1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet20/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari. Oliy
o‘quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan
o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga
oshirila boshlanishi respubika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo‘lib,
mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo‘ldi.
4-5. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar.
Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
XX asrning 80-yillariga kelib sobiq ittifoq tarkibidagi sotsialistik
mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi
bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm
surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa
boshladi. KPSS markaziy komiteti birinchi kotibi M.S. Gorbachev tomonidan 1985
yil aprel plenumida ilgari surilgan “Qayta qurish” dasturi va u asosida amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan islohatlar o‘zini oqlamadi. Buning oqibatida sobiq SSSR
tarkibidagi respublakalarda ijtimoiy siyosiy ziddiyatlar avj olib bordi. Oqibatda
SSSR parchalanib, uning o'rnida mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlagan 15 mamlakat
tashkil topdi.
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko'pgina mamlakatlarda
mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan tarixiy jarayonga
aylandi. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon
tarkibida yuz berdi..
SSSR Rahbariyatida shu yo'naUshdagi amaliy ishlar qizg'in tus oldi. 1990-yil
25-iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor
iqtisodiyotiga o'tkazish yuzasidan qo'shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi.
1990-yil 27-iyuli va 30-avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar,
ommaviy axborot vositalan vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi
uchrashuvi bo'ldi.
6-avgustda esa mamlakat Prezidenti M.Gorbachyovning «Yangi Ittifoq
Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o'tishning Ittifoq Dasturi
Konsepsiyasini tayyorlash haqida» Farmoni e'lon qi-lindi. Bu vazifani bajarish
uchun SSSR va RSFSR rahbarlari tomonidan S.Shatalin, I.Petrakov, L.Abalkin,
G.Yavlinskiy, S.Aleksenko, V.Vavilov, A.Grigoryev, M.Zadorniy, V.Martinov, V.
Mashchits, A.Mixaylov, B.Fyedorov, T.Yarigina va YYasinlardan iborat komissiya
tuzildi. Komissiyaga 1990-yil sentabridan kechikmasdan Hukumat Dasturini
ishlab chiqish topshirildi.
1990-yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov
«Boshqariladigan bozor iqtisodiga o'tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq
xo'jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida» ma'ruza qildi. Unda
deputatlarning awalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da,
sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda
Hukumatga nis-batan ishonch yo'qola borgan edi. Ayni chog'da Hukumat Dasturi
sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo'ldab
rivojlantirishni ko'zda tutar edi.
1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S. Shatalinning «500
kun» Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masalalar ko'tarilgan edi:
- Fuqarolarni mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste'mol
bozori va unda erkin narx;
- korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi;
- ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti;
- aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko'zda tutar edi.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish