash lozim. Unda «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida»gi hamda «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi masalalar kun tartibiga qo'yilib, qizg'in muhokama qilindi. Qliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so'ng «O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to'g'risida»gi qonunni qabul qildilar. So'ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to'g'risidagi Bayonot qabul qilindi. O'zbekiston SSRning nomi O'zbekiston Respublikasi deb o'zgartirildi. Mustaqillik e'lon qilin-gan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o'zbek xalqining asriy orzusi ro'yobga chiqqanligining huquqiy ifo-dasi bo'ldi. «O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi qonun g'oyat katta ahamiyatga ega bo'lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to'xtash lozim. Mazkur qonun aso-sida O'zbekistonning huquqiy holati tubdan o'zgardi. O'z mohiya-tiga ko'ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya roli-ni ham o'ynaydigan bo'ldi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren O'zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo'lga kirit-gan mustaqillik erki qonun bilan mustahkamlab qo'yildi. 5. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvi-ning yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshlandi. Bosh-qaravning Prezidentlik shakli mazkur tizim o'zagini tashkil etdi. 1991-yil oxirida O'zbekiston hayotida torn ma'noda ulkan tari-xiy voqea sodir bo'ldi. 29-dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamla-kachilikdan so'ng torn ma'nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil O'zbekiston Respubli-kasi Prezidentini sayladi. Prezidentlikka nomzodlar har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 301 ming nusxadan iborat plakat, nomzodlar har birining 40 ming nusxadan saylovchilarga murojaamomalari chop etildi. O'zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o'tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod - O'zbekiston XDP va O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi LA. Karimov va «Erk» demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo'yildi. Saylovlar yakuniga ko'ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qataashganlaming 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis ba-yonlarini ko'rib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risidagi qonunning 35- moddasiga asosan Islom Abdug'aniyevich Karimovni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Saylovlar natijalari o'zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va rivojlanishning yutuqlarini LA. Karimov shaxsi, uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiUgi bilan bog'lashining yaqqol dalili edi. ISLOM ABDUG'ANIYEVICH KARIMOV Davlat va siyosat arbobi, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 1938-yilda Samarqandda tug'ilgan. O'rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq xo'jaligi institutini tugatgan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida awal master yordamchisi, so'ng master, texnolog, 1961-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent avi-atsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandiskonstruktor, 1966-yildan O'zbekiston Davlat plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo'limining bosh mutaxassisligidan reepublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o'rinbosarigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 1983-yildan O'zbekiston moUya vaziri, 1986-yildan O'zbekiston Ministrlar Soveti raisining o'rinbosari- respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986-yil dekabridan O'zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi. 1989-yil iyunidan O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi. 1990-yil 24-martdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O'zbekiston Prezidenti etib saylandi. I. Karimov 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o'tkazilgan umumxalq saylovida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq, u ayni vaqtda davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir. I. Karimov 1991-yil 31-avgustda Toshkentda O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qil-di. I. Karimov O'zbekistonda davlat tuzumini mustahkamlashda, respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdajonbozlikko'rsatmoqda. 1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendum) bilan I. Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tdi. Muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o'tkazilgan ushbu saylovda saylovchilarning 91,90 foizi Islom Karimov nomizodini qo'llab-quwatladi va Markaziy saylov komissiyasi-ning qatforiga muvofiq Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. I. Karimovning eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o'nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr qilingan. Respublikamizda esa I. Karimov asarlarining 20 jildlik to'plami nashr qilingan. I. Karimov O'zbekiston Qahramoni unvoni (1994-y.), «Mustaqillik» (1996- y.)., «Amur Temur» (1998-y.) ordenlari sohibi. I. Karimov xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlar-ning orden va medallari bilan mukofotlangan. U O'zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-y.), nufuzli xalqaro akademiya-larning faxriy a'zosi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 5-bo'limining XGX bobida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maqomi belgilab beril-di. 1991-yil 18- noyabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi Qonu-ni bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan iste'foga chiqqan Prezident umrbod Oliy Majlis yuqori Palatasi - Senati a'zosi lavozimini egallashi ko'zda tutilgan. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakat-da Prezident vakolatini 2000-yilgacha cho'zish yuzasidan umumxalq referendumini o'tkazish to'g'risida qabul qilingan qarori shu qaror asosida o'tkazilgan referendum katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Qolaversa, mazkur qaror va uning sharhlarida boshqa yana bir qator o'ta muhim, har bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar aniq ko'rsatib berilgan. 2000-yilning 9-yanvari mustaqil O'zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo'lgan, davlatimizning XXI asrdagi taqdiriga va taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi. O'zbekiston fuqarolarining aksariyati hozirgi davlat boshlig'ining rahbarligi ostida va tashabbusiga ko'ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni qo'llab-quwatlagan holda Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. 2000-yil 11-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlis kun tarti-bi bitta masalaga - 2000-yil 9-yanvar kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bag'ishlandi. Islom Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdi. O'zbekiston Xalq demokratik