1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja


-rasm. Davolash profilaktika muassasalari soni142



Download 2,15 Mb.
bet87/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

6-rasm. Davolash profilaktika muassasalari soni142
1991 yilda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida 75 ming shifokor faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib ularning soni 84,1 ming kishini (12 foizga oshdi) tashkil etadi. O‘rta tibbiyot xodimlari soni esa 1991 yilga nisbatan 41 foizga (341,3 ming kishi) ko‘paydi. 1-jadval ma’lumotlari bo‘yicha 10000 aholiga hisoblangan shifokorlar soni 35,5 (1991 yil) dan 26,2 (2016 yil) gacha, o‘rta tibbiyot xodimlari soni esa mos ravishda 114,7 dan 106,3 gacha kamaygan. Mavjud shifokorlarning 34 foizini oliy toifali shifokorlar tashkil etadi.

Fikrimizcha, davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, amalga oshirilayotgan islohotlar ijtimoiy sohaning tubdan o‘zgarishini va sog‘liqni saqlash muassasalari moliyaviy resurslarini boshqarish jahon talablari darajasiga chiqishini ta’minlaydi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevralidagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan. Unga ko‘ra;

birinchidan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;

ikkinchidan, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;

uchinchidan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;

to‘rtinchidan, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash masalalari ustuvor yo‘nalish etib belgilangan.

SHuningdek, mazkur Farmonning yana bir ahamiyatli tamoni shundaki, tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha «Mo‘‘tabar ayol» ko‘krak nishoni joriy etildi. Bu nishon jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarning rahbatlantirish maqsadidaBu ham yurtimizda ayollarga bo‘lgan hurmatning belgisi hisoblanadi.

Respublikamizda Xotin-qizlar faoliyatini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi ”Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3785-son Qaroriga asosan tuman, shahar hokimi o‘rinbosarlari xotin-qizlar qo‘mitasi raislari oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida qayd etish, targ‘ibot va ma’rifat ishlari bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishga shaxsan mas’ul etib belgilangan.

Mazkur Qarorga asosan tuman, shahar FHDYO bo‘limlari mudiralari qayd qilinayotgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining qonuniyligi uchun shaxsan mas’ulligi, shuningdek ular bugungi kunda nafaqat qayd qiluvchi organ, balki, oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarda faol ishtirok etishlari belgilab berildi.

218 yil davomida respublika FHDYO bo‘limlari tomonidan 773 ming 520 nafar bolalarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi, 331 ming 379 ta nikoh qayd etilib, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar o‘z egalariga topshirildi.

SHuningdek xotin-qizlar qo‘mitalari, FHDYO bo‘limlari xodimlari boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni yaxshilash, nikohdan ajralishlarni oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, namunali oilalarni targ‘ib qilish ishlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, barcha FHDYO bo‘limlari tomonidan 2018 yil davomida joylarda 4353 ming marotaba “Oila Dorilfununi” o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, unda 281 ming 947 ta nikohlanuvchi shaxslar qamrab olindi.

SHu bilan bir qatorda kollej va litsey hamda umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari bilan psixolog, tibbiyot xodimlari, diniy ulamolar ishtirokida 4 ming 134 marotaba “YOsh oila quruvchilar maktabi” o‘quv kurslari o‘tkazilib, unda 184 ming 062ta ishtirokchilar qatnashdi.


SHuningdek, ishtirokchi yoshlarga oila qadriyatlari, oiladagi mas’uliyat, uning huquqiy asoslari va tibbiy savodxonlik haqida tushunchalar berildi.

Bundan tashqari 3 ming 433 marotaba xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar va “Oila” ilmiy amaliy tadqiqot markazi xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilib, unda 118 ming 498ta ishtirokchi qatnashdi.

Aniqroq qilib ko‘rsatadigan bo‘lsak, 5 ming 826 marotaba MFYlarda, 1 ming 256 marotaba korxona va muassasalarda, 1 ming 729 marotaba ta’lim muassasalarida, o‘quv-seminarlar tashkil qilinib ma’ruzalar o‘qilgan, 812 marotaba radio va televideniyalarda ko‘rsatuvlarda chiqish qilinib, 665 marotaba bosma nashrlarda maqolalar berilgan, shuningdek barcha hamkor tashkilotlari bilan birgalikda 3 ming 502 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilgan.

Natijada 2018 yil davomida xududlarda 26585 ta yarashtiruv ishlari olib borilgan va 17851 ta oilalarni saqlab qolishga erishilgan, yolg‘iz ona arizasiga asosan tug‘ilishni qayd etish holatlari o‘tgan yilga nisbatan 1 ming 182 taga, otalik belgilashlar soni 1 ming 347 taga kamaygan.Lekin, olib borilgan bir qator ijobiy ishlarga qaramasdan 2018 yil davomida, 2017 yilga nisbatan ajrimlar soni 397 taga ko‘paygan.

Ajrimlar natijasida 24 ming 499 ta voyaga etmagan yosh bolalar yoki ota yoki onaning to‘laqonli mehri va qarovidan mahrum bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi PQ-3785-sonli ”Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifa va tadbirlarni bajarish yuzasidan qabul qilingan “Qo‘shma ko‘rsatma”ning 4-bandiga asosan “2019 yilning 1-iyuliga qadar qayd etilmagan tug‘ilganlik, o‘lim holatlarini aniqlash nuqtai nazaridan to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi, uning natijasida tug‘ilganlik, o‘lim holatlarini qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilishini ta’minlan ishi belgilangan”ligi sababli barcha tadbirlar amalga oshirilgan, ushbu tadbirlar natijasiga ko‘ra farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olmagan ota-onalarga 16 ming 364 tug‘ilish, noqonuniy oila kurib yashayotgan er-xotinlarga 15 ming 371 nikoh, hamda o‘z vaqtida o‘lim guvohnomasi olinmagan vafot etganlarning yaqinlariga 1902 ta o‘lim guvohnomasi rasmiylashtirilib, taqdim etildi.

SHuningdek, Respublikamiza Xotin-qizlar faoliyatini takomillashtirish borasida “Qizlarjon” klubi tashkil etildi. Mazkur klub Respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalari, mahallalar, korxona va tashkilotlarda yosh qizlarning ma’naviyatini yuksaltirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamoatchilik asosida “Qizlarjon” klublari tashkil etilgan.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan to‘garaklar faoliyatini muvofiqlashtirish va takomilashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha 2018-2019 o‘quv yilida "Qizlarjon" klublarining yagona rejasi xududlarga ijro uchun yo‘naltirildi.

Klublar faoliyatining asosiy maqsadi qizlarni odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularni oilaga tayyorlash, kasb-hunarga o‘rgatish, kiyinish va muomala madaniyatini, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini yuksaltirish, ongi va qalbini turli g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan.

"Qizlarjon" klubi faoliyati orqali faol va iqtidorli qizlar safini kengaytirish, o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, ularning xalqimizning odob-axloq me’yorlari, milliy qadriyatlarimiz hamda istiqlol g‘oyalariga hurmat ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, turli yot g‘oyalar, "ommaviy madaniyat" ta’siriga tushib qolishlarining oldi olinmoqda.

Mashg‘ulotlarda talaba va o‘quvchi qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, pazandalik, bichish-tikish singari ro‘zg‘or yumushlarini, shuningdek, gigiena va sog‘lom turmush tarzi qoidalariga amal qilish, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirib olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Klub etakchilari tomonidan "Tengdosh-tengdoshga" shiori ostida olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu bilan har bir qiz ilg‘or o‘quvchilar safida yurishga, o‘qishda, jamoat ishlarida faol bo‘lishga intilmoqda.


3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalar.

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi uchun sifatli va zamonaviy uy-joylar qurish hamda aholini keng ko‘lamli uy-joylar bilan ta’minlash dolzarb vazifa sifatida quyilmoqda. Uy-joylar qurilishi natijasida o‘z shaxsiy xonadoniga ega bo‘lish xalqimizda azaldan qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Bunda uy-joyga shunchaki ko‘chmas mulk yoki vaqtinchalik boshpana emas, balki vatan ichidagi mo‘‘jaz vatan sifatida munosabatda bo‘linadi. SHu bois, ham yurtimizdagi har bir oila moddiy sharoiti, ijtimoiy ahvoli va darajasidan qat’i nazar o‘z shaxsiy uyiga ega bo‘lishini istaydi.

Mamlakatimiz aholisi uchun sifatli va zamonaviy uy-joylar qurish hamda aholini keng ko‘lamli uy-joylar bilan ta’minlash dolzarb vazifa sifatida quyilmoqda. Uy-joylar qurilishi natijasida o‘z shaxsiy xonadoniga ega bo‘lish xalqimizda azaldan qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Bunda uy-joyga shunchaki ko‘chmas mulk yoki vaqtinchalik boshpana emas, balki vatan ichidagi mo‘‘jaz vatan sifatida munosabatda bo‘linadi. SHu bois, ham yurtimizdagi har bir oila moddiy sharoiti, ijtimoiy ahvoli va darajasidan qat’i nazar o‘z shaxsiy uyiga ega bo‘lishini istaydi. Bugungi kunda respublikamizning qaysi hududiga borsangiz, albatta bo‘layotgan bunyodkorlik ishlaridan, zamonaviy uy-joy va binolarning qurilishidan hayratlanmay ilojingiz yo‘q. Hozirda eski o‘rnida yangi va zamonaviy uyjoylar va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlarining xizmat ko‘rsatish sifatini yuqoriligi hayratimizni yanada oshiradi. Bu borada, mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida ijtimoiy sohani shahar isloh qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, “O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g‘oyat muhim yo‘nalishi bo‘lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda”143-deb ta’kidlandi.

Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, 2017-2021 yillarda respublikamizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. SHuningdek, Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ham tasdiqlangan bo‘lib, dasturning 4 yo‘nalishida“Arzon uy-joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish” belgilangan.

Bevosita davlat rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqining talab va istaklarini inobatga olib, 2017 yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishildi.

Uy-joy qurilish borasida Uy-joy Kodeksida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarida, hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borilayotganligi ham ushbu mavzuning yanada dolzarbligini aks ettiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi "2017 — 2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-2728-sonli qarorida joriy yilda yosh oilalarning, eskirgan uylarda yashovchilarning hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifalardagi fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash yuzasidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq Toshkent shahrida va respublikaning boshqa shaharlarida maydoni 554,8 ming kvadrat metr bo‘lgan 191 ta ko‘p kvartirali uylar qurilishi va rekonstruksiya qilinishi amalga oshirilmoqda144.

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2016 yil 21 oktyabrdagi "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uyjoylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur qaror ijrosi qishloq aholisining keng qatlami uchun zamonaviy va shinam uylardan foydalanish darajasini tubdan oshirishga, er resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga va qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda145.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3350-sonli qarori va mazkur masalaga doir qator hujjatlar bu sohadagi ishlarni samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda146.

Keyingi yillarda respublikada qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisining hayot darajasi va sifatini oshirish, qishloqda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Faqat 2009-2016 yillarda qishloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 million 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi147.



2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar toifasiga — hovlidagi imoratlar va obod hovlilar bilan birgalikda ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2-3 xonali) uylar va 0,02 gektar o‘lchamli er uchastkalarida aholi zich tumanlarda joylashtiriladigan hovlisida imoratlari bo‘lgan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar kiritilgan.


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish