1-mavzu: "O‘zbekiston tarixi" fanini o‘qitish metodikasi



Download 304,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana29.01.2022
Hajmi304,13 Kb.
#418037
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu

 
- odamlar o‘troq hayotga o‘ta boshladilar, turli hayvonlarning loydan 
yasalgan va ona Urug‘i (matriarxat) ga xos haykalchalar paydo bo‘ldi; 
 
- rangdor, turli tasvirlar bilan bezatilgan sopol buyumlar paydo bo‘ldi; 
 
Eneolit-(mis-tosh) davrida odamlar dastlabki metall bilan tanishadilar. Bu 
davrga kelib mis qurollar ancha takomillashgan bo‘lsa-da, undan og‘ir mehnat 
qurollari yasashning imkoni yo‘q edi. Misdan asosan uy-ro‘zg‘or buyumlari, 
taqinchoqlar va harbiy qurollar yasalgan. Eneolit davri yodgorliklari Buxoro 
viloyatining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut (mis koni) mavzelaridan, Panjakent 
atroflaridan (Sarazm madaniyati) topib urganilgan. Bu davrga kelib, dehqonchilik 
Markaziy Osiyoning Shimoli-Sharqiy hududlariga ham yoyiladi.
Mil. avv. III - ming yillikka kelib, O‘rta Osiyo hududlarida bronza qurollar 
keng tarqaladi. O`zbekiston hududlarida bronza davri yodgorliklari ko‘plab 
uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, keyinroq esa 
Zarafshon va qashqadaryo hamda Farg‘ona vodiylaridan topilgan.
Ulardan eng yiriklari Sopollitepa, Jarqo‘ton, Tozabog‘yob, Zamonbobo, 
CHust, Amirobod yodgorliklaridir
2
. Bu yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar 
shundan dalolat beradiki, bronza davrida kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotida 
katta-katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aholi xo‘jalik yuritishning muayyan 
ko‘rinishlariga, ya’ni vohalarda, ko‘llar, daryolar va soylar bo‘ylarida 
dehqonchilikka, dasht va tog‘oldi hududlarida Chorvachilikka (mehnatning 
dastlabki yirik taqsimoti) o‘tib oldi.
Bu davrga kelib, O‘rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o‘zgarish 
jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Urug‘chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan 
bo‘lsa-da, ona urug‘ining mavqei yo‘qolib bordi. Metall eritish va xo‘jalikning 
rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnati va mavqei birinchi darajali 
ahamiyatga ega bo‘lib bordi. Bundan Shunday xulosa chiqarish mumkinki, bronza 
davri 
jamiyat 
taraqqiyotida, 
dehqonchilik, 
Chorvachilik, 
ovchilik 
va 
hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qilganlar. Ayollar erkaklar 
ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik 
qilishdan mahrum bo‘ladilar. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa 
erkaklar ko‘liga o‘tadi va ona urug‘i tuzumi o‘rnini ota urug‘i (patriarxat) tuzumi 
egallaydi.
Bronza davriga kelib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, mehnat 
unumdorligining oshishi natijasida kishilik jamiyati tarixiy-madaniy taraqqiyotida 
katta-katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonlarda bronzaning ahamiyati katta 
bo‘ldi.Bronzadan (jezdan), nayza va kamon o‘qlari uchi, pichoqlar, teshkichlar, 
parmalar, qirg‘ichlar, o‘roq va boshqa qurollar, zebu ziynat buyumlari, idishlar 
paydo bo‘ldi. 
2
Historyof civilizations of Central Asia. Volume I. / The dawn of civilization: earliest times too 700 B.C. / 
UNESCO. 1992. P. 217-236, 433-434, 439. 


14 
Bu davrda jamiyat hayotidagi sodir bo‘lgan turli taraqqiyot jarayonlari-
kishilik tarixida muhim bosqich bo‘lgan davlatchilikning paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etdi. 
Insoniyat sivilizatsiyasida, xususan O‘rta Osiyo xalqlari taraqqiyotida 
miloddan oldingi I ming yillikda metall-Temurning kashf etilishi katta bir inqilobiy 
hodisa bo‘ldi. Temurdan 
yasalgan mehnat qurollari dehqonchilik 
va 
hunarmandchilikda texnika taraqqiyotini boshlab berdi. Xususan, dehqonchilikda 
yerni ishlash uchun keng imkoniyatlar ochildi. Zero, Temur mustahkam, kattiq va 
o‘tkir edi. 
Temurning paydo bo‘lishi bilan odamlar tabiatga ta’sir o‘tkaza boshladi. 
Sun’iy sug‘orish tarmoqlari, kanallar qurildi. Dehqonchilikda Temurdan yasalgan 
ketmon,kurak, o‘roq, omoch kabi mehnat qurollaridan foydalanish, yerni ishlashda 
tortuvchi kuch sifatida ot, xo‘kizlarni qo‘llash katta-katta maydonlarda qo‘shimcha 
oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, ularning zahirasini yaratish imkoniyatini 
vujudga keltirdi. 
Natijada o‘troq dehqonlar va ko‘chmanchi Chorvadorlar o‘z mulklarini 
himoya qilish uchun harbiy ittifoqlar tashkil qila boshladilar. Ular o‘rtasida tez-tez 
to‘qnashuvlar bo‘lib turdi. Shuningdek, tabiiyki, tinch davrlarda o‘zaro tovar 
ayriboshlashlar ham keng rivojlandi. Bu hol hududimizda dastlabki sinfiy-
quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratdi. 
Qadimgi ajdodlarimiz madaniyat, san’at, yozuv va xalq og‘zaki ijodi 
namunalarini rivojlantirishda ham o‘ziga xos iz qoldirganlar. Xususan g‘orlarning 
devorlariga tushirilgan tasvirlar, qoyatoshlarga ishlangan rasmlar.Hududimizda 
ibtidoiy san’atning bunday turi ikki xil usulda uchraydi. Birinchisi bo‘yoq bilan, 
ikkinchisi urib-o‘yib, ishqalash, chizish usuli. Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, 
Ko‘ksaroy, Takasoy kabi yuzdan ziyod joylardagi qoyatoshlarda buqalar, sherlar, 
yo‘lbars, qoplon, tulki, bo‘ri, bug‘u, jayron, shuningdek, qopqon, o‘q-yoy kabi 
rasmlar ham ko‘p uchraydi. 
O‘lkamiz hududlaridagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxandaryo. 
Mil.avv. VIII-IV ming yillik), Tozabog‘yob, Amirobod, Zamonbobo, Sopolli, 
Gujayli (bronza davri) madaniyatlariga oid. Ularda sopol idishlar, tosh, mis, 
bronzadan yasalgan qurollar, zeb-ziynatlar, yarim yerto‘la shaklidagi uy-joylar va 
boshqalar topilgan. Bular orasida Zamonbobo ko‘li yoqasida topilgan qabriston 
diqqatga sazovordir. Bu yerdagi erkaklar qabridan o‘q-yoy paykonlari, pichoqlar, 
pichoqsimon tosh qurollar va turli shakldagi sopol idishlar, bronza ko‘zgu, upadon, 
surmadon kabi pardoz buyumlari, yarim qimmatbaho toshlardan ishlangan 
munchoq va marjonlar topilgan. 
Bularning barchasi ajdodlarimiz madaniyati va san’ati yuksak bo‘lganligidan 
dalolat beribgina qolmay, ular o‘troq hayot kechirib dehqonchilik, Chorvachilikk 
va xunarmandchilik bilan shug‘ullanganligidan ham dalolat beradi. 
Insoniyat sivilizatsiyasida yana bir muhim ahamiyatga molik narsa bu 
yozuvdir. Yozuv davlatchilikning muhim belgisi bo‘lib, xalqlarning o‘ziga xos 
rivojlanishi va taraqqiyotini bildiradi. 


15 
Manbalarning guvohlik berishicha, qadimgi ajdodlarimiz-Xorazmiylar, 
baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, parfiyonlar, dovonliklar, qang‘lilar, kushonlar va 
boshqalar bundan 2300-2500 yil burun o‘z yozuvlarini yaratganlar. 
Mil.avv. birinchi ming yillik o‘rtalarida hududimizda oromiy yozuvi keng 
tarqalgan. Uning zaminida So‘g‘d, Boxtar, Xorazm yozuvlari paydo bo‘lgan. Bu 
yozuvlar qadimiy tangalar, muxrlar, hujjatlar, san’at asarlari, uy-ro‘zg‘or 
buyumlarida aks etgan bo‘lib, ularning namunalari S.P.Tolstov tomonidan 
qo‘yqirilgan qal’a qazishmalari vaqtida ko‘plab topilgan va isbotlangan. 
Shunday qilib O‘rta Osiyo, xususan O`zbekiston insoniyat tarixiy 
taraqqiyotida o‘ziga xos xudud bo‘lib, bu yerda yashagan xalqlar o‘z madaniyati, 
ma’naviyati, san’ati va dini bilan yer yuzidagi boshqa xalqlar sivilizatsiyasiga 
munosib ulush qo‘shgan. O‘z navbatida fors, yunon, xitoy kabi xalqlar 
madaniyatidan bahramand bo‘lib xalqlar va davlatlararo savdo- iqtisodiy va 
madaniy- ma’naviy aloqalarda ijobiy rol o‘ynagan. 

Download 304,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish