3. Loyihani boshqarishning tashkiliy tuzilmasini shakllantirish tamoyillari
Menejmentning tashkiliy tarkibi (strukturasi) deb tashkilot oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishdagi zaruriy boshqaruv vazifalarini bajarilishini ta’minlovchi boshqaruv bo‘linmalarining birlashuvini, ular orasidagi o‘zaro munosabatlarini belgilash mumkin. Tashkiliy strukturani shakllantirishga tashkilotning maqsad va masalalari, ishlab chiqarish va boshqaruv vazifalari, ichki va tashqi muhit omillari ta’sir ko‘rsatadi.
Tashkiliy strukturani loyihalashda quyidagi elementlarga e’tibor qaratiladi: bo‘g‘inlar, darajalar, gorizontal hamda vertikal aloqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |