1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asoslari Reja



Download 351,81 Kb.
bet16/29
Sana10.03.2022
Hajmi351,81 Kb.
#488430
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
maruza mehnat

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Odamlarni elektr tokidan shikastlanishiga nimalar sabab bo‘ladi?




  1. Insonning ikki fazaga tegib ketishi nima uchun eng xavfli hisoblanadi?

  2. Nima uchun bir fazaga tegib ketish ikki fazaga tegib ketishdan xavfsizroq?

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


1. I.A. Karimov. O’zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, ―O’zbekiston, 1997.


2. Fuqaro muhofazasi asoslari (ma‘ruzalar to’plami). Toshkent, FMI, 2003 yil.


3. Tojiev M., Ne‘matov N., Ilxomov M "Favqulotda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi". T. 2005 y.
4. Boynazarov O‗.R. ―Hayot faoliyati xavfsizligi‖ (ma‘ruzalar matnlari to’plami) Q.: 2010.







11-mavzu: Elektr tokining inson organizmiga ta’siri.


Reja

  1. Elektr tokini xavfi

  2. Elektr tokining biologik ta’siri.

  3. Tok urishga xavflilik darajasi.

  4. Elektr qurilmasini yerga ulash.



Tayanch so‘zlar:

Sezish bo‘sag‘asi, qo‘yib yubormaydigan tok, xalok qiladigan tok, odam tanasining tok ta’siriga qarshiligi, kuchlanish, xavfliligi oshmagan, xavfliligi oshgan va o‘ta xavfli xonalar.


Sanoatda elektr quvvatidan keng kulamda foydalaniladi. Elektr tokining eng havfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoni yo’q. SHuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy texnik chora- tadbirlar belgilash, to’siq vositalari bilan ta’minlash. SHaxsiy va jamoa tizimlarini o’rnatish nixoyatda muxim. Umuman elektr toki ta’siri faqat biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi magnit maydoni hamda statik elektr ta’sirlar ham bo’lib, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.


Elektr toki inson organizmiga termik, elektrolitik va biologik ta’sir ko’rsatadi. Termik ta’sir inson tanasining ba’zi qismlarida kuyish, qon tomirlari, asab xujayralari qizishi sifatida ko’zatiladi. Elektro litik ta’sirda esa qon yoki xujayralar tarkibidagi to’zlarning parchalanishi natijasida qonni fizik va kimyoviy xususiyatlari o’zgaradi. Bunday holat elektr toki markaziy asab va yurak tizimini kesib o’tmasdan, tananing ba’zi bir joylarigagina ta’sir kursatishida ruy beradi.
Elektr tokini biologik ta’siri natijasida inson organizmidagi tirik xujayralar muskullarning keskin qisqarishi natijasida to’lqinlanadi, bu asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlarni bo’zilishi tufayli ruy beradi.
Inson organizmida tok urish xodisasi tashqi muxitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri yaoni biotoklar rejimini buzib yuborilishi natijasida vujudga keladi. Elektr tokining inson organizmiga ta’sirini ikki ko’rinishda ko’rsatish mumkin: maxaliy elektr ta’siri va tok urish.
Maxalliy elektr ta’sirida asosan kuyish sodir bo’ladi. U yengil kuyish, fakat yallig’lanish bilan chegaralanishi, buning natijasida, o’rta og’irlikdagi kuyish pufaklar xosil bo’lishi va og’ir kuyish xujayra hamda terilarni kumirga aylanishi bilan qo’yib, og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Inson organizmiga elektr tokining ta’siri 4 darajada bo’ladi.
1-muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va xushini yo’qotadi;
2- muskullar keskin qisqarishi natijasida odam xushini yo’qotadi, ammo yurak nafas olish faoliyati ishlab turadi;
3- hushini yo’qotib nafas olib turishi yoki yurak urishi to’xtab qoladi;
4- klinik o’lim holati -bunda insonda xech qanday xayot alomatlari ko’rinmaydi.
Klinik o’lim holati 5-8 daqiqa davom etadi. Hech qanday yordam bo’lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig’idagi xujayralar parchalanib, klinik o’lim holati biologik o’lim holatiga o’tadi.
Biologik o’lim kaytarib bo’lmaydigan jarayon bo’lib, organizmdagi biologik jarayonlar bo’tunlay tuxtaydi.
Odam tok ta’sirida qancha ko’p qolib ketsa, u shuncha ko’p zaralanadi.
Odamninng quruq zararlanmagan terisi 2.000 dan 20000 Om. gacha qarshilikka ega bo’lsa, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40-500 Om qarshilikka ega bo’ladi. Umuman texnik xisoblar uchun inson aozosining qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.
Inson aozosi orqali 50Gts.li sanoat elektr tokining 0,6 - 1,5 mA. oqib o’tsa, buni u sezadi va bu mikdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb tanladi.
O’zgaruvchan tok (50Gtsda) o’zgarmas toka nisbatan xavfli hisoblanadi. Xavfsiz o’zgaruvchan tok kuchi miqdori 10 mA, o’zgarmas tok uchun 50 mA qabul qilingan. Ta’sir etadigan vaqt esa 0,01-0,03 sekuntni tashkil etadi, vaqt ortib borshi bilan (0,2-1s) yurak faoliyati o’zgaradi.
Agar tok 10 -15 mA.ga yetsa, muskullar tartibsiz qisqarib, boshqarib bo’lmaydi. Agar tok miqdori 25 - 50mA.ga yetsa nafas olish kiyinlashadi, 100mA dan oshsa yurak urishi buziladi, bu xolat o’limga olib keladi.
Sanoat korxonalari odamlar uchun tok urishga havflilik darajasi bo’yicha uch sinfga bo’linadi:
-Xavfsiz xonalar deganda nisbiy namligi va havo harorati meoyorida bo’lgan va elektr toki o’tkazmaydigan poli yog’ochli xonalar tushuniladi. Bunga misol tariqasida maomuriy binolar xonalari, laboratoriyalar, asboblar saqlanadigan omborxonalarni keltirish mumkin.
-Havfli xonalarga nisbiy nomligi uzoq vaqt 75% va undan yuqori bo’ladigan nam, havo xarorati uzoq vaqt 350S va va undan ortiq bo’lgan xonalar, tok o’tkazish mumkin bo’lgan ko’mir va metallarning changlari bo’ladigan, poli tok o’tkazuvchi, metall, temir, beton, yer, g’isht va ishlayotgan ishchi bir vaqtini o’zida tomonidan elektr qurilmalarining metall korpuslariga tegib ketishi mumkin bo’lgan sanoat korxonalarining xonalari kiradi;
-O’ta xavfli xonalarga namligi juda yuqori devor, ship, pollarida suv tomchilari bo’lgan, harorati 350S va undan yuqori, havo tarkibida kimyoviy aktiv moddalar bor bo’lgan, shuningdek, xavfli xonalarga xos belgilarga ega bo’lgan sanoat korxonalarning xonalari kiradi.
Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall qobiqlarida elektr kuchlanish hosil bo’lishi xavfi bo’lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qatoi nazar, korpusi yerga ulanib qo’yiladi. Yerga ulab, muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elekt kuchlanish paydo bo’lsa, uni yerga o’tkazib yuborishdadir.
Erga ulab muhofaza qilish qurilmasi kuchlanish 1000 Vdan oshmagan elektr qurilmalarida, yerga o’tib ketayotgan tok kuchi uncha katta bo’lmagan va odam uchun xavfli bo’lgan kuchlanishlar hosil qilmaydigan elektr qurilmalarini muhofaza qilishda qo’llaniladi.
Sun’iy yerga ulash qurilmalarining gorizontal va vertikal o’rnatilgan metall tayoqchalardan tashkil topgan turlari bo’ladi. Yerga ulash qurilmasining vertikal o’rnatilgan turi uchun diametri 3-5 sm bo’lgan bo’lgan po’lat quvurlar va 40x40 va 60x60 mm.li po’lat uchburchaklarning (ugolnik) 2,5-3 m uzunlikdagi tayoqchalari olinadi.
Tabiiy yerga ulash qurilmalari sifatida, suv uchun yoki boshqa narsalar uchun yerga o’rnatilgan temir quvurlar, artizian quduqlari quvurlari, yerga ulangan qismlarga ega bo’lgan binolarning temir-beton qismlari, kabellarni qo’rg’oshin qobiqlari va boshqalardan foydalanish mumkin.
Elektr qurilmalarining tok o’tmaydigan metall kismlarini oldindan nol sim bilan ulab kuyish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.
Agar elektr qurilmasi korpusida inson xayoti uchun havfli kuchlanish xosil bo’lib qolsa, uni tezda o’chirish imkoniyatini beradigan muhofazalovchi o’chirish qurilmasi o’rnatilib, ular elektrni avtomatik ravishda uzadi.(unda asbobi 0,2 sek.dan oshmagan vaqt davomida o’chirish imkoniyatini berish kerak).
Agar elektr vositalaridan to’g’ri foydalanilsa, yong’in xavfi bulmaydi. Ammo elektr qurilmalari va simlarida kuchlanishning ko’payib ketishish va ularda katta qarshiliklar vujudga kelishi elektr tizimidagi qisqa to’tashuvni xosil qiladi.
Qisqa to’tashuv bo’lgan taqdirda ularni uchirib kuyishni ta’minlaydigan saqlovchi qurilmalar o’rnatiladi.
Ko’pincha materiallar o’zaro ishkalanishi natijasida elektrostatik zaryadlar xosil qilish xususiyatigi ega. Bu elektrostatik zaryadlar sanoat koxonalarida uchkun chikarib yonuvchi gaz va suyukliklar parlari va changlar aralashmasini yondirib yuborishi hamda portlash uchun vaziyat vujudga keltirishi mumkin.
Elektrostatik zaryadlar xavfini yo’qotish uchun sanoat uskunalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan idishlar yerga ulangan bo’lishi kerak.
CHaqmoq chaqqon vaqtda atmosferada hosil bo’ladigan elektr kuchlanishlari 150000000 V va tok kuchi 200.000 A ga borishi mumkin. Bunday katta kuchlanish va tok kuchi ta’sirida yer yuzidagi ko’pgina binolar yonib, buzilib ketishi mumkin.
Qurilish binolarini muhofaza qilish, odamlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida sanoat korxonalarida yashin qaytargichlar o’rnatiladi. Ular asosan, qaytargich o’rnatiladigan ustun, yashin tushish qurilmasi, tok o’tkazgich va yerga ulangan qismlardan iborat bo’ladi. Yashin qaytargichning ikki xil turi bo’ladi, sterjensimon va trossimon. Ular binodan ayri yoki bino ichiga kiritilgan holda o’rnatiladi.



Download 351,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish