4. Shaklga rioya qilish. Qonunlar bilan bitimlarning quyidagi shakllari
belgilangan: og‘zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan).
Bitimlar qonunda ko‘rsatilgan hollarda yoki taraflardan birining talabi
bo‘yicha notarial tarzda tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulk ishtirokida tuzilgan
bitimlar davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi shart.
Bitimlar bir taraflama (bu hollarda faqat bir tarafning xohishi zarur bo‘ladi
— mulkni meros qoldirish, sovg‘a qilish), ikki taraflama yoki ko‘p taraflama
(shartnomalar) bo‘ladi.
Savol va topshiriqlar
1. Fuqarolar va yuridik shaxslarning qanday harakatlari bitim
deb tan olinadi?
2. Qanday hollarda bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi?
3. Voyaga yetmaganlar qanday bitimlarni tuzishlari mumkinligini
sanab o‘ting.
4. Bitimlar tuzilishida rioya etiladigan talablarni sanab
o‘ting.
9-mavzu MEHNAT HUQUQI
Do'stlaringiz bilan baham: |