MOLIYA HUQUQI O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi
Reja:
1.
2.
3.
Bir vaqtning o’zida mustaqil O’zbekistonning mustaqil moliya, bank va soliq tizimiga asos solish rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish obektiv zaruriyatga aylangan murakkab bir sharoitga to’g’ri kelganini va bu vazifa respublika rahbariyatining uzoqni o’ylab nozik iqtisodiy siyosat yurgizish asosida amalga oshirilganini ham qayd etib o’tish kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida, yahni yo’l tanlashda biz, eng avvalo, xalqimizning urf-odatlari, serfarzand oilalar ko’pligi, asosan otalar mehnat qilishi hisobga olinib, «falaj qilib davolash» («shokovaya terapiya») usulidan foydalanmaslikka qaror qildik.
Mustaqil davlatchilik talablari asosida va yangi qonunchilik negizida moliya, soliq va bank tizimi sohalarining boshqaruv organlari butunlay qaytadan barpo etildi. Masalan, Moliya vazirligi tizimi tubdan qayta tashkil etilgan bo’lsa, Davlat soliq qo’mitasi butunlay yangidan barpo qilindi. SSSR Davlat bankining O’zbekiston filiali negizida O’zbekiston Respublikasi mustaqil Markaziy banki, SSSR davlat ixtisoslashtirilgan tarmoq banklari O’zbekiston filiallari asosida paychilikka asoslangan tijorat banklari tuzildi. Aralash mulk va xususiy mulkchilikka asoslangan o’nlab yangi tijorat banklari tashkil etildi.
O’zbekiston jahon moliya-kredit siyosatini belgilovchi eng nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli ahzosi bo’lib kirishga muvaffaq bo’ldi.
Yuqorida sanab o’tilgan chora-tadbirlar natijasida 1991-1992 yillar mobaynida mustaqil davlatga xos bo’lgan moliya, soliq va bank tizimlari shakllana boshladi. O’z daromadlarimizdan oqilona foydalanish evaziga, xarajatlarimizni qiyinchiliklar bilan bo’lsa-da, o’zimiz qoplay boshladik. Sal yuqoriroqda tahkidlab o’tganimizdek, bu davrga kelib, Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy strategik masalalari, uning tamoyillari ishlab chiqildi.
Baxtga qarshi, taqdir endigina mustaqil nafas ola boshlagan O’zbekiston uchun yana bir zarba tayyorlab qo’ygan ekan. Hamdo’stlik davlatlari rahbarlari 1992 yil oktabrda «Yagona rubl zona»sini tashkil etish va rubldan umumiy foydalanish to’g’risidagi bitimni imzoladilar. Keyinroq O’zbekiston va Rossiya hukumatlari, Markaziy banklari pul tizimlarini birlashtirish haqidagi ikki tomonlama shartnomani tuzishdi. Biz vaqtincha shunday yo’l tutishga majbur edik. 1993 yil namunasidagi yangi rubllar O’zbekiston hududiga jo’natila boshlandi.
SHu o’rinda kutilmagan hodisa yuz berdi. Davlatlararo shartnomalar imzolanib, uni ijro etish boshlangandan keyin, yahni yangi rubl solingan samolyotlar Toshkentga yetib kelib, pul O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki omboriga joylab bo’lingan, qolgan qismi kutilayotgan paytda sobiq Markaz tomonidan hech qanday asossiz ravishda to’xtatildi
Qirg’izistonda rubl o’rniga somning muomalaga kiritilishi ustiga Rossiya Federatsiyasi rahbariyatidagi ayrim kimsalar, ayniqsa, o’sha paytdagi moliya vaziri B. Fyodorov kabi shaxslarning qarshiligi tufayli kechagina imzolangan shartnomalar qog’ozda qolib ketdi. Natijada 1993 yil kuziga kelib, yagona rubl zonasi yaratish g’oyasi chippakka chiqdi.
Taassuflar bo’lsinkim, bu o’yinlar bizga juda qimmatga tushdi. Nainki bizga, bu hodisa qolgan barcha davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi, iqtisodiy islohotlar samarasini sezilarli darajada pasaytirib yubordi, uning ilk natijalarini yo’qqa chiqardi. Eng yomoni esa shundaki, SSSR parchalangandan keyingi davrda O’zbekistonda endigina shakllanib kela boshlagan moliya va pul muomalasi tizimini qaytadan jar yoqasiga keltirib qo’ydi. Mamlakat iqtisodiy hayoti o’z maromida davom etishi uchun zarur vositalardan biri bo’lmish pul tizimi va pul birligisiz qoldi. Tasavvur qilib ko’ring-a: mustaqil davlat bor, lekin uning puli yo’q!
Yuz bergan favqulodda vaziyatda zudlik bilan Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrda imzolangan «O’zbekiston Respublikasi hududida parallel to’lov vositasi sifatida «So’m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to’g’risida»gi qarori asosida 15 noyabrdan boshlab, biz uchun o’ta nomaqbul sharoitda so’m-kuponlarni muomalaga kiritishga majbur bo’ldik. Yaxshiyamki, uzoqni ko’ra oladigan va davlatlararo shartnomalarni bajarishdagi «o’yin»larni yaxshi bilgan Yurtboshimiz har ehtimolga qarshi so’m-kuponlarni tayyorlatib qo’ygan ekan. Ularning 1, 3, 5 va 10 so’mliklari Angliyada chop etilgan edi.
Inglizlarning pul fabrikasi xo’jayinlari «so’m-kuponlar»ning asosiy qismini ham o’zida bosib chiqarish va bundan mo’may foyda ko’rish umidida o’tirgan bir pallada, 25, 50, 100 so’mlikdan 10 ming so’mlikkacha bo’lgan so’m-kuponlarni o’z pul fabrikamizda bosib chiqara boshlaganimiz jahonning shu sohadagi nufuzli tashkilot va mutaxassislarini hayratga soldi. CHunki pul bosish tarixida shu paytga qadar, hech qaysi davlat bunday tezkorlik bilan o’z pulini o’z fabrikasida mustaqil ishlab chiqara olmagan ekan!
Pul belgilarini ishlab chiqarish g’oyatda murakkab, nozik aqliy mehnat va yuqori salohiyat talab etadigan jarayon bo’lib, unga erishish yuksak texnik va texnologik tayyorgarlik bo’lishini taqozo qiladi. O’ta qisqa fursat ichida, yahni 1993 yildayoq zamonaviy texnika va texnologiya asosida pul, boshqa qimmatli qog’oz va tanga ishlab chiqara oladigan «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasining qurilib, ishga tushirilganligi noyob iqtisodiy hodisa hisoblanadi.
O’rni kelganda shuni ham aytib qo’yaylik, o’zining «pul fabrikasi»ga ega bo’lishga har qanday davlat va davlat rahbarining jurhati yetmaydi. Buning uchun davlat iqtisodiy salohiyati darajasining o’zigina yetarli emas. Mustaqil «pul fabrikasi»ga ega bo’lish to’g’risidagi tegishli qarorga kelish uchun davlat rahbaridan siyosiy jasorat ham talab qilinadi. 1993 yilda dunyoning bor-yo’g’i 8 mamlakatida ana shunday «pul fabrikasi» mavjud bo’lib, O’zbekiston bu borada salohiyatli davlatlar ro’yxatiga kira oldi.
«Yagona rubl zona»si g’oyasi barbod bo’lganligi bilan bog’liq ko’plab salbiy oqibatlarni bartaraf etishni so’m-kuponlar o’z ustiga oldi va o’ta qisqa muddat ichida O’zbekiston o’zining to’laqonli pul birligi — so’mni 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy sharoit yarata oldi. Milliy valyutamizning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda mustaqil iqtisodiyotni barpo etish tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.
SHu davrda yurtimizda mustaqil moliya asoslarini yaratish jarayoniga noxush tahsir ko’rsatgan voqealardan yana biri aholining sobiq SSSR jamg’arma banki tizimida saqlanayotgan omonatlari masalasiga tegishli bo’ldi (o’sha paytda bu muassasa xalq tilida eski nomi bilan «Omonat kassalari» deb atalar edi). Mahlumki, SSSR davrida aholi jamg’armalari bilan ishlaydigan mazkur bank bitta bo’lib, uning tizgini to’laligicha Markaz ixtiyorida edi. Qolgan respublikalarda uning filiallari faoliyat ko’rsatar va barcha yig’ilgan mablag’ aniq ko’rsatma bilan ishlatilar edi.
1991 yil oxirida esa bizga har bir sobiq ittifoqdosh respublika o’z hududida uzoq muddat davomida yig’ilgan, lekin Moskva tasarruf qilgan aholi jamg’armalari bo’yicha o’zi javob bersin, deb taklif berishdi. Uzoq tortishuv va janjallar samarasiz tugadi, Sobiq markaz o’zi yeb tugatgan jamg’armalarni egasiga qaytarib berishdan voz kechdi.
Biz bank tizimini shakllantirish jarayonida ham stixiyali bozor munosabatlaridan foydalanmadik. Endigina mustaqillikka erishgan Hamdo’stlik davlatlarining o’sha davrdagi o’ta og’ir moliyaviy sharoitini ko’rib, ularga «yordam» bermoqchi bo’lgan davlatlar, xalqaro moliya va kredit tashkilotlari ko’p bo’ldi.
O’z qaddini o’zi rostlayotgan O’zbekistonga ham bu masalada yordam berish niyatida bo’lganlar oz emasdi. Biroq ularning hammasining ham niyatlarini xolis, deb bo’lmasdi. Bu narsani o’z vaqtida to’g’ri anglab olgan va to’g’ri xulosa chiqargan davlat rahbarigina o’z xalqining kelajagini o’zgalar qo’liga topshirmaslik yo’lini tanlaydi.
To’g’ri, rivojlangan mamlakatlarda davlat tashqi qarzi miqdori yuqori bo’lishi oddiy hol hisoblanadi. Lekin bir paytning o’zida qarzi katta davlatdan boshqa davlatlar ham qarzdor bo’lishi mumkin. Yosh, mustaqil davlatlar esa asosan boshqa davlatlardan qarz olishadi. Negaki, rivojlanayotgan davlatlarning aksariyati boshqa davlatga qarz berishga yoki investitsiya kiritishga hali qodir bo’lmaydi. SHu bois rivojlanayotgan davlat tashqi qarzining ko’payib ketishi uning moliyaviy holatini keskin yomonlashtiradi. CHunki davlat olingan qarzni foizi bilan qaytarish uchun yanada ko’proq xarajat qilishga majbur bo’ladi.
Xorijdan «beg’araz» yordamni rosa olgan va olayotgan, Vatani hamda xalqini, hatto kelajak avlodni qarz botqog’iga botirib qo’ygan rahbarlar buni bilishmadi yoki bilishni istashmadi. Xalqining kelajagini emas, faqat prezidentlik kursisini o’ylagan rahbarlar boshqargan mamlakatlarda tashqi davlat qarzi ularning YaIM miqdoridan oshib ketayapti...
O’zbekiston esa mustaqillikka erishgandan boshlab jahonda tashqi davlat qarzi darajasi eng kam davlatlar qatoridan mustahkam o’rin oldi.Tashqi davlat qarzi mamlakatimiz YaIMning asosan 7-12 foizi atrofida (juda og’ir yillardagina u sal oshishi mumkin) muqim ushlab turildi. Jon boshiga hisoblaganda esa bu ko’rsatkich juda ham kam — 100-150 AQSH dollariga to’g’ri keladi!
Zero, har qanday shart bilan tashqaridan yordam olish bizning milliy tabiatimizga mos kelmaydi. Davlatlararo yoki xalqaro uchrashuvlarda O’zbekiston Prezidentining bu sohadagi pozitsiyasi hammani lol qoldirar edi! CHunki u kishi hech qachon hech kimdan yordam so’ramagan, balki hammaga biz bilan teng huquqli hamkorlar sifatida ishlashni taklif etardi. Biz bilan hamkorlikka kirishmoqchi bo’lgan davlat va tashkilotlar xalqaro maydonga g’ururi baland Rahbar bosh bo’lgan, g’ururi baland Millat yashaydigan, g’ururi baland Yurt muloqotga chiqqanligini tezda tushunib yetdi.
Parvardigor bizning yurtimizga farovon yashash uchun hamma zarur shart-sharoitni ato etgan: tabiiy boyliklar, saxiy zamin, serquyosh osmon, eng muhimi, mehnatkash xalq va xalqning ishonchiga sazovor bo’lgan rahbariyatni. Bularning hammasi qo’shilib kelgan yurtda esa baxtli kelajak bo’lmasligi mumkin emas.
Bosib o’tilgan yo’limizdan ko’rinib turibdiki, taqdir bizni yetarli darajada sinab ko’rdi. Ammo bu sinovlar xalqimiz qaddini buka olmadi, aksincha, bizni chiniqtirdi, o’zimizga bo’lgan ishonchni mustahkamladi, buyuk kelajak sari qadamimizni tezlashtirdi. O’zbekistonning imkoniyatlarini, ham iqtisodiy, ham intellektual salohiyatini dunyo tan oldi. Bugunga kelib, mamlakatimiz bank tizimi barqaror faoliyat yuritayotgani nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan ehtirof etib borilmoqda. Xalqaro valyuta jamg’armasi 2015 yildagi missiyasi ham yurtimiz bank tizimi barqarorlik, izchil kapitallashuv va yuqori likvidlik darajasini saqlab qolayotganini alohida tahkidladi.
O’zbekiston Jahon iqtisodiy forumining reyting natijalariga ko’ra, dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 davlat qatoridan joy olgani, BMT ko’magida AQSHning Kolumbiya universiteti o’tkazgan ijtimoiy tadqiqotlar asosida ehlon qilingan «Butunjahon indeksi»da 158 mamlakat o’rtasida 44-o’rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari orasida esa 1-o’rinni egallagani fikrimizning dalilidir. Bu yutuqlarga Yurtboshimiz tomonidan uzoqni ko’zlab, kutilgan va kutilmagan sinovlarni hisobga olib yuritilgan oqilona siyosat hamda xalqimizning fidokorona mehnati hisobiga erishildi. Bundan keyin O’zbekistonning taraqqiyot jarayoni yanada tezlashadi, xalqimiz turmushi bundan-da yuksaladi deyishga asos ham, ishonch ham yetarli.
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjet huquqi.
Reja:
1.
2.
3.
DAVLAT BYuDJETI — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo’ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh bo’g’ini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yig’indisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — o’lka, viloyat, tuman va h. k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari) ga bo’linadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bog’liq bo’ladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni tahminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish va b.) ko’rsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yig’imlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablag’lardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potentsiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bog’liq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yahni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng bo’lishi mehyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining g’oyat oshib ketishi va uni daromad bilan tahminlash mumkin bo’lmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy Davlat byudjeti lari va Davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yig’indisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab Davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha bo’ladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i. ch., milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi Davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab bo’ladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yig’iladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi ko’payadi.
Hoz. rivojlangan mamlakatlarda Davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad solig’i, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda solig’i va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y. da AQSHda soliq tushumlari Davlat byudjetining 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Frantsiyada 91,5% ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan xarajatlar orasida «da-romadlar darajasini tahminlash» (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yo’qotgan oilalar va h. k. ga yordam ko’rsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa xarajatlari (28— 30%) eng muhim o’rinda turadi.
Hoz. davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablag’lardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil bo’ladi va asosan xalq xo’jaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika D. b., Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat byudjeti6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. O’zbekistonning birinchi Davlat byudjeti 1924—25 y. larda tuzilgan bo’lib, uning hajmi 3,64 mln. so’mni tashkil etgan edi.
O’zbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun Davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da O’zR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo’ladi hamda amaliyotga joriy etiladi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng Davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi o’zgarishlar bilan bogliq holda bordi. O’zbekistan Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining mutlaq ko’pchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
1995 y. da O’zbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y. da 3,5%, 1997 y. da 2,2%, 2000 y. da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. so’m)ga teng bo’ldi. Amalda bo’lgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamg’armalar (ijtimoiy sug’urta jamg’armasi, ish bilan tahminlashga ko’maklashish jamg’armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamg’armasi, yo’l jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qo’mitasi jamg’armasi, mineral xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish fondi, o’zini o’zi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yo’nalishlarini saqlab qolgan holda, 1995 y. dan boshlab O’zbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida jami daromadlar va xarajatlar o’zgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo’jaliklar va aholi daromadlarining o’sishi asosiy ahamiyatga ega. O’zbekistonda Davlat byudjetini shakllantirish tartibi O’zbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanv. dan kuchga kirgan «Davlat byudjeti tizimi to’g’risida» qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |