1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asoslari Reja



Download 351,81 Kb.
bet10/29
Sana10.03.2022
Hajmi351,81 Kb.
#488430
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
maruza mehnat

7-mavzu: Sanoat binolarining yoritilishi.


REJA:

  1. Yoritilganlik haqida tushuncha.

  2. Tabiiy va sun’iy yoritilganlik.



Tayanch so‘zlar:

Yoritishning sifat va son ko‘rsatkichlari, yorig‘lik kuchi, nur qaytarish koeffitsenti, yoritilganlik, Tabiiy va sun’iy yoritish.


Yorug‘lik insonning hayot faoliyatida va mehnat faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko‘z orqali olinadi.Shuning uchun ham sanoat korxonalarini ratsional yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarning charchashdan saqlaydi va ish unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo‘ladi; shuningdek xavfsiz mehnat qilish sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, sanoat korxonalarini yoritishga faqatgina gigienik talab qo‘yilmasdan, balki texnik-iqtisodiy talablar ham qo‘yiladi.

Elektromagnit spektrlarning to‘lkin uzunliklari 0,01 mkmdan 340 mkmgacha oralig‘i spektrlarning optik jarayoni deb ataladi, bundan 0,01 dan 0,38 mkm ultrabinafsha nurlar, 0,38 dan 0,77 mkm ko‘rinadigan nurlar va 0,77 dan 340 mkm gacha bo‘lganlari esa infraqizil nurlar deb ataladi.


Biz ko‘zimiz bilan binafsha rangdan to qizil ranggacha bo‘lgan yorug‘lik nurlarini sezamiz.


Sanoat korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko‘rsatkichlariga nur oqimi, yorug‘lik kuchi, yorqinlik, nur qaytarish koeffitsentlari, yorug‘lik kiradi.


Nur oqimi – f nur energiyasining quvvati sifatida aniqlanadi va u inson ko‘ziga ta’sir qilish sezgisi sifatida baholanadi. Nur oqimining birligi sifatida lyumen (lm) qabul qilingan.

Yorug‘lik kuchining o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan. kandela (kd)


1 lm nur oqimi bir xilda tarqalib tushgan 1 m yuzasiga tushsa, bu yoritilganlik bo‘ladi:


Bunda dF – nur oqimi, dS – nur oqimi tushayotgan yuza.


Yoritilganlik bir yuzaga tushayotgan bo‘lsin, nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsenti bilan belgilanadi. Nur qaytarish koeffitsenti yuzaning rangiga bog‘liq bo‘lib, mutloq qora yuzaning nur qaytarish koeffitsenti 0 ga teng bo‘ladi. Tabiatda mutloq qora narsa bo‘lmagani koeffitsentining 0,02 dan 0,95 gacha bo‘lgan chegaralari hisobga olinadi. Nur qaytarish koeffitsenti 0,4 dan katt bo‘lsa, yorug‘ fon, 0,2 dan 0,4 gacha bo‘lsa o‘rtacha fon va 0,2 dan kichik bo‘lsa qora fon deb qaraladi.


Yoritishning ikki usuli mavjud: Tabiiy va sun’iy.


Tabiiy yoritish quyosh yorug‘ligi yordamida yoritish tushuniladi.

Sun’iy yoritish elektr nurlari yordamida yoritish tushuniladi.


Tabiiy yorug‘lik inson ko‘rish organlari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug‘lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko‘z uchun juda foydali.


Sanaot korxonalarini va o‘quv xonalarini Tabiiy yorug‘lik bilan yoritish yon tomondan maxsus qoldirilgan oynalar orqali amalga oshiriladi.


Ish bajarish vazifasiga ko‘ra sun’iy yoritilishlar: ishchi yoritilish, avariya yoritilish va maxsus yoritilishlarga bo‘linadi.




Ishchi yoritilish sanoat korxonalarining hamma xonalari, hududlari, o‘tish joylari, transport vositalarining harakatlanish zonalariga zarur.
Avariya yoritilishi sanoat korxonalaridagi ichki yoritilishning to‘satdan o‘chib qolishi mumkinligini nazarda tutib, bunday hol yuz berganda ishlab-chiqarish zonalaridagi minimal yoritilishni ta’minlash maqsadida hisobga olinadi.


Avariya yoritilishlari shuningdek, 50 kishidan ortiq ishchi ishlaydigan sanoat korxonalarining evakuatsiya yo‘llari, o‘tish joylari, zinapoyalar va boshqa chiqish joylariga o‘rnatiladi. Avariya yoritilishi ichki yoritgichlar bilan bog‘lanmagan mustaqil manbalarga ulanishi kerak.

Maxsus yoritilish turlariga qo‘riqlash maqsadidagi va navbatchi yoritilishlarni kiritish mumkin. Bunday yoritilishlar uchun umumiy yoritish vositalarining bir qismidan yoki avariya yoritgichlardan foydalanish mumkin.


Ishchilarning ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ko‘zni toliqishdan saqlovchi yoritish vositalarini tashkil qilish uchun sanoat korxonalarini yoritish sistemalariga quyidagi asosiy talabalar qo‘yiladi.


Ish joylarini yoritish sanitariya-gigienik normalar asosida ish kategoriyalariga moslashgan bo‘lishi kerak. Iqtisodiy samara beradigan yoritilishning oqilona variantini tanlash zarur.


Ish olib borilayotgan yuzaga va ko‘zga ko‘rinadigan atrof-muhitga yorug‘lik bir tekis tushadigan bo‘lishi kerak.


Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo‘lmasligi kerak.


Ishchi zonalarda to‘g‘ri yoki nur qaytishi ta’sirida hosil bo‘layotgan yaltirash bo‘lmasligi kerak.


Yoritilish miqdori vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lishi kerak.


Yorug‘likning lozim bo‘lgan spektr sostavini tanlash zarur. Bu talab materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo‘lgan hollarda muhim rol o‘ynaydi.


Yorug‘lik qurilmalari qo‘shimcha xavf va zararliklar manbai bo‘lmasligi kerak. Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o‘rnatish oson va iqtisodiy samarador

bo‘lishi kerak.




NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1.Ergonomika fanining vazifasi va maqsadi.
2.Texnik estetika va ishlab chiqarish estetikasi nimani o‘rgatadi?
3.Elektromagnit spektrlarning to‘lkin uzunliklari qancha?
4.Sifat va son ko‘rsatkichlari deganda nimani tushunasiz?

5Tabiiy va sun’iy yoritish deganda nima tushuniladi?


6.Yoritish sistemalariga qo‘yiladigan asosiy talablarni ayting.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


1. I.A. Karimov. O’zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, ―O’zbekiston, 1997.


2. Fuqaro muhofazasi asoslari (ma‘ruzalar to’plami). Toshkent, FMI, 2003 yil.


3. Tojiev M., Ne‘matov N., Ilxomov M "Favqulotda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi". T. 2005 y.
4. Boynazarov O‗.R. ―Hayot faoliyati xavfsizligi‖ (ma‘ruzalar matnlari to’plami) Q.: 2010.



Download 351,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish