Savol va topshiriqlar
1. Xodimlar manfaatlarini qaysi tashkilotlar himoya qiladi?
2. Mehnat shartnomasiga qanday shartlar kiritilishi shart?
3. Mehnat shartnomasi qanday muddatga tuziladi?
4. Xodimlarni necha yoshdan va qanday shartlarda ishga jalb
qilish mumkin?
11-mavzu :OILA HUQUQI
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini.
Reja:
.1. Oila huquqining konstitutsiyaviy asosi.
2..O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi.
3.Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadigan munosabatlar.
4.Oila huquqining subyektlari. Oilaviy munosabatlarda
fuqarolarning teng huquqliligi.
Oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo’lib, oila ahzolari, yahni er-xotinlar, ota-onalar, bolalar, fuqarolikka oluvchilar va fuqarolikka olinganlar, ota- ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar, vasiy va homiylar o’rtasidagi oilaviy munosabatlarni tartibga soladi, fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish tartibini, er-xotin, ota-ona, voyaga yetmagan bolalar- ning shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarini bel- gilaydi.
Bu huquq sohasi nikoh tuzish, nikohdagilarning shaxsiy, mulkiy huquq va burchlarini belgilaydi. Oilada er-xotin o’rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa ahzolari o’rtasida paydo bo’ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, nikoh tugatilishi, uning oqibatlarini ko’rsatadi, qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilab beradi, ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish shakllarini ko’rsatadi, ota-onalar va bolalar, er-xotin va sobiq er- xotin, qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlarini belgilab beradi.
Oila huquqi fanining manbalari O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi, Oila kodeksi va oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ huj- jatlar hamda oila huquqi sohasidagi xalqaro shartnoma- lar va xalqaro huquq normalaridir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
O‘zbekiston fuqarolari bolalarni voyaga yetgunlariga
qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, farzandlar
ota-onalari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari va ularga
yordam berishlari shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik
holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar, onalik
va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi
. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
Oilaning jamiyatdagi rolini ta’minlashda, uning
huquqiy muhofazasi va ijtimoiy mavqeyini mustahkamlashda
Oila kodeksining roli kattadir. O‘zbekiston
Respublikasining Oila kodeksi jahon hamjamiyatida
umumiy e’tirof etilgan huquqiy normalarga to‘la mos
ravishda tuzilgani holda, «oila — jamiyatning tayanch
tuzilmasidir», degan g‘oyaga asoslangan.
Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari
oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro
muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga
yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining
mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning
oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga
yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini
to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning
himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir. Oilaviy munosabatlarni
tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy
ravishda nikoh ittifoqini tuzishi, er va xotinning shaxsiy
hamda mulkiy teng huquqliligiga asoslanadi. Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi oila qonunlarida
nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari
tarkibiga quyidagilar kiradi:
Î er-xotinning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;
Î ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;
Î nikoh tuzishda teng huquqlilik;
Î voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy)
huquqlari va majburiyatlari;
Î ota-onalar va bolalar, er-xotin, sobiq er-xotin, qarindoshlar
va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari;
Î nikohning tugatilish asoslari;
Î er-xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilish, foydalanish
va uni tasarruf etish huquqi;
Î nikoh shartnomasini tuzishda er-xotinning huquqlari
va majburiyatlari;
Î farzandlikka olish tartibi;
Î bolaning huquq va manfaatini himoya qilish bo‘yicha
ota-onaning huquq va majburiyatlari;
Î ota-onaning bolani tarbiyalash hamda unga ta’lim
berishga doir huquq va majburiyatlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |