Tayanch so‘zlar:
Shamollatish qurilmalari,ventilyasiya, tabiiy shamollatish kurilmalari, aeratsiya, mexanik shamollatish,ventilyator, konditsioner
Shamollatish qurilmalari ishlab chiqarish binolarida yuzaga keladigan atrof muxit zararli omillari ortiqcha issiqlik, namlik, chang, gazlar va bug’larni xaydab chiqarish hamda xona mikroiqlim xolatini davlat standartlari talablari asosida me‘yorlashtirish uchun xizmat qiladi.
Ventilyasiya – ishlab chiqarishda sanitar gigienik va meteorologik sharoitlarni yaxshilab, ishlab chiqarish xonalaridan ifloslangan yoki issiq (sovuq) xavoni chiqarib yuborib, o’rniga tashqaridan toza va issiq (sovuq) xavo kiritish yo’li bilan qulay xavo muxitini yaratish uchun tashkil qilingan xavo almashinishdir. Xonadan chiqarib yuborilayotgan xavo miqdori doim kiritilayotgan xavo miqdoriga teng bo’lishi kerak, shuning uchun kirituvchi – tortuvchi ventilyasiya o’rnatilishi lozim. Ayrim xollarda esa sexda o’zgarmas temperatura va nisbiy namlikni saqlash uchun faqat kirituvchi ventilyasiya o’rnatiladi. Ventilyasiya qurilmalari gruppasi ventilyasiya sistemasini tashkil qiladi.
Xavoni xarakatlantirish usuliga ko’ra tabiiy yoki sun‘iy (mexanik) va aralash ventilyasiya bo’lishi mumkin. Tabiiy ventilyasiyaning xarakterli xususiyati shundaki, xavoning xarakati tabiiy faktorlar ta‘sirida (bosimlar farqi hisobiga), hech qanday mexanizm ishlatmasdan yuz beradi. Mexanik ventilyasiyada xavoning xarakati mexanizmlar (ventilyatorlar) yordamida amalga oshiriladi.
Tabiiy shamollatish kurilmalari. Sanitar normalarga asosan barcha ishlab chiqarish binolarida tibbiy shamollatish qurilmalari bo’lishi shart. Ushbu shamollatish qurilmalarining asosiy kamchiligi xavo almashinish darajasini tashqi muxit xavosining xaroratiga, bosimiga xamda shamolning tezligi va yo’nalishiga bog‗liqligidadir. Tabiiy xavo almashinish qurilmalari ishlash xarakteriga ko’ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo’linadi. Tashkillashtirilmagan bu derazalar, eshik tuynuklari, teshik va tirqishlaridan xavo almashinish (infiltratsiya).
Tabiiy ventilyasiya (aeratsiya) sanoat binolarida ikki sabab ta‘sirida yuz beradi:
Temperaturalar farqi (issiqlik bosimi) ta‘sirida;
Shamol bosimini xosil qiluvchi shamol ta‘sirda.
Oldindan belgilangan hajmlarda amalga oshiriladigan va tashqi xavo temperaturasi, shamol tezligi va yo‗nalishi kabi tashqiy meteorologik sharoitlarga binoan boshqariladigan tabiiy tashkil qilingan xavo almashinuvi aeratsiya deb ataladi. Xonalardan ifloslangan xavoni chiqarib yuborish uchun yopmalardan (tomda) fonarlar yoki tortuvchi shaxtalar o’rnatiladi.
Issiqlik xarakati ta‘sirida xona ichi xavosi bilan tashqi muxit xavosining zichliklari farqi, shu tariqa bosim o’zgarishi xisobiga xavo almashinishi sodir bo’ladi.
Shamol ta‘siridagi aeratsiya quyidagicha sodir bo’ladi. Tashqaridagi xavo binoga shamol esayotgan tomondagi barcha ochiq eshik va deraza o’rinlaridan kiradi, xamda qarama - qarshi tomonlardagi teshiklardan chiqib ketadi. Bino ichida shamol yo’nalishiga mos yo’nalishda xarakatlanadi. Agar sexda issiqlik va chang xosil qiluvchi manbalar bo’lsa, u holda shamol esmaydigan tamondagi ish o’rinlar changlangan bo’lib qoladi. Juda kuchli shamolda, shamol bosimi binodagi issiqlik bosimidan ko’p bo’lganda, binoning normal aeratsiyalanish sharoitlari buziladi.
Agar shamollatish qurilmalarida xavo oqimi yo’nalishini va miqdorini rostlovchi moslamalar o’rnatilgan bo’lsa, bunday shamollatish sistemasi tashkillashtirilgan deb ataladi. Tashkillashtirilmagan xavo almashinish ba‘zi xollarda xonalardan zararli ajratmalarni chiqarish uchun etarli bo’lmaydi, shuning uchun maxsus uskuna deflektordan foydalaniladi. Xavoni tortish kuchini oshirish maqsadida tabiiy xavo almashinish qurilmalarida deflektorlardan foydalaniladi. Ular shamollatish kanallarining yuqori qismiga o’rnatiladi. Xavo oqimi deflektor orqali o’tishi natijasida xavo kanallarida siyraklanish xosil bo’ladi va buning ta‘sirida kanalda xavoning tezligi oshadi.
Tabiiy ventilyasiyaning avzalligi qurilma soddaligi va minimal ekspluatatsiya xarajatlari xisoblanadi. Kamchiligi uning effektivligi tabiiy omillarning (shamol, atrof muxit xarorati) ta‘siriga bog‗liqligi, shuningdek maxsus ishlovdan o’tmagan xavoning (chang yoki boshqa zararli aralashmalardan tozalanmagan, sovutilmagan yoki isitilmagan) xonaga berilib va chiqarib yuborilishi. Shuning uchun tabiiy shamollatish asosan zararli omillar ajralmaydigan joylarda ko’proq qo’llaniladi.
Sun‘iy xavo almashinish sistemalari. Sun‘iy, ya‘ni mexanik shamollatish sistemalarida xavo almashinishi ventelyatorlar yoki ijektorlar yordamida amalga oshiriladi.
Xavo almashinuvini tashkil qilish usuliga ko’ra shamollatish qurilmalari umumiy almashinuvchi, maxalliy (lokal) va aralash turlarga bo’linadi.
Umumiy xavo almashinish sistemasida xona ichidagi iflos xavo xonaning butun xajmi bo’yicha bir vaqtda toza xavo bilan almashtiriladi. Shamollatishning ushbu turi tabiiy usul bilan (aeratsiya), shuningdek mexanik usul bilan amalga oshishi mumkin. Maxalliy xavo almashinish sistemalarida esa iflos xavo bevosita ushbu iflos xavo (chang, gaz, bug va b.) xosil bo’ladigan joydan, ya‘ni ish joyidan xaydab chiqariladi. Bunda xam mexanik ventilyatorlar yordamida va tabiiy usul bilan deflektorlar yordamida amalga oshishi mumkin.
Aralash turdagi xavo almashinish sistemasida bir vaqtda umumiy xavo almashinish bilan aloxida intensiv ajralayotgan manbalardan maxalliy xavo almashinish olib boriladi.
Shamollatish qurilmalari ishlash usuliga ko’ra so’ruvchi, xaydovchi va so’ruvchi -xaydovchi turlarga bo’linadi.
So’ruvchi shamollatish qurilmalari iflos xavoni aktiv xaydab chiqarish talab etiladigan ishlab chiqarish xonalarida o’rnatiladi. Xaydovchi shamollatish shu qurilmalari esa so’ruvchi qurilmalar mumkin bo’lmagan xonalarda qo’llaniladi. So’ruvchi-xaydovchi shamollatish qurilmalari esa intensiv xavo almashinish talab etiladigan xonalarda ishlatiladi.
Umumiy xavo almashinish mexanik ventilyasiya so’ruvchi, xaydovchi va so’ruvchi-xaydovchi turlar bilan amalga oshirilib, shuningdek konditsionerlar bilan xam xavo almashinadi.
So’ruvchi umumiy xavo almashinish ventilyasiyada toza xavo binodan tashqaridan olinib butun xona xajmi bo’ylab taqsimlanadi. Ifloslangan xavo toza xavo bilan eshiklar, oyna, fonar, va qurilish tirqishlari orqali siqib chiqariladi. So’ruvchi ventilyasiya issiqlik ajralishi bo’lgan xolatlarda va gaz ajralishi bo’lmagan xollarda qo’llaniladi.
Avariya shamollatish sistemasi mustaqil qurilma bo’lib, portlovchi va yong’in xavfli korxonalar va zaxarli moddalar bilan bog’liq ishlab chiqarishlarda xavfsizligini ta‘minlashda katta ahamiyatga ega. Avariya shamollatishi avtomatik ishga tushishi uchun uni avtomatik gazanalizatorlari bilan blokirovka qilinadi, bunda zararli moddani YQOD yoki portlovchi moddani eng past darajadagi portlovchi miqdoriga o’rnatiladi. Bundan tashqari unda kirish eshiklari tashqarisida joylashgan masofadan pult orqali boshqarilish ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Zaxarli moddalarni qo’shni xonalarga o’tib ketishini oldini olish uchun avariyaviy ventilyasiyani faqat so’rish usulida qilish mumkin. Bunda xonadagi havoning so’rib olish natijasida yangilanish darajasi tarmoq bo’yicha xavfsizlik texnikasi va promsanitariya qoida va normalarida keng chegaralarda belgilanadi. Masalan, kaprolaktam ishlab chiqarishda havo almashtirish 15 marta, benzol hosil qilish sexida 10 marta, reaktor bo’limlarida 5 marta bo’lishi kerak.
Havo almashtirish darajasini belgilashda avariya natijasida hosil bo‗ladigan moddaning zaharliligi va miqdoridan tashqari bu moddaning ruxsat etiladigan miqdoriga qadar suyultirishga ketadigan vaqtni ham hisobga olish muhim. Chunki bunday hollarda avariya rivojini bartaraf etish maqsadida bu zonaga xizmat ko’rsatish va remont qiluvchi ishchilarni kiritishga to’g’ri keladi.
Mexanik shamollatish sistemalarida havoning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi markazdan qochma va o’qli shamollatkichlar yoki ejektorlar yordamida amalga oshiriladi. Sun‘iy xavo almashinish qurilmalarining afzalliklari shundaki, ular yordamida xonaning istalgan joyidan iflos xavoni xaydab chiqarishi yoki xonaga toza xavo yuborish xamda bu qurilmalarga xavoni isitish, namlash va tozalash moslamalarini o’rnatish mumkin, shuningdek ifloslangan havoni atmosferaga chiqarishdan oldin tozalash imkoniyati. Bunday shamollatish qurilmalari, ventilyatordan xavoni yuborish yoki xaydab chiqarish qurilmasidan, xavo kanallaridan va filtrdan tashkil topgan bo‗ladi. Ventelyatorlar sifatida markazdan kochma va ukli xosil kilgan bosimlarga kura past bosimli (1000 Pa gacha), o’rta (1000 dan 3000 Pa gacha) va yuqori bosimli (3000 dan 15000 Pa gacha)bo’ladi. Ventilyatorlarning markasida ko’rsatilgan raqam, ventilyator ish g’ildiragining diametrini bildiradi, masalan, N5 ventilyatordagi 5 soni ventilyator ish g’ildiragining diametri 500 mm.ekanligini ko’rsatadi.
Xavo quvurlari sistemaga xonaga kiritiladigan xavoning miqdorini rostlash, xavoni tozalash, isitish, sovutish va namlash moslamalari o’rnatiladi. Xavoni isitishda kaloriferlardan foydalaniladi. Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi jixatidan avtomobillarning radiatoriga o’xshash bo’ladi.
Xavoni sovutish moslamalari esa ikki xil: sirt bo’yicha sovutish va kontaktli sovutish qurilmalariga bo’linadi. Sirt bo‗yicha sovutish qurilmalari kalorifer shaklida bo’lib, sovituvchi sifatida sovuk suv, ammiak yoki freondan foydalaniladi. Kontaktli sovutish qurilmalarida xavo, suv kamerasida yuzaga keluvchi yomg’irli muxit orqali o’tib soviydi.
Shamollatish sistemasida havoni tozalash qurilmasi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun havo maxsus chang ushlagich va turli xil material filtrlardan, moyli filtrlardan, elektrik va ultratovushli filtrlardan o’tkaziladi. Chang ushlagichni keng tarqalgani siklon hisoblanadi. Moyli filtrni filtrlovchi elementi moyga botirilgan metall to’r hisoblanadi. Konditsioner – bu ventilyasion qurilma bo’lib, avtomatik boshqaruv asboblari yordamida, xonaning berilgan xavo muxit parametrlarini ta‘minlab beradi.
Konditsionerlar ikki xil bo’ladi: xavoni to’liq konditsionerlash uchun mo’ljallangan qurilma, bunda xavoning xaroratini, nisbiy namligi, xarakat tezligi va tozaligini doimiyligini ta‘minlab beruvchi, shuningdek to’liq bo’lmagan konditsionerlash qurilmalari, bunda ushbu parametrlarning faqatgina bir qismini yoki bitta parametrni, ko’p xollarda xaroratni doimiyligini ta‘minlab beradi.
Sovuqni ta‘minlab berish xususiyatiga ko’ra konditsionerlar avtonom va avtonom bo’lmagan turlarga bo’linadi. Avtonom konditsionerlarda sovuq maxsus o’rnatilgan muzlatish agregatlari yordamida ishlab chiqariladi. Noavtonom konditsionerlar sovuq tashuvchilar bilan markazlashgan xolda ta‘minlangan bo’ladi.
Nazorat savollari
Ventilyasiyaning vazifasi nima?
Shamollatishning qanday turlari bor?
Aeratsiya so’zi nimani izohlaydi?
Vintelyator va konditsionerning vazifasi nima?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. I.A. Karimov. O’zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, ―O’zbekiston, 1997.
2. Fuqaro muhofazasi asoslari (ma‘ruzalar to’plami). Toshkent, FMI, 2003 yil.
3. Tojiev M., Ne‘matov N., Ilxomov M "Favqulotda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi". T. 2005 y.
4. Boynazarov O‗.R. ―Hayot faoliyati xavfsizligi‖ (ma‘ruzalar matnlari to’plami) Q.: 2010.
10-mavzu: Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
REJA:
1.Elektr tokining inson tanasiga ta’siri xillari.
2.Elektr tokining xarakterli ko‘rsatkichlari.
3.Odamlarni elektr tokidan shikastlanishining asosiy sabablari.
Do'stlaringiz bilan baham: |