2. Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borisida olib borilayotgan islohotlar.
Mamlakatnmizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam ta’minlanganlar, ko‘p bolali onlalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va boshqalar kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi. SHuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. Ijtimoiy sohaga muhim e’tibor hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan bo‘lib, bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida amalga oshirilyapti. CHunki Qarorda ushbu Dasturni 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan edi. Bu beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan:“Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”ga yo‘naltirilgan.
Bu borada belgilangan vazifalarni o‘qigan har bir gazetxon ko‘z oldida birinchi galda ana shu yo‘nalishlar bo‘yicha mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan ishlar gavdalanadi, albatta.
O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan beshta tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham nomlandi. Bu bejiz emas edi.
CHunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga to‘g‘ri keladi. SHuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin erlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham tabiiy holdir.
SHuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi. SHu sababdan ham mamlakatimizda faol ijtimoiy siyosat olib borilishi natijasida sog‘liqni saqlash tizimida qator islohotlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Davlat tomonidan ajratiladigan byudjet mablag‘lari yordamida ishlab chiqarishni rivojlantirish, fan-texnika sohasini taraqqiy ettirish, ijtimoiy ehtiyojlarni qoplash, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash masalalari hal etiladi. SHu orqali davlat kam ta’minlangan va yordamga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlarining ijtimoiy himoyalashni ta’minlaydi, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirish choralarini ko‘radi.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni dasturlashtirish – aholining tibbiy xizmatlarga, dori-darmonlarga va sanitariya-epidemiologik xizmatlarga bo‘lgan talabini me’yor darajasida tashkil etishni asoslash va uning xarajatlarini ishlab chiqishni anglatadi. Prezidentimiz tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi ijtimoiy sohadagi muammolarni bosqichma-bosqich hal qilinishida ayni muddao bo‘ldi. Harakatlar strategiyasinig 4,2 bandida aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga doir vazifalar keltirilgan. Jumladan, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirgan holda sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo‘g‘inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish; farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash; oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish masalalarini hal qilish bugungi kunning oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.139
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda muhim dasturilamal hujjat vazifasini o‘tamoqda. Qaror birlamchi tibbiyot muassasalari joylashuvini oqilona tashkil etish, ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, patronaj tizimini sifat jihatdan tubdan yaxshilash, mamlakatda, uning har bir hududi va aholi yashash punktlarida kasallanish darajasini pasaytirish, profilaktika ishlarini yanada yaxshilashga qaratilgan.
2017 yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “SHoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. SHoshilinch tibbiy yordamning tezkorligini, texnologikligi va samaradorligini tubdan kuchaytirishga, aholiga o‘z vaqtida malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davolash, ilmiy-metodik va ta’lim ishlarining butun kompleksini eng yuqori darajada tashkil etishga yo‘naltirilgan aholiga shoshilinch tibbiy yordam berish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida qator muhim yo‘nalishlar belgilab olindi. Tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan, ushbu maqsadlar uchun 2017 yilda moliyalashtirish hajmi kamida 2 baravar ko‘paytirilishi keltirib o‘tilgan.140
Mamlakatimizda sog‘lom, har tomonlama etuk avlodni tarbiyalash hamda salomatligini ta’minlashda ta’lim va tibbiyot muassasalarining o‘rni beqiyos. SHu bois ham bugungi kunda ushbu sohalarni tubdan isloh qilish masalasiga e’tibor kuchaytirilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatidagi choralarni o‘z ichiga olgan.
Mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim va tibbiyot muassasalarida byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish hamda uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo‘li bilan byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan.
Qarorga muvofiq, 2017 yilning 1 sentyabridan xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlarida va tibbiyot birlashmalarida markazlashtirilgan moliya buxgalteriya xizmatlari tashkil qilinmoqda. Ushbu xizmatlarning asosiy vazifalari quyi muassasalarning xarajatlar smetasini tuzish va ijrosini ta’minlash, ish haqlarining hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qilish, zarur bo‘lgan moddiy qiymatliklar va xizmatlarni xarid qilish, shuningdek, muassasalarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobining yuritilishini ta’minlash, ularning faoliyat sohasi bo‘yicha tovarlar sotish, xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan daromadlarini iqtisodiy tahlil asosida monitoring qilib borishdan iborat qilib belgilangan.141
Byudjetdan ajratilayotgan mablag‘lar doirasida aholi sog‘lig‘i ko‘rsatkichlarining mezonlari talablariga javob berishini ta’minlash, boshqa ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirishda bemorlarning tibbiy xizmatlarni tanlash imkoniyatlarini yaratish, ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishni taqozo etadi. Natijada, sarf etilayotgan moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish va xizmatlar bilan ular orasida o‘zaro bog‘liqlik darajasini oshirish orqali samaradorlikka erishiladi hamda tizimni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash jarayonlari takomillashadi. Pirovardida, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi ortib, bolalar o‘rtasida o‘lim, turli yuqumli kasalliklar darajasi kabi ko‘rsatkichlar optimallashadi. Inson salohiyati eng faol bunyodkor omil bo‘lib, mamlakatning islohotlar va tub o‘zgarishlar yo‘lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi. Bu omilning kuchi va ta’siri, eng avvalo, yuksak ma’naviyat, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi davrida insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarni vujudga keltirish borasida aholini ijtimoiy himoyalash, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, fuqarolar madaniyatini oshirish, jismoniy tarbiyani yaxshilash, aholini mehnat bilan bandligini ta’minlashga qaratilishi kerak.
2017 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 6542 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari mavjud bo‘lib, ularning soni 1991 yilga (3027 ta) nisbatan ikki barobardan ko‘proqqa oshdi. SHifoxona muassasalari soni esa aksincha, 1991 yilda 1388 ta shifoxona muassasasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib 20 foizga kamaydi, ya’ni 1106 tani tashkil etdi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |