uyushtirilsin».
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan Qonunlar, O'zbekiston
Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo'lib, ular
respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivqjlanish yo'liga bevosita
qaratila boshladi.
Masalan, 1989-yil 20-oktabrida o'n birinchi chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy
Sovetining o'n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy
Qonuni)ga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish» to'g'risidagi masala maxsus
muhokama etildi. Hukumatning bir yilda kamida bir marta Oliy Sovet oldida
hisobot berishi majburiy qilib qo'yildi.
1990-yil 23-martida O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining
Plenumi bo'ldi. Unda O'zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid
muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e'tibor
berildi. Plenum yangilanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o'rni
va mavqeyi, uning davlat hokimiyati idoralari va jamoat tashkilotlari bilan o'zaro
munosabati prinsiplari to'g'risidagi masalalarini muhokama qilib, buyruqbozlikdan,
ma'muriyatchilikdan voz kechish lozimligini uqtirdi.
Ana shu obyektiv holatni hisobga olib, 1990-yil 24-martida XII chaqiriq
O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo'ldi. Sessiya O'zbekiston
tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta'sis etish to'g'risida qaror qabul
qildi.
O'zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a'zolari, komissiya rais-lari va
muovinlari «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xususida fikrlashib, deputatlar fikrini
olish va so'ng uni sessiyaga olib chiqish lozim, deb topdilar.
19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari,
huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil ko'rib chiqdi. Natijada
bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-modda,
bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o'z taqdirini o'zi belgilashi,
Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta'kidlandi. Unda o'zbek
xalqining asrlar davomida qo'lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot
borasidagi boy tarixiy tajriba-si va an'analari hisobga olinishi uqtirildi.
1991-yil 19-21-avgustida Moskvada davlat to'ntarishi qilish-ga urinib ko'rildi.
Ulaming maqsadlari Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni
qo'lga kiritishlariga, o'z taqdirlarini o'zlari hal qilishlariga yo'l qo'ymaslik edi.
Shuni ham aytish kerakki, to'ntarishni uyushtirgan kishilar mamlakatda yuz
bergan boshboshdoqlik va parokandalik cho'qqisiga chiqqan bir paytdan
foydalanib qolmoqchi bo'lishdi. Ammo qayta qurish yillarida ko'zi ochilgan
xalqni endi eski tuzum doirasiga kiri-tishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga
urinish behuda edi.
O'zbekiston Prezidenti I. Karimov Hindiston safaridan qaytgani hamonoq -
19-avgust kuni kechqurun respublika rahbarlari va Tosh-kent shahri faollari bilan
uchrashib, qat'iy tarzda O'zbekiston nuq-tayi nazarini ma'lum qildi. Respublika
rahbariyati: «Markazdan, kim bo'lishidan qat'i nazar, qonunga xilof ko'rsatmalarni
baja-rish mum kin emas», - deb hisobladi. 20-avgustda O'zbekiston SSR Oliy
Kengashi Rayosati, O'zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Va-zirlar
Mahkamasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
rahbarlari ishtirokida qo'shma majlis bo'ldi. Unda O'zbekistonning mustaqillikka
erishish yo'li o'zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |